Orxona va uning personali


Korxona personali va uning tarkibi


Download 137.46 Kb.
bet7/12
Sana26.01.2023
Hajmi137.46 Kb.
#1129016
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2-mavzu PB

2. Korxona personali va uning tarkibi.


Korxona personali — yuridik shaxs hisoblangan korxona ma’muriyati (ish beruvchi) bilan ishga yollangan xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini shartnoma asosida muvofikdashtirib turadigan jismoniy shaxslardir.
Bunday mehnat munosabatlarida xodimlar korxona egalari (mulkdorlari) yoki korxona mulkiga sherik bo‘lishlari ham mumkin.Ular bu holda korxona foydasidan o‘z ulush (dividend)lariga ega bo‘libgina qolmasdan, korxonadagi shaxsiy mehnat faoliyati uchun
tegishli ish haqi ham oladilar.
SHaxsiy mehnat faoliyati bilan shug‘ullanuvchilar hamda oilaviy korxonalarda mashg‘ul bo‘lganlar yuridik shaxs sifatida ro‘yxatga olingan bo‘lsalarda, yollanib ishlayotgan personal tarkibiga kiritilmaydi. CHunki ular o‘z mehnatlari uchun soliklar va boshqa majburiy to‘lovlar amalga oshirilgandan so‘ng ixtiyorlarida qoladigan daromadlari hisobidan haq oladilar.
Korxona personali shaxsiy tarkibiga unda band bo‘lgan barcha xodimlar: yollanib ishlayotgan ishchilar, mutaxassislar, rahbarlar ham, ishlayotgan mulk egalari ham kiradi.
Zamonaviy korxona tarkibi quyidagichadir:
— mulkdorlar(aksiyadorlar);
— boshqaruvchilar (menejerlar);
— korxona personali (jismoniy shaxslar).
Mulkdorlar (aksiyadorlar) — bir kishi yoki aksiyalarning tegishli qismiga ega guruh bo‘lishi mumkin. Ularning asosiy maqsadi foyda (dividend) olishdan iborat. Mulkdorlar korxonani o‘zi mustaqil boshqarishi yoki boshqarish huquqini yollagan boshqaruvchi , (menejer)ga berishi mumkin.


Boshqaruvchilar (menejerlar) — ular kompaniya, uning tarkibiy bo‘linmasiga rahbarlik qiladilar. Boshqaruvchi (menejer)ning (maqomi unga mulkdor tomonidan berilgan maqomga bog‘liqdir.
Menejerlar yuqori, o‘rta va quyi bo‘g‘in rahbarlari toifalariga gbo‘linadi.
YUqori bo‘g‘in boshqaruvchisi (Tor management) — bu toifa rahbarlariga kompaniya va firmalar prezidentlari, boshqa ijrochi ,irektorlar, ularning o‘rinbosarlari, boshqaruv organlari a’zolari kiradi.

Download 137.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling