O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi reja
Download 1 Mb. Pdf ko'rish
|
2-mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hujayraning so‘rish kuchi
12-rasm. Plazmoliz hodisasi Hujayralarda sodir bo‘ladigan plazmoliz ikki xil shaklda uchrashi mumkin. Dastlab protoplazma hujayra burchaklaridan ajrala boshlaydi, so‘ngra hamma devorlaridan ajraladi.Lekin ancha vaqtgacha hujayraning ayrim joylarida protoplast po‘st bilan birikkan holda qoladi va botiq chegarali shaklga kiradi. Bunga botiq formali plazmoliz deyiladi. Agar protoplast hujayra po‘stidan to‘la ajralib, to‘planib qolsa, dumaloq shaklga kiradi. Plazmolizning bunday formasiga qavariq plazmoliz deyiladi. Umuman o‘simliklar hujayra shirasining osmotik bosimi ular yashayotgan muhit eritmasining osmotik bosimidan yuqoriroq bo‘lishi shart. Shundagina o‘simlik hujayralarining turgor holati saqlanadi. Hujayraning so‘rish kuchi. O‘simlik hujayrasining kolloid va osmotik xususiyatlari hujayraga tashqi muhitdan suv o‘tish qonunlarini belgilaydi. Quruq urug‘larga suvning shimilishi ulardagi zapasi organik moddalarning kolloid mitsellalarining bo‘rtishi natijasida sodir bo‘ladi. Oqsil moddalari eng ko‘p, kraxmal kamroq bo‘rtish qobiliyatiga ega. Shuning uchun ham tarkibida oqsil yoki kraxmal bo‘lgan quruq urug‘lar bo‘rtgan vaqtida suvni juda katta kuch bilan tortadi. Bu kuch 1000 atmosferagacha yetadi. Lekin urug‘ hujayralari suv bilan ta’minlanish jarayonida, ularni suv tortish kuchi kamaya boradi. Urug‘larning bu qobiliyati ularning unib chiqishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega. Yosh nihollarning va o‘simliklarning suv bilan ta’minlanishiga hujayradagi osmotik bosim sababchi bo‘ladi. Hujayraning suvni so‘rish kuchi uning osmotik bosimiga to‘g‘ri proporsionaldir. YA’ni hujayraga suvni kirish kuchiga hujayraning so‘rish kuchi deyiladi. YA’ni bu kuch hujayra shirasining osmotik va turgor bosimlari munosabati bilan belgilanadi: S=Р-Т, bu yerda S-hujayraning so‘rish kuchi (atm), Р- osmotik bosim (atm), Т-turgor bosim (atm). Formuladan ko‘ringanidek osmotik bosim qancha yuqori bo‘lsa- so‘rish kuchi ham ortib boradi. Turgor bosimi kamaygan sari so‘rish kuchi ortib boradi va T=0 bo‘lgan vaqtda hujayraning so‘rish kuchi eng yuqori ko‘rsatgichga ega bo‘ladi. Download 1 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling