O‟simlik va hayvonot dunyosi va uni muhofaza qilish Reja 1
Download 115.58 Kb. Pdf ko'rish
|
\'manba
- Bu sahifa navigatsiya:
- Hayvonot dunyosi
Janubiy dengiz suvsari Dengiz suvsari Tinch okeanining AQSHga tegishli qismidagi sayoz suv havzalarida yashaydi. Asrlardan buyon dengiz suvsarlari noyob juni uchun ovlanib kelingan. Pelikanlarni saqlab qolish muammosi Pelikanlar baliq va akvatik o‟simliklarni yeyishga moslashgan qushlardir. 20 asr o‟rtalarida DDT preparatidan foydalanish kengayibketdi. 1972 yilda AQSH da DDT preparati qishloq xo‟jalik ekinlariga qiron keltiruvchi hashoratlarni yo‟q qilish uchun nazorat sifatida keng ko‟lamda ishlatila boshlandi. Bu holat pelikanlarning kamayib ketishiga sabab bo‟ldi. CHunki pelikanlarning tuxumlari ingichka shaklga o‟tdi. SHuningdek, palaponlarni erta tuxumdan chiqish holati ruy berdi. Jigarrang pelikanlar Luizana shtati va Texasdan butunlay yo‟qoldi. 2000 yillardan buyon Luizana va Texasda yashaydigan 7000 dan ortiq jigarrang pelikanlar yashamoqda 3 . Hayvonot dunyosi Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismidir va ular tabiatda moddalar va energiya almashinuvida muhim rol o‟ynaydi. Hayvonot olami umuman insoniyatning yashashi, hayoti faoliyatida juda muhimdir. Ma‟lumki, uy hayvonlari hisoblanadigan qoramol, qo‟y, echki, to‟ng‟iz, ot, eshak, tuya, qolaversa it, mushuk kabi jonzotlar bizning hayotimizda tayin bir maqsad uchun boqiladi. Ayrim hayvon turlari biz uchun oqsil, moy, sut manbai, boshqasi xo‟jalik uchun asqotadigan ishlarni bajaradi, transport sifatida, uylarni qo‟riqlashda, zararkunandalar bilan kurashishda beminnat dastyor hisoblanadi. Tabiat qo‟ynida yovoyyi holda yashaydigan hayvonlarning ham o‟ziga xos foydali xususiyatlari mavjud, jumladan, ulardan mo‟yna, dorivor vositalar, oziq- ovqat mahsulotlari, jun olinadi. O‟zbekistondagi asosiy xo‟jalik ahamiyatiga ega bo‟lgan hayvonlar: suvda suzuvchilar, sayg‟oqlar, ondatralar, toshbaqalar, zaharli ilonlar, kakliklar, tog‟ echkilari va umurtqasizlar hisoblanadi. Hayvonlar tabiatda tabiiy vositalarning muvozanatini saqlab turishda xizmat qiladi. Umuman hayvonlarning turi ko‟p bo‟lib, ularning bir yarim milliondan ziyod turi bor. O‟simliklarning quyoshdan olayotgan energiyasini 100% deb olsak, shuning 50%ini o‟simliklar nafas olish jarayonida qolgan energiyani o‟zlashtirib, organik modda o‟txo‟r va etxo‟r hayvonlarga o‟tadi. Tuproq tarkibini yaxshilashda va uning hosildorligini oshirishda hayvonlarning, xususan, yomg‟ir chuvalchangini, chumolini, termitlarni, umurtqali er qazuvchilarni va boshqalarning ahamiyati juda katta. Bu hayvonlar tuproqni yumshatadi, aralashtiradi, najas va o‟simlik qoldiqlari bilan o‟g‟itlaydi. O‟simliklarni changlanishida, urug‟ va mevalarini tarqatishda ham hayvonlarning ishtiroki bor. Ayrim yirtqich qushlar esa zarakunandalarni (kemiruvchilarni) qirib, o‟simliklar hosildorligini oshiradi yoki ba‟zi hasharotlar o‟simliklarni zarakunanda hasharotlardan va kasalliklardan saqlaydi. Masalan, bitta Download 115.58 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling