Oshkent davlat transport universiteti kafedrasi


Download 0.56 Mb.
bet3/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1302964
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATK iqtd Mustaqil ish

Ichki xarajatlar — korxonaning oʻziga tegishli boʻlgan resurslardan qilingan xarajatlar.
Tashqi xarajatlar — tashqaridan jalb qilingan resurslarga toʻlovlarni amalga oshirishga ketgan xarajatlar.
Doimiy xarajat — ishlab chiqarish hajmiga taʼsir etmaydigan, u oʻzgarganda ham miqdorini oʻzgartirmaydigan xarajatlar.
Oʻzgaruvchi xarajat — ishlab chiqarish hajmining oʻzgarish taʼsir etadigan xarajatlar.
Oʻrtacha xarajatlar — mahsulot birligiga toʻgʻri keladi xarajatlar.
Qoʻshimcha xarajatlar — mahsulotning navbatdagi qoʻshimcha birligini ishlab chiqarishga qilinadigan xarajatlar.
Toʻgʻri xarajatlar — mahsulot tannarxiga bevosita qoʻshilib uning tarkibiga kiradigan xarajatlar.
Egri xarajat — mahsulot tannarxiga ustama boʻlib, narhda aks etadigan xarajatlar.
Iqtisodiy yoki sof foyda — yalpi pul tushumidan barcha xarajatlar chiqarib tashlangandan keyin qolgan qismi.
Foyda massasi — foyda massasining ishlab chiqarish xarajatlariga boʻlgan nisbatining foizdagi ifodasi.

Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati.

Ixtisoslashish darajasiga, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlari turlari va miqdoriga qarab ishlab chiqarishning turlari aniqlaniladi. Ishlab chiqarish turlari-doimiy nomenklatura asosida mahsulot ishlab chiqarish, ishlab chiqarishni tashkil qilish elementlari va omillari birliginining xususiyatlari va tashkiliy-texnik, iqtisodiy tavsiflarining yig'indisidir.


Ishlab chiqarish turlari quyidagilarga bo'linadi:yakka ishlab chiqarish, seriyali ishlab chiqarish, ommaviy ishlab chiqarish. Yagona ishlab chiqarish-mehnat jarayonining tuzilishi, o'zining beqarorligi bilan korxonaning asosiy ishlab chiqarish ish joylarida bajarilayotgan jarayonlar bir mahsulot tayyor bo'lgandan so'ng 2-mahsulot uchun o'zgaradi, yana yangi mehnat jarayoni boshlanadi. Mahsulot ma'lum bir miqdorda ishlab chiqariladi yoki faqat bir marta ishlab chiqariladi ma'lum buyurtma asosida yakka ishlab chiqarish sharoitida ish joylari o'ziga doimiy biriktirilgan operatsiyalarga ega emas, ular turli xil operatsiyalar bilan yuklanadilar. Yakka ishlab chiqarish korxonalariga yangi turdagi jihozlar ishlab chiqaruvchi yukori tajribali korxonalar kiritiladi.
Oziq-ovqat sanoati korxonalarida ishlab chiqarishning bunday turi ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalarida yoki korxonalarning yordamchi, ishlab chiqarishi (remont, mexanika xonalari)da kuzatish mumkin. Mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasining xilma-xilligi bir necha operatsiyalarni bajaruvchi universal jihozlar va mashinalarni qo'llashni talab qiladi. Asosiy ishlab chiqarishdagi alohida ish joylarida bajariladigan operatsiyalarning mazmuni har biri birlik mahsulot ishlab chiqarilgandan keyin o'zgaraveradi. Maxsus jihozlarning ma'lum miqdorda
qo'llanilishi jonli mehnat sarfini oshirishga olib kelib, past mehnat unumdorligiga ega bo'lishga sabab bo'ladi. Bu yerda mehnat predmetlarining ketma-ket harakati qo'llaniladi, asosiy ishlab chiqarishni uzluksiz ishlab chiqarish potoki asosida tashkil qilishning imkoni bo'lmaydi, bu yerda juda yuqori malakali ishchilar ishlashi kerak.
Seriyali ishlab chiqarish - bu ishlab chiqarish shaklida ma'lum vaqt oralig'ida bir xil mahsulotlarning seriyalarini tayyorlash takrorlanadi. Seriyali ishlab chiqarish jarayonlarida ish joylari aniq ketma-ketlikda bajariladigan bir necha operatsiyalar bilan biriktiriladi. Mahsulot nomenklaturasi xilma-xilligi va ishlab chiqarish hajmiga bog'lik holda seriyali ishlab chiqarish mayda seriyali, o'rta seriyali va yirik seriyali ishlab chiqarishga bo'linadi. Kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarish uchun mayda seriyali ishlab chiqarish tashkil qilinadi. Bunda mahsulot nomenklaturasi har xil bo'ladi. Yirik seriyali ishlab chiqarish ko'p miqdorda kam nomenklaturali mahsulot ishlab chiqarish bilan farqlanadi, shuningdek ommaviy ishlab chiqarishdan ham farqlanadi. Bu o'rta seriyali ishlab chiqarish oraliq tur hisoblanib, ham mayda ishlab chiqarish ham yirik ishlab chiqarish xususiyatlarini o'z ichiga oladi. Seriyali ishlab chiqarish uchun mehnat jarayonlarning takrorlanishi xos bo'lib, uning strukturasi barqarordir. Yuqori unumdorli jihozlarni qo'llashi imkoniyati va ishlarning ixtisoslashganligi jonli mehnat sarfini deyarli kamaytiradi va ishlab chiqarish jarayoni davomiyligini qisqartiradi. Mahsulot partiyalarini ishlab chiqarishga kirgizish va aniq takrorlanadigan vaqt oralig'ida tayyorlash potok asosida ishlab chiqarishni tashkil qilishni taqozo etadi. Ko'p
nomenklaturali mahsulot ishlab chiqaruvchi oziq-ovqat korxonalari uchun seriyali ishlab chiqarish turi xosdir. Ularga quyidagilar kiradi: qandolat, non, makaron, vino, margarin, pivo va alkogolsiz mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalar. Bu korxonalarda smena yoki sutka davomida potok chiziqlarining mahsulot ishlab chiqarish uchun ratsional ixtisoslashuvi zarurdir.
Seriyali ishlab chiqarish turining yakka ishlab chiqarish turiga nisbatan afzalligi shundaki, seriyali ishlab chiqarishda ish joylarining ixtisoslashuvi va chuqur mehnat taqsimotiga ega, bu yerda jihozlardan foydalanish darajasi yaxshi, mehnat unumdorligi yuqori ya'ni ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish samaralidir.
Ommaviy ishlab chiqarish - mehnat jarayonining davomiyligi va uning murakkabligi bilan farq qiladi. Bu yerda bir xil mahsulot tayyorlashda har bir ish joyida, har ish kunida bir xil mehnat jarayoni takrorlanadi.
Ommaviy ishlab chiqarish faqat bug'doy unidan tayyorlangan non, yoki faqat javdar unidan tayyorlangan non ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonadir. Qand-shakar yoki qand-rafinad ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonalar uchun xarakterlidir. Bu ishlab chiqarishda mexanizatsiyalashgan
va avtomatlashgan operatsiyalar hissasi ko'pdir. Ommaviy ishlab chiqarish turida mehnat predmetlarining parallel harakati qo'llaniladi, bu ishlab chiqarish davri davomiyligini qisqartiradi.

Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling