chinni hovoncha, kvars qumi, voronka, filtr qog'oz. So'lak, konsentrlangan
43
1% li eritmasi, konsentrlangan sulfat kislota, timolning 1 % li eritmasi.
Ishning bajarilishi. 1. Probirkaga 2—3 ml so'lak solib, ustiga shisha
tayoqchada aralashtirib turgan holda tomchilatib, musin cho'kmasi hosil bo'lguncha
konsentrlangan sirka kislota tomiziladi. Musin cho'kmasi shisha tayoqcha bilan toza
probirkaga olinadi va uglevod komponentiga xos reaksiya qilinadi. (3- punkt.) 2.
Aorta to'qimasidan 0,5—1 g olib, ustiga 5 ml 5% li sirka kislota qo'shiladi va 15
minut davomida chinni hovonchada toza qum yordamida maydalanadi. Olingan
ekstrakt filtrlanadi va tarkibida glikoproteid bo'lgan filtrat bilan uglevod
komponentiga xos reaksiyalar qilinadi. 3.2 ta probirka olib, birinchisiga musin
cho'kmasi, ikkinchisiga aorta ekstrakti olinib, ikkalasiga ham 1—2 tomchidan α-
naftolning 1%li spirtli eritmasidan va probirka devori orqali 15— 20 tomchi
konsentrlangan sulfat kislota oxista tomiziladi. 2 qavat suyuqlik chegarasida qizg'ish-
binafsha halqa hosil bo'ladi. Agar α-naftol o'rniga 1 % li timol olinsa, qizil halqa
yaqqol ko'rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: