O‘simlik hujayrasining fiziologiyasi reja


sxemasi, Б-globulyar tuzilish sxemasi: 1-lipidlar qo‘sh qavati, 2-oqsil qavati, 3-


Download 1 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/15
Sana14.02.2023
Hajmi1 Mb.
#1196750
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2-mavzu Ma\'ruza

sxemasi, Б-globulyar tuzilish sxemasi: 1-lipidlar qo‘sh qavati, 2-oqsil qavati, 3-
glikolipidlar, 4-glikoproteinlar, 5-membrananing tashqi yuzasi, 6-membraning 
ichki yuzasi. 
Membranalarning shakllanishida asosiy rolni gidrofob bog‘lar uynaydi: lipid- 
lipid, lipid-oqsil, oqsil-oqsil. Jumladan membrana tarkibiga strukturaviy oqsil
fermentlar, nasoslar, tashuvchilar, ion kanallari 
vazifalarini bajaruvchi oqsillar ham kiradi.
8-rasm. Hujayra membranalari 
Natijada lipidlar oqsillar bilan doimiy aloqada bo‘lib, gidrofob bog‘larni hosil qiladi. 
Membrana oqsillari o‘rtasida shakarlarni, aminokislotalarni tashuvchi oqsillar borligi 
ham aniqlangan. Bu vazifani asosan maxsus fermentlar bajaradi. Membrana tarkibida 
oqsillardan tashqari ayrim murakkab uglevodlar va nuklein kislotalari ham bor. Unda 
juda yuqori darajada sezuvchi sistema (retseptorlar) ham joylashgan. Bu sistema orqali 


tirik hujayra tashqi sharoit bilan munosabatda bo‘ladi. Ana shu sistema orqali hujayra 
organoidlari ham funksional aloqada bo‘ladi. Membraning eng muhim vazifalaridan 
yana biri hujayra protoplazmasida bo‘ladigan ko‘plab jarayonlarni boshqarish va 
umumlashtirishdir. 
Umuman, membrana protoplazma va organoidlarni faqat o‘rab va ajratib 
turuvchi qavat bo‘libgina qolmay, muhim metabolitik vazifalarni ham bajaradi.
 
O‘simlik hujayrasining osmotik xususiyatlari 
Diffuziya va osmos. Hujayraning hayotiyligi undagi doimiy modda almashinuv 
jarayonining mavjudligiga bog‘liq. YA’ni hujayralar tashqi sharoitdan yoki yonma-
yon joylashgan hujayralardan to‘xtovsiz qabul qiladi, ayrim moddalarni esa aksincha 
o‘zidan chiqaradi. YA’ni o‘simlikning hayoti uni tashkil qilgan hujayralarning tashqi 
va ichki muhit omillari bilan munosabati orqali amalga oshadi. Bulardan eng muhimi 
hujayralarga tashqi muhitdan suv va unda erigan moddalarning kirishi va hujayralararo 
harakatidir. Ana shu jarayonlarda o‘simlik hujayralarida mavjud bo‘lgan osmotik 
potensial katta rol o‘ynaydi. Bu esa diffuziya va osmos qonunlaridan kelib chiqadi. 
Umumiy sistemada moddalarning bir joydan ikkinchi joyga siljitishga diffuziya 
deyiladi. Diffuziyalanuvchi modda o‘z yo‘lida parda uchratsa, uning tarqalishi ancha 
qiyinlashadi Hujayraning sellyuloza, gemitsellyulozadan iborat po‘sti ham shunga 
o‘xshash pardalar qatoriga kiradi. 
Suyuq va erigan moddalarning parda orqali diffuziyalanish hodisasiga osmos 
deyiladi. Eritmaning parda orqali ichkariga kirishiga endoosmos, tashqariga chiqishiga 
esa ekzoosmos deyiladi. Keyingi yillarda o‘tkazilgan tekshirishlarning ko‘rsatishicha 
faqat erituvchilarni (suv) o‘tkazib, erigan moddalarni butunlay o‘tkazmaydigan 
pardalar ham borligi aniqlandi. Bunday pardalar tanlab o‘tkazuvchi pardalar deb 
ataladi. 

Download 1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling