Oshkent davlat transport universiteti kafedrasi


Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir


Download 0.56 Mb.
bet4/5
Sana28.03.2023
Hajmi0.56 Mb.
#1302964
1   2   3   4   5
Bog'liq
ATK iqtd Mustaqil ish

Ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar.

Bozor bahosi ko‘plab omillarga, shu jumladan asosiy omil sifatida ko‘rib chiqiluvchi axborotga bog‘liq. Shu tariqa, bozorning samaradorlik darajasi axborotni baholarga ta’sir etish tezligiga bog‘liq holda o'zgaradi. Bunda iqtisodiy samaradorlik emas, axborotning samarasi tushuniladi. Bozordagi axborotni olishda uning barcha ishtirokchilari birdek imkoniyata ega emas. Xalqaro amaliyotda simmetrik va assimmetrik axborotlar mavjud. Birinchi holatda axborotdan barcha foydalanishi mumkin va bu hech qanday afzalliklarni bermaydi; ikkinchi holatda axborotdan faqatgina bozorning muayayn ishtirokchilari foydalanishi mumkin va bu ularga ma’Ium afzalliklarni beradi.


Bozor samaradorligining uch darajasi mavjud: past, o‘rta va yuqori. Samaradorlikning past darajasi aksiyalaming joriy bozor baholari o ‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasini to‘liq aks ettirilishini bildiradi. Samaradorlikning o‘rtacha darajasi aksiyalarning joriy bozor baholari faqat o‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasinigina emas, balki barcha foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan axborotlarni ham to‘liq aks ettirilishini bildiradi. Samaradorlikning yuqori darajasi aksiyalaming joriy bozor baholari o‘tgan davrlardagi bahoiar dinamikasini, shuningdek, barchaga ma’Ium va cheklangan axborotlamigina emas, ham aks ettiradi. Shunday qilib, axborotlardan barcha ishtirokchilar foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lsa-da, hech biri ortiqcha daromad olish imkoniyatiga ega bo‘lmaydi.1
F.Modilyani va M.Miller amal qilinishi natijasida bozor samarali bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘yidagi shartlami belgilaydi:
1) transaksion harajatlaming yo‘qligi;
2) axborotdan bozor ishtirokchilarining barchasi foydalanish imkoniyatiga egaligi; i
3) sarmoyadorlar xatti harakatlarining oqilonaligi.
Bozor samaradorligining qayd qilingan shartlariga muvofiq F.Modilyani va M.Miller quyidagi fikrlarni ilgari suradi:
1) korxonaning bozor qiymati kapital strukturasiga bog‘liq emas va mazkur korxonaning tavakkalchilik yo‘nalishiga mos bo‘lgan stavka bo‘yicha uni joriy (operatsion) foydasining kapitallashuvi yordamida aniqlanadi;
2) moliyaviy jihatdan bog‘liq bo‘lgan korxona o ‘z kapitalining qiymati moliyaviy jihatdan bog‘liq bo‘lmagan korxona o‘z kapitalining qiymati va tavakkalchilik uchun mukofotlar yig‘idisiga teng; bunda tavakkalchilik uchun mukofot o‘z va qarz mablag‘lar ayirmasini moliyaviy dastak miqdoriga ko‘paytmasiga teng.
- sanoati rivojlangan mamlakatlar - bozor iqtisodiyoti, ilg‘or va samarali ishlab chiqarish, aholi jon boshiga yuqori YaMM/YalM ko‘rsatkichi va muvofiq tarzda kishilarning yuqori sifatli turmush darajasiga ega IHRT mamlakatlari (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti);
- yangi sanoatlashgan mamlakatlar - bozor iqtisodiyoti shiddatli o ‘sib borayotgan, fan va texnika taraqqiyoti, sanoat mahsulotlan ishlab chiqarish va eksporti yuqori sur’atda ortib borayotgan, jamiyatda erkmliklar rivojlanayotgan va demokrativaga ega davlatlar. Bu - Koreya, Singapur, Tayvan va boshqalar;
- neftni eksport qiluvchi mamlakatlar - Saudiya Arabistoni. Quvayt va qator OPEKka a ’zo mamlakatlar - XX asmmg so‘nggi choragida xorijga neftni ko‘p miqdorda yetkazish orqali o ‘z daromadlarini keskm ko'tara oldilar.
- o‘tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlar - samaras'iz ≪buyruqbozlik iqtisodiyoti≫dan ozod bo‘lgan va demokratiya, shaxs erkinhgi, ochiq jamiyat, huquqiy-bozor munosabatlaiiga o ‘tgan mamlakatlar;
- iqtisodiy qoloq mamlakatlar - jahonning rivojlanmagan, qashshoqlik va kambag‘allikdan aziyat chekayotgan (taxminan 100 ta) Afrika, Osiyo va Lotm Amerikasi davlatlarmmg bir qismi (Somali, Efiopiya, Bangladesh, Birma, Gayana, Gaiti va boshqalar.

Korxonalar xo‘jalik faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, ularda ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish va shu kabi iqtisodiy barqarorlik ko‘rsatkichlarning yuqori bo‘lishida korxonalarda faoliyat yuritayotgan ishchi xodimlar va xizmatchilar vazifalarining va ish jarayonlarining yuqori saviyada tashkil qilinganligi, ularning mexnatini moddiy va ma’naviy rag'batlantirish tizimini yaratilishi alohida ahamiyatga ega. Korxonalar va ularning ishchi xodimlari o‘rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni samarali tashkil qilinishi yuqoridagi maqsadlarga erishishda va mexnat resurslaridan oqilona foydalanishda dolzarb hisoblanadi. Korxonalarda ishchi xodimlar o‘rtasida. olingan daromad yoki foydani bir qismini taqsimlash, ish haqlari va mukofot pullarni to‘lash, agar ma’lum turdagi qimmatli qog‘ozlarga ega bo‘lsa ular bo'yicha dividendlarni to‘lash, moddiy yordatn ko‘rsatish hamda korxona faoliyatiga moddiy va ma’naviy zarar etkazsa, ushbu zarar miqdorini qoplash, ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha tegishli soliqlarni ushlab qolish va shu kabi jarayonlar natijasida moliyaviy munosabatlar yuzaga keladi


XULOSA
Ishlab chiqarish jarayonida kishilar o’rtasida sodir bo’ladigan iqtisodiy munosabatlar umumiy ishlab chiqarish munosabatlarining asosiy nеgizini tashkil etib, ayirboshlash, taqsimlash va istе’mol jarayonlarida bo’ladigan munosabatlarning tavsifini bеlgilab bеradi. Shuning uchun ularni o’rganish o’ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Insoniyat zarur nе’matlar istе’molisiz yashay olmaydi. Shunga ko’ra, bu nе’matlarni muntazam ravishda ishlab chiqarish muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish va xizmat qilish jarayonida insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha hayotiy vositalar yaratiladi.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish omillari – yer, kapital, ishchi kuchi va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat bo’lib, ular o’zaro bir-birlariga ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan birining sifat va miqdor jihatidan o’zgarishi pirovardida boshqa omillarning o’zgarishiga ham ta’sir ko’rsatadi.
Ishlab chiqarish jarayonida barcha omillar harakatda bo’ladi, lеkin ular ichida jonli mеhnat, ya’ni ishchi kuchi faol bo’lib, u barcha ishlab chiqarish vositalarini harakatga kеltiradi, ularga «jon kiritadi», asosiy kapital qiymatining yo’qolib kеtmasligini ta’minlab, yangi yaratilgan tovar va xizmatlarga o’tkazadi. Va nihoyat, bu jarayonda yangi tovar va xizmatlar vujudga kеladi.



Download 0.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling