Ishning bajaralishi. Ikkita probirka olib birinchisiga 4—5 tomchi
benzidinning muz-sirka kislotadagi 1%li eritmasi, ikkinchisiga 4—5 tomchi yangi
tayyorlangan 1%li gvayakol smolasining spirtli eritmasini kuyib, har ikkala
probirkaga 5 tomchidan 3% li vodorod peroksid, 5 tomchi 50—100 marta
suyultirilgan qon qo'shiladi. Probirkalardagi aralashma yashil yoki ko'k rangga kirishi
kuzatiladi.
FOSFOPROTEINLAR
Tarkibidagi murakkab efir bog'i yordamida bog'langan fosfat kislotali
murakkab oqsillar fosfoproteinlar deb ataladi:
serinfosfat
treonin fosfat
Fosfoproteinlar tarkibida fosfat kislota har xil miqdorda (0,5—1,0%)
bo'ladi. Tarkibida ko'p miqdorda fosfat kislota bo'ladigan fosfoprotein — fosvitindir
(10%). Fosfoproteinlar kislotali xossaga ega bo'lib, ishqoriy muhitda eriydi. Muhit
nordonlashtirilsa cho'kadi. Fosfoproteinlarning keng tarqalgan birikmalaridan sut
kazeini, tuxum sarig'idan olingan vittelin, baliq ikrasida uchrovchi ixtullin va
boshqalar ma'lum.
Do'stlaringiz bilan baham: |