О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
- tajriba. LIBERMAN-BURXARD REAKSIYASI
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20.MURAKKAB OQSILLAR
2- tajriba. LIBERMAN-BURXARD REAKSIYASI.
Ikkita probirkaning biriga 1 ml xolesterin ekstrakti, ikkinchisiga shuncha miqdorda xolesterinning 1% li xloroformdagi eritmasi quyiladi. So'ngra ularning ustiga 10 tomchidan sirka angidrid va 2 tomchidan konsentrlangan sulfat kislota qo'shib, yaxshilab chayqatiladi. Suyuqlik avval qizil, keyin qizg'ish-binafsha, binafsha-ko'k va nihoyat, yashil rashta bo'yaladi. Eritmada yashil rang hosil bo'ladi.
20.MURAKKAB OQSILLAR
Gidrolizlanganda aminokislotalar bilan bir qatorda prostetik gruppa deb ataluvchi turli ximiyaviy tarkibli moddalar hosil qiluvchi yuqori molekulyar biologik polimerlar murakkab oqsillar deb ataladi. Prostetik gruppaning ximiyaviy tarkibiga qarab murakkab oqsillar xromoproteinlar, nukleoproteinlar, lipoproteinlar, glikoproteinlar, fosfoproteinlar va metallopooteinlarga bo'linadi. Prostetik gruppa sifatida tarkibida oqsil xarakteriga ega bo'lmagan turli xil rangli birikmalar bo'ladigan murakkab oqsillar xromoproteinlar deb ataladi. Xromoproteinlar hayvonot va o'simlik olamida keng tarqalgan bo'lib, organizmda ketadigan turli bioximik, metabolitik prosesslarda muhim rol o'ynaydi. Tabiatda tarkibida gem va shunga o'xshash birikmalar bor xromoproteinlar keng tarqalgan. Bularga qon gemoglobini, muskul to'qimasining mioglobini, o'simlik va hayvonot dunyosida keng tarqalgan fermentlar — katalaza, peroksidaza, sitoxromlar, tarkibida xlorofill bor plastid oqsillari misol bo'la oladi. Gem yadrosidagi temir birinchidan o'zgaruvchan valentli bo'lganligi, ikkinchidan koordinasion bog' hosil qila olish qobiliyati bo'lganligi uchun tarkibida gem bo'ladigan murakkab oqsillarning tirik organizmda ishtirok etadigan moddalar almashinuv prosesslari miqyosi juda keng. Gemoglobin oqsil qismi globindan va pigment qismi gemdan tashkil topgan. Odam va hayvonlar gemoglobinining turaro o'ziga xosligi uning oqsil qismi globin strukturasiga bog'liq. Gemning tuzilishi gemin tabiatli barcha murakkab oqsillarda bir xil. Ikki valentli temir bilan bog'langan protoporfirin gemning asosini tashkil etadi.
|
ma'muriyatiga murojaat qiling