v) KSANTOPROTEIN REAKSIYASI
Kerakli reaktiv va asboblar: 1. Oqsil eritmasi; 2. 0,1% li fenol eritmasi; 3.
Qonsentrlangan nitrat kislota; 4. 20% li natriy gidroksid yoki ammiak eritmasi; 5. 1%
li jelatina; 6. Pipetkalar; 7. Shtativ; 8. Elektr plitka yoki gaz gorelka; 9. Pro-birkalar.
Oqsil eritmasini konsentrlangan nitrat kislota bilan qo'shib qizdirilsa, sariq rang
?osil bo'ladi. Shu sariq rang ustiga ozroq ammiak yoki natriy gidroksid eritmasidan
qo'shsak, probirkada zarg’aldoq rang oqsil bo'ladi. «Ksantos» yunoncha so'z bo'lib,
«sariq» degan ma'noni bildiradi. Shuning uchun bu reaksiyaga ksan-toprotein nomi
berilgan. Kuchli nitrat kislotaning teriga, tirnoqqa, junga va boshqa xildagi oqsil
tutuvchi moddalarga tushgan paytida ham sariq rang hosil bo'ladi.
Oqsil eritmasi (tarkibida tirozin, fenilalanin yoki triptofan aminokislotalari
bo'lsa) konsentrlangan nitrat kislota bilan qizdirilganda sariq rang hosil bo'ladi:
Tirazin Nitratirazin (sariq rang)
Do'stlaringiz bilan baham: |