O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi reja


Protoplazmaning qovushqoqligi va elastikligi


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/15
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1196750
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu Ma\'ruza

Protoplazmaning qovushqoqligi va elastikligi. Qovushqoqlik hujayra
hayotidagi eng muhim xususiyatlardan biri. U hujayraning hayotiyligini va 
biokimyoviy faolligini belgilaydi. Qovushqoqlik deb eritmaning shu eritmadagi 
zarrachalarning 
o‘zaro aralashishiga to‘sqinlik qilish qobiliyatiga aytiladi 
(molekulalar, ionlararo va boshqalar). Qovushqoqik protoplazmaning strukturaviy
holatini va bu strukturani tuzuvchi kolloid zarralarning o‘zaro tortishuv kuchini 
belgilaydi. O‘simlik hujayralari protoplazmasining qovushqoqlik darajasi ularning 
turlariga va navlariga qarab har xil bo‘ladi va hayotiy jarayonida (jumladan, modda 
almashinuv, haroratning ko‘tarilishi yoki pasayishi) o‘zgarib turadi. O‘simliklarning 
ekologik gruppalarida ham qovushqoqlik har xil darajada, masalan, qurg‘oqchilik 
sharoitiga moslashgan o‘simliklarda, mezofitlarga nisbatan ancha yuqori, suv 
o‘simliklarida esa aksincha ancha past bo‘ladi. 
Elastiklik ham protoplazmaning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Elastiklik 
deb zararlanmagan tirik prtoplazmaning shakli o‘zgartirilganda u avvalgi holatiga 
qaytish xususiyatiga aytiladi. Plazmaning elastikligini uning juda ingichka tola 
holatigacha uzilmasdan cho‘zila olish xususiyatida ham ko‘rish mumkin. Bu 
protoplazmaning ma’lum strukturadan iborat ekanligidan dalolat beradi. 
Protoplazmaning suv bilan aralashmasligi sababli uni toza suyuqlik deb bo‘lmaydi. 
Moddalarning membrana orqali transporti 
Hujayraning tashqi muhit bilan bo‘ladigan almashuv munosabatlari va 
protoplast ichida ro‘y beradigan hayotiy jarayonlar maxsus membrana sistemasi orqali 
amalga oshadi. Protoplast va undagi organoidlar membrana qavati bilan qoplangan. 
YA’ni har bir organoid ham protoplazma kabi o‘zining membranasi bilan 
xarakterlanadi. Ana shu membranasi yordamida sitoplazmadan ajralib turadi. 
Protoplastni tashqi tomondan o‘rab turuvchi membrana (plazmalemma qavati) - 
hujayra membranasi deb yuritiladi. U yarim o‘tkazgich xususiyatiga ega bo‘lib,o‘zi 
orqali suvni bemalol o‘tkazadi. Lekin suvda erigan moddalar uchun yuqori darajada 
tanlab o‘tkazuvchi baryer vazifasini bajaradi. Ayniqsa har xil ionlar va 
molekulalarning energetik va osmotik gradiyentga nisbatan erkin harakatiga baryerlik 
vazifasini bajaradi. Bundan tashqari membrana eng muhim metabolitik nasosdir ham. 


YA’ni hujayra uchun zarur bo‘lgan ionlarni gradiyentga qarshi faol o‘tkazadi. 
Membrananing bunday xususiyatlari hujayra uchun keraksiz moddalarni ichkariga 
o‘tkazmay faqat zarurlarini o‘tkazishga beqiyos ahamiyatga ega. Demak membranalar 
hujayra metabolizmi jarayonining eng muhim qismlaridan biri bo‘lgan moddalar oqimi 
va energiyasini boshqaradi: baryerlik, transport, osmotik, energetik, biosintetik va 
boshqalar. Membrananing bunday xususiyatlari faqat tirik hujayralardagina sodir 
bo‘ladi. 
Membrananing asosiy kimyoviy tarkibi juda murakkab bo‘lib, u asosan lipidlar 
va oqsillardan iborat. Lipidlar tarkibiga asosan fosfo-, sulfo- va glikolipidlar kiradi. 
Biomembranalar qatlami 6-10 nm ga teng 
bo‘lib, 
asosan 
lipidlarning 
qo‘sh 
qavat 
molekulalaridan 
tuzilgan 
va 
oqsil 
molekulalari uning qatlamlari orasiga 
joylashgan. Membrananing elementar 
tuzilishini Kopi modeli asosida ko‘rsatish 
mumkin (7-rasm). Bu modelga ko‘ra, 
membrana hajmi polyar lipidlarning 
qo‘sh 
qavat molekulalaridan tuzilgan va oqsil 
molekulari uning qatlamlari orasiga 
joylashgan. 
7- rasm. Membrananing mozaik va globulyar tuzilishi. А - mozaik tuzilish 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling