O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi reja


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1196750
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu Ma\'ruza

Osmotik bosim. Ekzoosmosdan ko‘ra endoosmosning kuchliroq bo‘lishi 
natijasida rivojlanib, pufakning ichki tomonidan itaruvchi gidrostatik bosim-osmotik 
bosim deb ataladi. Bunday bosimning mavjudligini birinchi marta 1826 yilda fransuz 
botanki Dyutroshe isbotlab bergan. Buni isbotlashda qo‘llanilgan asbob esa Dyutroshe 
osmometri deyiladi (12-rasm). Bu osmometr bilan osmotik qonuniyatni ko‘rib chiqish 
uchun hayvon qovug‘idan yoki pergament qog‘ozidan xaltacha tayyorlab, uni tez 
diffuziya qilmaydigan modda bilan (saxaroza, glyukoza) to‘lg‘azib suvga solsak, 
xaltacha shisha boshlaydi, uning devorlari tarang bo‘lib, qoladi va ichkaridan hosil 
bo‘lgan bosimga chidolmay yoriladi. Agar xaltachani og‘zini butunlay bog‘lash 
o‘rniga shisha nay o‘rnatilsa, uning ichidagi suyuqlik balandligi ichki bosim ta’sirida 
ko‘tarila boshlaydi. Bu jarayon dastlab tezroq borib, keyinchalik sekinlashadi va 
to‘xtab qoladi, keyin esa yana pasaya boshlaydi. Chunki Dyutroshe ishlatgan parda 
(plyonka) yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega emas edi. 
Bu tajribani 1877 yilda V.Pfeffer o‘simlik hujayrasiga yaqinroq holda o‘tkazgan 
(13-rasm). Buning uchun u mayda teshikchali chinni silindr ichiga mis kuporosi 
eritmasini solgan va silindrni sariq qon tuzi K
4
[Fe( rN
6
)] eritmasi ichiga tushirgan. 
Natijada o‘simlik hujayrasiga yaqinroq yarim o‘tkazgich membrana hosil bo‘lgan. 
Pfeffer osmotik bosimning qiymati turli sharoitga bog‘liq bo‘lganini shu osmometr 


yordamida tekshirib, uning eritma konsentratsiyasiga nisbatan to‘g‘ri proporsional 
ekanligini aniqlagan. 

9- rasmDyutroshe osmometri 10-rasm. Pfeffer osmometri 
O‘simliklarning hujayrasida ham shunday jarayonlar sodir bo‘lishi mumkin. 
YA’ni o‘simlik hujayrasining po‘sti elastiklik xususiyatiga ega bo‘lib, cho‘zilish 
qobiliyatiga ega. Suv va erigan moddalarni o‘zidan o‘tkazadi. Lekin protoplazma 
membrana qavatlarining mavjudligi (plazmolemma va tonoplast) sababli turli 
moddalarga nisbatan tanlab o‘tkazuvchanlik xususiyatiga ega. Uning bu xususiyati suv 
va suvda erigan moddalarning hujayra shirasiga turli tezlikda o‘tishiga asoslanadi. 
O‘simlik hujayrasining vakuolasida juda ko‘p osmotik aktiv moddalar 
to‘planadi. Bularga shakarlar, organik kislotalar va tuzlar kiradi. Hujayra shirasida 
osmotik aktiv moddalar qancha ko‘p to‘plansa, unda osmotik bosim shuncha yuqori 
bo‘ladi. 
Hujayraning osmotik bosimini Vant-Goff formulasi bo‘yicha aniqlasa bo‘ladi: Р = 
RTCi, bu yerda Р-osmotik bosim, С-eritma konsentratsiyasi, R= gazlarning doimiy
koeffitsiyenti -0,08207 ga teng, Т-absolyut harorat, i-izotonik koeffitsiyent bo‘lib, 
elektrolit eritmalar uchun 1 ga va elektrolitmas eritmalar uchun 1,5 ga teng. 
Osmotik bosim o‘simlik turlariga, ularning yashash sharoitlariga va hatto 
organlariga ham bog‘liq, ya’ni ko‘pchilik mezofitlarning ildizida 0,3 - 1,2 MPa teng 
bo‘lsa, yer usti qismida 1,0-2,6 MPa ga teng. SHo‘r tuproqlarda yashovchi 
o‘simliklarda (galofitlarda) eng yuqori -15 MPa gacha bo‘ladi. 


Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling