O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Ksilema tashiluvining mexanizmi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza

Ksilema tashiluvining mexanizmi. Ushbu tashiluvda asosan ikkita hol, ya’ni 
ksilemaning tо‘lishi va uni bо‘shashi alohida о‘rin tutadi. 
Ksilema shirasining tо‘lishi. Bu hol ayniqsa ildiz tukchalari zonasida jadal 
ketadi. Hozirgi tasavvurlarga qaraganda ildiz tukchalari zonasida ksilemaning suv 
va unda erigan moddalar bilan boyishida bir yoki ikkita nasos qatnashadi. Asosiy 
nasos ildiz qobig‘i parenximalari va rizoderma hujayralari plazmolemmasida 
joylashgandir. Uning ishj N
+
-sifatida ish kо‘rsatuvchi N
+
-ATF azalar tufayli, 
ehtimol proton kо‘chiruvchi redoks zanjirining faoliyati tufayli idora qilinishi 
mumkin. Ildizning ushbu qismi hujayralari devoridan kationlar va anionlar uning 
sitoplazma qismiga о‘tadi. 
Suv va unda erigan moddalarning Kaspari bog‘lari mavjud bо‘lgan 
endoderma hujayralari orqali tashiluvi faqatgina simplast orqali bо‘ladi. Traxeidlar 
yoki о‘tqazuvchi naylarga bevosita tutashgan hujayraning parexima tutamlarida, 
traxeal elementlar devorlaridagi teshikchalar orqali moddalarning uning ichiga 
chiqaruvchi ikkinchi bir nasos ham ishlashi mumkin. 
Ushbu ikkala nasosning faol ishlashi tufayli о‘tkazuychi tо‘qimalar va 
traxeidlarda osmotik potensial va buning natijasida esa sо‘rish kuchi oshishi 
mumkin.Ushbu hollarning barchasi о‘tkazuvchi tо‘qimalar va traxeidlarda 
gidrostatik bosimning ortishiga bu esa о‘z navbatida suv va erigan moddalarning 
ildizdan о‘simlikning yer ustki qismlariga kо‘tarilishiga sababchi bо‘ladi. 
Suv va unda erigan moddalarning transpiratsiya natijasida о‘simlik tanasi 
bо‘ylab yuqoriga kо‘tarilishi (yuqorigi harakatlantiruvchi kuch 5 bob 
ma’lumotlariga qarang) passiv holatda fizik-kimyo qonunlariga asosan metabolik 
energiya sarflanmasdan rо‘y beradi. Ammo ushbu holda, barglar og‘izchalarini 
ochiq holatda ushlab turish uchun sarflangan energiya miqdori mustasnodir, chunki 
bunda, qisman bо‘lsada, metabolik energiya sarflanadi. 
Ksilema tо‘qimalari bо‘ylab suv va unda erigan moddalarning harakati juda 
yuqori bо‘lib ayrim hollarda uning tezligi soatiga bir necha о‘n metr bо‘lishi 
mumkin. Ammo traxeidlar bо‘yicha tashiluvning tezligi anchagina kam. Chunki 
bunda suvda erigan moddalarga traxeid naylari devorlariga yopishib turgan 
birlamchi hujayralar devorlaridan о‘tishga tо‘g‘ri keladi. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling