Oshxona etiketi


Taomlarni iste’mol qilish odobi


Download 159.67 Kb.
bet3/3
Sana19.12.2022
Hajmi159.67 Kb.
#1033583
1   2   3
Bog'liq
Oshxona etiketi

Taomlarni iste’mol qilish odobi

  • Etiket qoidalariga binoan stol atrofida o‘tirgan odam bilagi bilangina stolga tayanishi mumkin. Ayol kishi esa biroz vaqtgagina tirsagini qo‘yishi mumkin. Non ushoqlarini dumaloq qilib olib o‘ynash, yemak jihozlarini o‘ynash, dasturxon uchini o‘rab o‘ynash, oyog‘ini uzatib o‘tirib olish mumkin emas.
  • Lablarini bo‘yaydigan ayollar og‘izlarini sochiqqa emas, qog‘oz salfetkaga artishlari zarur. Tanovul paytida tirsakni dasturxonga qo‘yib olish yoki boshni kosaga egish yaxshi emas. Boshni sal egib, shu masofada qoshiq yoki sanchqini og‘izga olib kelinadi. Ovqatlanib bo‘lgandan so‘ng pichoq va sanchqini parallel ravishda, ushlagichlarni o‘ngga qaratib kosaga qo‘yiladi. Agar bu jihozlarni keyingi taom uchun ishlatish niyatingiz bo‘lsa, ularni stol ustiga qo‘ygan ma’qul. Agar siz pichoq va sanchqidan foydalanayotgan bo‘lsangiz, unda ularni u qo’ldan bu qo‘lga olavermasdan, sanchqini chap qo‘lda, pichoqni o‘ng qo‘lda tutish lozim. Qandaydir ichimlik taklif qilingan vaqtda og‘izdagini yutib yuborib, so‘nggina uni ichish lozim. Bundan oldin stakanda yog‘li izlar qoldirmaslik uchun avval sochiq bilan og‘zingizni artib olsangiz yaxshiroq bo‘ladi. Shishadan faqat o‘ziga quyib olish xunuk ko‘rinadi. Shisha yoki grafinni olganda, avval yon tarafda o‘tirganga taklif qilinadi.
  • Laganda turgan taomning eng yaxshi bo‘laklarini olib eyish nojoizdir. Hadisi sharifda ham: “Baraka taomning o‘rtasidadir. Bas, taomning o‘rtasidan emas, bir chetidan yenglar”1deb keltirilgan.

Tilak bildirish

Mehmon sog‘lig‘i uchun aytilgan tilaklar. Agar mezbon biror-bir mehmon uchun tilaklar bildirsa, unda to mehmondorchilik tugagunga qadar u qolgan mehmonlarni nazardan qoldirmasligi lozim .

Mehmonlar bo‘lsa, faqat kechaning sababchisi uchungina tilak bildiradilar. Agar tilak uy egasiga aytilgan bo‘lsa, uy bekasi ham chiroyli izhorlardan qolib ketmasligi lozim. Tilak aytilgan vaqtda dasturxon atrofidagilar uni izhor qilayotgan kishiga nisbatan hurmatini ko‘rsatish uchun yemak jihozlarini likop chetiga qo‘yib, o‘zaro suhbatlar va tanovulni to‘xtatib diqqat bilan tinglaydilar. Tilak uchun eng qulay vaqt ovqatlar orasidagi tanaffusdir, chunki bu vaqtda odamlar ovqat yeyishdan to‘xtagan bo‘ladi, ovqat sovumaydi va hammaning diqqati notiqda bo‘ladi.


Download 159.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling