Ishning bajarilishi. Gemoliz qilish uchun 10 ml qonga (quyon, it, ot,
koramol yoki donor qoni) suv bilan efir (1:1) ning 2 ml aralashmasi quyiladi va
aralashtiriladi. Gemoliz ketishini mikroskop yordamida kuzatib turish mumkin.
Gemolizlangan qonga teng miqdorda (12 ml) ammoniy sulfatning to'yingan
eritmasi quyilib aralashtirilgach, darhol sentrifugalanadi yoki filtrlanadi. Filtratni
og'zi berk idishga quyib sovuq joyda bir sutka qoldiriladi, keyin mikroskop ostida
prizmatik yoki plastinkasimon qizil rangli oksigemoglobin kristallari kuzatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |