g) MILLON REAKSIYASI
Kerakli reaktiv va asboblar: 1.Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3. 1%
li jelatina; 4. Millon reaktivi; 5. Probirkalar; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka
yoki gaz gorelka.
Fenol va uning hosilalarini, Millon reaktivi bilan qo'shib qizdirilganda, to'q
qizil rangli simob birikmalari hosil bo'ladi. Bu reaksiya, o'z molekulasida fenol
turkumi bo'lgan tirozinning Millon reaktivi bilan hosil qilgan nitrohosilaning simobli
tuziga xosdir.
Shuning uchun ham tarkibida tirozin tutgan ko'pgina oqsillarni Millon reaktivi
bilan qo'shib qizdirilganda to'q qizil rangli cho'kma hosil bo'ladi. Agar oqsil tarkibida
tirozin bo'lmasa, Millon reaksiyasi kuzatilmaydi.
7
Tirozin
Do'stlaringiz bilan baham: |