O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi reja
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mitoxondriyaning sxematik tuzilishi
apparatining sxematik
tasviri kirishi va hashoratlarni jalb qilishi biologik ahamiyatga ega. Chunki hasharotlar (ularni) chetdan changlatishni ta’minlaydi. Leykoplastlarda pigmentlar bo‘lmaydi (grekcha «leykos» -oq so‘zidan olingan). Shuning uchun ham ular rangsiz. Shakli asosan sharsimon. Tarkibida kraxmal va oqsil donachalari bor. O‘simliklarning hosil qiluvchi to‘qimalarida, yer osti organlarida va urug‘larida uchraydi. Leykoplastlarni 1854 yilda Kryuger topgan. Ular qo‘shqavat membrana bilan o‘ralgan. Yorug‘likda ichki lamellalar strukturasi rivojlanib, yashil xloroplastlarga aylanish xususiyatiga ega. Mitoxondriyalar. Mitoxondriyalar hujayra protoplazmasidagi asosiy organoidlardan biri bo‘lib, ular asosan energiya manbai hisoblanadi. O‘simlik hujayrasida ular dumaloq, gantelsimon shaklda mavjud, diametri 0,4-0,5 mkm va uzunligi 1-5 mkm ga teng. Har bir hujayrada bir necha o‘ntadan to 2000 tagacha uchraydi. Mitoxondriyalar qalinligi 5-6 nm ga teng tashqi va ichki membranalarga ega (4-rasm). Ichki membranasi qavat-qavat bo‘lib joylashadi va kristlar deb ataladi. Modda almashuv jarayonida roli juda katta. Ular nafas olish markazi, ATF larni hosil qiluvchi organoid bo‘lganligi uchun energiya manbai hisoblanadi. Energiyaning hosil bo‘lishida va ko‘chirilishida tarkibidagi fermentlar (suksin-oksidaza, sitoxromoksidaza) asosiy rol o‘ynaydi. 1961 yilda Grin aniqlashicha o‘simlik hujayralaridagi mitoxondriyalar har 5-10 kunda yangilanib turadi. Mitoxondriyalar o‘zining DNK, RNK va ribosomalariga ega bo‘lib, o‘zlari mustaqil oqsil sintez qilish qobiliyatiga ega. Keyingi yillardagi tekshirishlar natijasida mitoxondriya va plastidalar bir-biri bilan genetik bog‘liq ekanligi aniqlandi. YA’ni hujayra yadrosining ikkala membranasi ishtirokida qavariq bo‘rtmalar hosil bo‘ladi. Yadro membranadan uzilib chiqqan pufakchalar initsial tanachalar deb ataladi. Ular rivojlanib mitoxondriya va xloroplastlarga aylanadi (5-rasm). 4-rasm. Mitoxondriyaning sxematik tuzilishi 5 - rasm. Hujayra membrana strukturalari orasidagi ontogenetik munosabat 1- Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling