О=сил ва ларга хос рангли реакциялар


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/103
Sana09.01.2022
Hajmi0.8 Mb.
#267874
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
biokimyo

Ishning  bajarilishi. Ishni  bajarish uchun yaxshi  yuvilib  quritilgan  probirkaga 

karbamid  kukunidan  ozroq  solib,  elektr  yoki  gaz  plitkada  qizdiriladi.  Qizdirish 

natijasida  karbamid  suyuq  holatga  o'tadi.  Agar  qizdirishni  davom  ettirsak,  u  yana 

qotadi. Karbamidning qattiq holatga o'tishi bilan qizdirish to'xtatiladi. Karbamidning 

qizdirilish  paytida  biuret  hosil  bo'ladi,  ammiak  esa  havoga  chiqib  ketadi. 

Ammiakning chiqishini uning hididan bilish mumkin. 

 

Probirka  sovigach,  unga  1  ml  natriy  gidroksid  eritmasi  solib  chayqatiladi  va 




 

1—2  tomchi  mis  sulfat  eritmasidan  tomizilib  aralashtiriladi.  Natijada  probirkadagi 



eritma pushti rangga o'tadi. Mis sulfatni qo'shishda ehtiyot bo'lish kerak. Agar undan 

ko'proq qo'shilsa, eritma ko'k-havo rangga o'tib ketishi mumkin. 

 

Bu  ishni  o'simlik  oqsili  bilan  ham  olib  borish  mumkin.  Buning  uchun 



probirkaga  o'simlik  oqsilidan  solib,  uning  ustiga  1  ml  natriy  gidroksid  eritmasi 

tomizib  chayqatiladi.  So'ngra  1—2  tomchi  mis  sulfat  qo'shib,  eritma  asta-sekin 

aralashtiriladi. Probirkada binafsha rang hosil bo'ladi. 

 

Olingan natijalar asosida zaruriy xulosa chiqariladi. 



 

 


Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling