Oshqozon ichak trakti tug’ma anomaliyalari girshprung kasalligi


Download 134.5 Kb.
bet8/17
Sana05.01.2022
Hajmi134.5 Kb.
#206594
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17
Bog'liq
патан

Operativ davo.

Kron kasalligida operativ davo kam hollarda,

bemoming butunlay sog‘ayib ketishiga olib keladi. Bu kasallikning

tez-tez qaytalanishi bilan bogiiq. Ba’zida operatsiya bemor ahvolining

sezilarli darajada klinik yaxshilanishiga olib keladi. Bu esa

dori-darmonlar dozalarini qisqartirishga, yoki umuman to‘xtatishga

sabab bo‘lishi mumkin. Operativ davoga kasallikning zo‘rayishishi

dalil hisoblanadi. Jumladan, bola bo‘yining o‘smasligi, konservativ

davoning ta’sir qilmasligi, ichak tutilishi, ichak oqmalari (ichki va

tashki), pararektal abssess va oqmalar, qon ketish, qorin og‘rig‘i

va qorin bo‘shlig‘i abssessi kabilardir. Operatsiyadan oldin va

keyin butunlay enteral oziqlantirishni to‘xtatib, umumiy parenteral

oziqlanishga olish, operatsiyadan keyin kuzatiladigan asoratlami

kamaytirishga, bemor ahvolining tiklanishiga va ko‘pincha, faol

hayot tarziga qaytishiga sabab boiadi.

Kron kasalligining ileostekal shakli, ko‘pincha ichak tutilishiga

olib keladi va operatsiya o‘tkazishga sabab boiadi. Bu barcha ichak

tutilishlaming 90 %ni tashkil qiladi. Aksincha, kolorektal shaklida

deyarli ichak tutilishi kuzatilmaydi. Lekin bu shaklda ichakdan qon

ketish ko‘p uchraydi. Bunda o‘sishdan qolish, ikkilamchi jinsiy

belgilar rivojlanishining orqada qolishi ikkala jinsga xosdir.

Operatsiya mobaynida zararlangan (yalliglangan) ichakni

rezeksiya qilish va anastomoz qo‘yish optimal uslub (usul)

hisoblanadi. Rezeksiyani ≪soglom≫ to‘qima bo‘ylab olkazish

zarur degan tushunchalar, hozirgi paytda zarur emasligi tasdiqlandi.

Shu sababli, rezeksiyani faqat yalliglangan ichak chegarasida

oikaziladi. Yalliglangan sohada olkazishga to‘g‘ri kelsa ham,

anastomozning bitishiga ta’sir ko‘rsatmaydi. Bu esa operatsiyadan

keyin kuzatilishi mumkin boigan ≪kalta ichak sindromi≫ni yuzaga

kelmasligini ta’minlaydi. Yalligianish ichakning boshqa sohalarida

ham ayrim-ayrim joylashishi kuzatilsa (agar ularda obstruksiya yoki

boshqa asoratlar bolmasa), ular o‘z holida qoldiriladi. Ileostoma

yoki ≪chetlab olish≫ anastomozi ichak rezeksiyasiga nisbatan

ko‘p asoratlar bilan o‘tadi hamda kam hollarda kasal ahvolining

yaxshilanishiga olib keladi. Operatsiya paytida, ichki oqmalar

aniqlansa, ular rezeksiya qilingan ichak bilan birga olib tashlanadi.

Agar oqma rezeksiya qilinuvchi yalligiangan ichakdan uzoqda

joylashgan boisa, ichakning bu sohasi ham oqma bilan birga,

alohida qo‘shimcha rezeksiya qilinib anastomoz qo‘yiladi.

Kron kasalligida qorin og‘rig‘i tufayli operatsiya paytida,

ileostekal sohada kuchli yalligianish aniqlanmasa, appendektomiya

operatsiyasi bilan chegaralanadi. Shuni ta’kidlash kerakki, Kron

kasalligi tufayli appendektomiyadan keyin yuzaga keladigan

oqmalar, mazkur kasallik aniqlanmagan bemorlarga nisbatan 6

marta ko‘p uchraydi. Kron kasalligida bu kasallik boimagan bolalarga

nisbatan appenditsit kam uchraydi. Agarda yalligianish 12

barmoqli ichakda joylashgan boiib, yuqori ichak tutilishi aniqlansa,

gastroeyunoanastomoz operatsiyasi bajariladi. Bunda, och ichakda

yaralar hosil boiishining oldini olish maqsadida vagotomiya ham

bajariladi. Lekin shunga qararnasdan, kasallikning qaytalanishi

uchrab turadi. Adabiyotlarda koisatilishicha, operatsiyadan keyin

3 yil ichida qaytalanish 50 %ni tashkil qiladi, vaqt oiishi bilan esa

qaytalanish 90 %ga yotadi. Bu ko‘rsatkichlar shuni koisatadiki,

operativ davolab, bu kasallikni butunlay yo‘q qilishning iloji yo‘q.

Lekin operatsiya ichak tutilishi, anoreksiya, doimiy qorin og‘rig‘i

singari hollarda, bemorlami sogiom turmush tarziga qaytishiga

yordam beradi. Ko‘p hollarda, rezeksiya oikazilib, anastomoz

qo‘yilgan hollarda, kasallik (anastomozning proksimal yoki distal

qismlarida) qaytalanadi. Bunda konservativ (medikamentoz)

davolash 70 % hollarda yaxshi natija beradi. Ileostoma qo‘yilgandan

keyin qaytalanish, ko‘pincha, uning proksimal qismida vujudga

keladi. Birlamchi rezeksiya oikazilgan bemorlarda qaytalanish

tufayli qayta operatsiya oikazish taxminan 30 % hollarda zarur

boiadi. Bemor ahvolining qayta operatsiyadan keyin yaxshilanishi

50 % hollarda kuzatiladi. Operatsiyadan keyin perianal oqmalar

paydo boigan bemorlarda, yaraning bitishi juda qiyin boiadi

yoki umuman bitmaydi. Bu hollarda oqmani kesib tashlab to‘g‘ri

drenajlash yaxshi natija beradi.

Bolalarda Kron kasalligi tufayli operatsiyadan keyin qaytalanishi

(restidivi) yuqori boiishiga qaramasdan, bemor bolalarning ahvoli

ancha yaxshilanadi. Ishtahasi ochiladi, tana og‘irligi oshadi, ko‘p

vaqt mobaynida qorindagi og‘riq bo‘lmaydi. Shunga qaramasdan,

ko‘p hollarda, qayta-qayta operatsiyalar (rezeksiya) oikazishga

to‘g‘ri keladi. Bunda bolalarning ahvoli qayta yaxshilanadi. Afsuski,

Kron kasalligini davolashda bir operatsiya bilan muvaffaqiyatga

erishish kam hollarda uchraydi.



Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling