О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
- t a j r i b a. Kraxmalning fermentatlar va kislotalar ta'sirida
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24.VITAMINLAR
2- t a j r i b a. Kraxmalning fermentatlar va kislotalar ta'sirida
gidrolizlanishi. 3 ta probirkaga kraxmalning 0,3% li NaCl eritmasidagi 1% li eritmasidan 10 tomchidan quyib, birinchisiga 10 marta suyultirilgan so'lakdan 5 tomchi, ikkinchisiga 10% li xlorid kislota eritmasidan 5 tomchi, uchinchi probirkaga 5 tomchi suv (kontrol) quyib uchala probirka 38° li suv hammomida 10 minut davomida isitiladi. Ko'rsatilgan vaqt o'tgandan keyin probirkalardagi suyukliklarni 2 ga bo'lib, bir qismi bilan kraxmalga yod ta'sir ettirish, ikkinchi qismi bilan Trommer reaksiyalari qilib ko'riladi. Tajribalarning natijalari jadval (11-jadval) ko'rinishida qayd etiladi.
11-jadval Kraxmalning anorganik va biologik katalizator ta'sirida gidrolizlanishi № Substrat Katali- zator
Tempera- tura
Kraxmalning yod bilan reaksiyasi
Trommer reaksiyasi Xulosa
katalizator Dekstrinlar
46
24.VITAMINLAR
Vitaminlar (darmondorilar) barcha tirik organizmlarning hayot faoliyati uchun zarur bo'lgan pastmolekulyar biologik aktiv moddalardir. Vitaminlar 1880 yilda rus olimi N. I. Lunin tomonidan kashf etilgan. 1911 yilda polyak olimi Kazimir Funk tomonidan vitaminlarning ximiyaviy tarkibida azot elementi borligi aniqlangan. Vitamin deb nom berilishiga sabab (vitos — latincha hayot degani), «amin» tarkibida azot tutuvchi ximiyaviy birikma borligini bildiradi, ya'ni vitamin «hayot omili» degan ma'noni anglatadi. Ammo hamma vitaminlar ham azot elementini tutavermaydi, ya'ni o'z tarkibida azot tutmagan vitaminlar ham mavjud. Masalan, askorbin kislota hech qanday azot elementini tutmaydi, shunga qaramasdan u ham vitamin hisoblanadi. Vitaminlar har xil ximiyaviy tuzilishga ega bo'lib, oziq-ovqat mahsulotlarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Oziq moddalarning tarkibida vitaminlarning yetishmasligi natijasida organizmlarda moddalar almashinuvi jarayoni buziladi.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling