Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi
Download 134.5 Kb.
|
патан
Etiologiya va patogenezi.
Kron kasalligining etiologiyasi hozirgacha aniq emas. Lekin yarali kolitga xos 5 etiologik sabab Kron kasalligiga ham tatbiq etilsa boiadi. Genetik va infeksion sabablar asosiy omillar hisoblanadi, chunki ikkalasi ham Kron kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda mavjud. Har bir bemorda limfangioektaziya va mezenterial limfangiopatiya kabi morfologik o‘zgarishlar kuzatilishi ≪obstruktiv limfangitni≫ asosiy sabablardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Kron kasalligida ichakning shilliq osti qavatida shish, fibroz, limfa yoilarining kengayishi hisobiga devori qalinlashgan bo‘ladi. Shilliq pardasida kichik-kichik ariqsimon yaralar kuzatiladi. Uning ko‘rinishi ≪tosh ko‘cha≫ni eslatadi. Shunday yaralardan tashqari, sohalarda shilliq pardaning tuzilishi deyarli o‘zgarmagan holda boiadi. Ko‘p hollarda, ichakning tutqich yuzasida, shilliq pardada uzunasiga ketgan chuqur yarali ariqchalar paydo boiadi. Ba’zida bu yaralar ichakning barcha qavatlarini qamrab teshiklar, chandiqlar va surunkali abssesslar hosil qiladi. Ko‘p yadroli ulkan epitelial hujayralardan iborat granulomalar 60 % bemorlarda uchraydi. Bunday granulomalar shilliq osti qavatida, ba’zida seroz osti, muskul qavati va regional limfa bezlarda topiladi. Kron kasalligi bo‘yicha operatsiya davrida ichak devorining qalinlashganligi, seroz osti tomirlarning kengayganligi, qattiqlashganligi va torayganligini hisobga olgan holda, yalligianishning uzunligini oson aniqlab ola oladi. Lekin, bazida yalligianish segmentar xususiyatga ega boiadi. Klinika va diagnostikasi. Kron kasalligi, ko‘pincha katta yoshdagi odamlarda uchraydi. Lekin oxirgi yillarda, bolalarda ham tez-tez uchramoqda. Ko‘pgina mualliflarning e’tiroficha, 20 % bemorlarda kasallik belgilari 15 yoshgacha boigan davrda paydo boigan. Ba’zi adabiyotlarda kichik yoshdagi bolalarda ham uchrab turishi qayd qilinadi. Kasallikning belgilari quyidagilardan iborat: ogirlik massasini yo‘qotish (90 % hollarda), qorin og‘rig‘i (70 %), diareya (67 %), tana haroratining koiarilishi (25 %). Ba’zida kasallikning dastlabki belgilari bo‘g‘imlarda og‘riq (artrit) bilan boshlanadi. Kron kasalligida to‘g‘ri ichakdan axlat aralash qon kelish, yarali kolitga nisbatan kam uchraydi. Lekin faqat yo‘g‘on ichak lokalizatsiyasida ≪qonli diareya≫ Kron kasalligiga xos belgi hisoblanadi. Deyarli 2/3 qism kasallarda diagnoz bir yildan keyin aniqlanadi. Kasallaming 1/3 qismida birlamchi diagnoz oshqozon-ichak tizimiga bog‘liq bolmagan tashxislar bilan davolanadi.
≪ileokolit≫ hisoblanadi (55 %). Yo‘g‘on ichak (34 %) va ingichka ichak (10 %) shakllari kamroq uchraydi. Og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasi biopsiya qilinganda, Kron kasalligiga xos granulomalar aniqlanadi. Ba’zida, kasallikning og‘ir shakllarida barmoqlarning ≪to‘g‘nog‘ichsimon≫ yo‘g‘onlashishi rivojlanadi. Kron kasalligiga chalingan bolalar jismoniy rivojlanishdan orqada qoladi, og‘irligi kam bo‘ladi. Kasallikning ileosekal shaklida eng ko‘p uchraydigan belgilardan biri, qorinning o‘ng pastki to‘rtdan birida og‘riq paydo bo‘lishidir. Kolorektal shaklida perianal yaralar, yoriqlar paydo bo‘ladi. Ular, ko‘pincha og‘riqli va oqmalar, granulomatoz to‘qimadan iborat g‘adir-budir yuzalar hosil qilib, oraliq sohasiga tarqalishi mumkin. Ba’zida yaralarning jadal rivojlanishi natijasida, perianal soha muskullari ham jarohatlanishi mumkin. Ingichka ichak, sigmasimon va to‘g‘ri ichakdan yuqorida joylashgan yo‘g‘on ichak jarohatlanganda, sigmoidoskopiyada shilliq parda o‘zgarishsiz bo‘ladi. Kron kasalligining rektal shaklida shilliq pardada chiziqsimon yaralar aniqlanadi. Laborator tekshiruvlarda anemiya, EChT oshganligi, gipoalbuminemiya, LgA ko‘rsatkichining oshganligi qon quyilishi vaqtining cho‘zilishi kabi ko‘rsatkichlar kuzatiladi. Rentgenologik tekshiruvda oshqozon-ichak tizimining barcha sohalarida - qizilo‘ngachdan tortib to‘g‘ri ichakgacha Kron kasalligiga xos o‘zgarishlar aniqlanadi, lekin eng ko‘p uchraydigan sohalari yonbosh va yo‘g‘on ichak hisoblanadi. Shuningdek, ichak oqmalari, qorin bo‘shlig‘i abssesslari, o‘smasimon hosilalar va terming jarohatlanishi kuzatiladi. Kron kasalligiga ichki oqmalar va yo‘llar hosil bo‘lishi xosdir. Bunday asoratlar qorin og‘rig‘i, qorin devorining taranglashuvi va qorinda o‘smasimon hosila paypaslanishi kabi klinik belgilar bilan o‘tadi. Oqma, ko‘pincha, yonbosh ichakning so‘nggi qismi bilan ko‘tariluvchi chambar yoki sigmasimon ichaklar orasida vujudga keladi. 0 ‘tkir appenditsit diagnozi bilan appendektomiya operatsiyasi oikazilgandan so‘ng, tashqariga ochilgan oqma hosil boisa, bemorda Kron kasalligi boiishi mumkinligi ehtimoli mavjud. В unda finajasogrammada oqma chuvalchangsimon o‘simtaning asosiga emas, balki yonbosh ichakning so‘nggi qismiga ochilganligi koiinadi. Ba’zida oqma ichak bilan siydik qopi yoki uretraga ochilishi mumkin. Bunda siydik yoilarining infeksiyasi, siydik bilan havo yoki ichak massasi ajralganda, Kron kasalligining asorati ckanligini tasdiqlaydi. Kron kasalligida yo‘g‘on ichakning dilatatsiyasi (megakolon) va perforatsiyasi kamdan kam hollarda uchraydi. Biroq ichakning distal qismlarining obstruksiyasi ichak perforatsiyasi bilan tugashi mumkin. Kasallikda steroid terapiya perforatsiyaga sabab b o ia olmaydi. Shuni ta’kidlab oiish joizki, Kron kasalligi kolorektal sohaning karstinomasiga. sabab boiishi mumkin. Statistik maiumotlar shuni koisatadiki, Kron kasalligining bunday asorati aholi orasida uchraydigan koisatkichga nisbatan 20 barobar ko‘p. Bemor bolalar uzoq davr mobaynida
Download 134.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling