О=сил ва ларга хос рангли реакциялар
FERMENTLARGA XOS REAKSIYALAR
Download 0.8 Mb. Pdf ko'rish
|
biokimyo
FERMENTLARGA XOS REAKSIYALAR
ANORGANIK KATALIZATORLAR BILAN FERMENTLAR TA'SIRINI TAQQOSLASH
probka, gaz gorelka yoki spirt lampasi, suv termometri, suv hammomi, kraxmalning 1% li eritmasi, xlorid kislotaning 10% li eritmasi, Lyugol eritmasi, natriy gidroksidning 10% li eritmasi, mis (II)- sulfatning 1% li eritmasi, kraxmalning 0,3 M natriy xloriddagi 1% li eritmasi, distillangan suv, 10 marta suyultirilgan so'lak. Fermentlar anorganik katalizatorlardan bir qancha xossalari bilan farq qiladi. Fermentlar yuqori darajada o'ziga xos biologik katalizatorlardir. Ular o'rtacha temperaturada, mo''tadil sharoitda (ko'chsiz kislotali, neytral yoki kuchsiz ishqoriy muhit, ion kuchi past bo'lgan eritmalarda, normal atmosfera bosimi sharoitida) yuqori aktivlikni namoyon qila oladi. Anorganik va sun'iy katalizatorlar esa yuqori
45
temperatura (100 — 1000°), kuchli kislotali yoki kuchli ishqoriy muhit, yuqori bosim sharoitida optimal aktivlikka ega bo'ladi. Bunday sharoit abiotik muhit hisoblanadi. Anorganik va biologik katalizatorlarning aktivligini kraxmalning gidrolizlaiishi misolida solishtirib ko'rish mumkin. Kraxmal xlorid yoki sulfat kislota ta'sirida uzoq vaqt qaynatilganda gidrolizlanadi, avval dekstrinlarga, so'ngra glyukozaga aylanadi:
kraxmal glyukoza Kraxmal fermentlar (amilaza) ta'sirida, g`37°C da, bir necha minutda, disaxarid — maltozagacha parchalanadi. Kraxmal yod bilan ko'k rang beradi, qaytaruvchanlik xususiyatiga ega emas. Gidroliz mahsulotlari esa aksincha yod bilan biiafsha, qizil, jigar rang-sariq tus beradi, qaytaruvchanlik xususiyatiga ega. Shuning uchun kraxmal kislotalar yoki fermentatlar ta'sirida gidrolizlansa, rangli reaksiyalar yordamida bu prosessning borishini kuzatib turish mumkin.
Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling