О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
23.FERMENTLAR
Tirik hujayra izotermik ximiyaviy mashina hisoblanadi, bu mashina normal — to'xtovsiz ishlab turishi uchun fermentlar deb ataluvchi biologik katalizatorlar bo'lishi kerak. Fermentlar tabiatan oqsil molekulalari bo'lib, har bir ferment ma'lum bir tipdagi ximiyaviy reaksiyani katalizlaydi. Ular genlar ta'sirini ro'yobga chiqaradigan hujayraning ishchi apparatidir. Fermentlar anorganik katalizatorlardai o'ziga xosligi, katalitik aktivligi va mo''tadil sharoit, ya'ni o'rtacha temperatura va vodorod ionlarining fiziologik konsentrasiyasida ta'sir qila olishi bilan afzal hisoblanadi. Ular ko'p bosqichli murakkab reaksiyalarni millisekundlarda ketishini ta'minlaydi. Tirik hujayralarda fermentlar ishtirokida ketadigan ximiyaviy reaksiyalarning yana bir nodir xususiyati shundaki, bunda maxsulot to'liq hosil bo'ladi va keraksiz qo'shimcha moddalar ajralib chiqmaydi. Fermentlar minglab ximiyaviy reaksiyalarni tezlashtiradi, hujayralardagi moddalar almashinuvv fermentlar ishtirokida boradi. Fermentlar tabiatiga ko'ra katalizatorlar bo'lganligi uchun, ular ta'sirida termodinamik jihatdan imkoni bor reaksiyalargina amalga oshirilishi mumkin. Bunga fermentning substrat (reaksiyaga kirishuvchi modda) bilan oraliq kompleks hosil qilnshi natijasida katalizlanadigan reaksiyaning aktivlanish energiyasini pasaytirishi evaziga erishiladi. Fermentlar ximiyaviy tarkibi jihatidan oqsil moddalar bo'lib, yuqori molekulyar massaga (masalan, ribonukleazaning molekulyar massasi —12700 bo'lsa, piruvat degidrogenaza kompleksiniki 4000000 ga teng) va kolloid xossaga ega. Fermentlar tarkibiga ko'ra bir komponentli (oddiy oqsillar) va ikki komponentli (murakkab oqsillar) bo'ladi. Ikki komponentli fermentlarda oddiy oqsil qismi apoferment deb, quyi molekulyar termostabil prostetik gruppasi koferment deb ataladi. qoferment sifatida vitaminlar, nukleotidlar, tarkibida porfin yadrosi bo'lgan gem tabiatli moddalar, uglevodlarning fosforli efirlari, kichik molekulali metabolitik aktiv peptidlar va boshqalar yashtirok etadi. Fermentlarning koferment qismi oqsil
44
qismi bilan turli darajada bog'langan. Masalan, sitoxromlarda gem oqsil qismi bilan kovalent bog' yordamida bog'lansa, ba'zi degidrogenazalarning kofermenti dializ qilinganda ham ajralib ketishi mumkin. Fermentlar xujayra va organizm moddalar almashishuvining qay uchastkasida ishtiroki va bajaradigan funksiyasiga qarab monomer yoki multimer ko'rinishida tarqalishi mumkin. Ko'pchilik proteolitik fermentlar monomer ko'rinishida bo'ladi. Oksidlanish — qaytarilish reaksiyalarini, moddalar almashinuvida qator bir-biriga bog'liq reaksiyalarni katalizlovchi fermentlar ko'proq multimer ko'rinishiga o'tishi orqali kompleksning fermentativ aktivligi, shu orqali enzimatik reaksiyaning tezligi yuqori darajada ortadi. Masalan, laktat degidrogenaza fermentida 5 ta subbirlik bo'lsa, piruvat degidrogenaza kompleksining hosil bo'lishida 24 molekula piruvat degidrogenaza, bir molekula degidrolipoil-transasetilaza va 12 molekula digidrolipoil — degidrogenaza fermentlari ishtirok etadi. Umuman bu kompleks tuzilishida 60 ta polipeptid molekulasi qatnashadi. Fermentlarning fizik-ximiyaviy xususiyatlari ularning oqsil tabiatiga bog'liq. Shu sababli yuqori temperatura va muhit o'zgarishlari oqsillarni denaturasiyaga uchratgani singari, fermentlarning ham aktivligini yo'qotadi. Fermentlarni toza holatda ajratib olish ancha murakkab. Hozirgi vaqtda mikroorgannzmlardan 80, o'simlik va hayvon to'qimalaridan 150 dan ortiq fermentlar toza kristall holda ajratib olingan. Fermentlar turli biologik suyuqliklar: qon, sut, ovqat hazm qilish shiralarining hujayra protoplazmasi, uning struktura elementlari tarkibida adsorbilangan holatda bo'ladi. Fermentlarni ajratib olish uchun hujayra qobig'ini buzish, to'qimani gomogenizasiya qilish, turli tuz eritmalari va organik erituvchilar yordamida ekstraksiya qilish kerak. Fermentlarni ajratib olish ishlari 0 C atrofida (sovuq xonalarda), agar organik erituvchilar ishlatilsa, 0 dan past (1 — 2 — 5°C da) temperaturalarda olib borilishi kerak. Aks holda ferment aktivligini yo'qotib qo'yadi. Hozirgi vaqtda mingdan ortiq fermentlar ma'lum bo'lib Xalqaro Bioximklar Ittifoqining fermentlar bo'yicha komissiyasi 1961 yilda ularning klassifikasiyasi va nomlanishini ishlab chiqqan. Har bir fermentning nomeri to'rtta sondan tarkib topib, bu sonlar turli ma'noni anglatgani uchun nuqtalar bilan ajratilgan.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling