O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Ksilema tashiluvining boshqariluvi
Download 0,69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Floemalardagi tashiluv
Ksilema tashiluvining boshqariluvi. Ksilema tо‘qimalari shirasining suv va
unda erigan moddalarga tо‘lishi avvalo N + -pompasining va boshqa ildiz zonasida joylashgan hujayra membranalarining ionlar nasoslari faolligi bilan bog‘liq. Bu faollik birinchi navbatda nafas olish jrayonining energetikasi bilan bog‘liqligi tufayli ildizning assimilyatlar va kislorod bilan taminlanganligiga bevosita bog‘liqdir. Ushbu jarayonda fitogormonlaning qatnashishi hozircha tо‘la о‘rganilmagan. Ksilema tashiluvining boshqa bir boshqaruvchisi transpiratsiya jarayoni bо‘lib, uning jadalligi barg labchalari tufayli boshqariladi. Floemalardagi tashiluv Moddalarning uzoq masofalarga tashilishida assimilyatlar oqimi uchun floemadagi elaksimon naychalar xizmat qiladi. Elaksimon naychalar sitoplazmaga boy bо‘lgan metabolitik faol, yо‘ldosh hujayra bilan tutashgan bо‘ladi. Yо‘ldosh hujayralar elaksimon naychalar bilan kо‘p sonli plazmodesmalar yordamida bog‘lagandir. Oqsillar va ATF sintezi mana shu yо‘ldosh hujayralarda bо‘ladi deb taxmin qilinadi. Elaksimon naychalardan ajratilgan shiraning kontsetratsiyasi 10-25% atrofida bо‘lib deyarli konsentrlangan eritmani tashkil qiladi. О‘simlik hujayrasi shirasining miqdori va konsentratsiyasi sutkaning kunduzgi qismida kechasiga nisbatan yuqori bо‘ladi. Hujayra shirasida erigan moddalarning -90% uglevodlardan iborat bо‘lib, tashiluvchi qand asosan saxaroza holatida bо‘ladi. Ammo, ayrim о‘simliklarda saxarozaga nisbatan, rafinoza miqdor jihatidan ustunlik qilishi mumkin. Bundan tashqari shirada turli xil aminokislotalar, nukleotidlar, organik kislotalar, gormonlar va boshqa moddalar uchraydi. Shuningdek shirada qisman bо‘lsada ATF mavjud. О‘simlik barglaridagi fotosintezlovchi hujayralarning xloroplastlaridagi birlamchi assimilyatlar tezlikda barglardan о‘simlikning boshqa organlariga uzatiladi. Assimilyatlarning harakati xloroplastlarda boshlanib, floemaning maxsus о‘tkazuvchi hujayralarida davom etadi. Bargning mayda tomirlarining uchki qismlarini floema tufayli doimiy ravishda fotosintez mahsulotlari bilan tо‘ldirilib turiladi. Fotosintez natijasida, barglarda sintezlangan organik moddalar floema orqali tо‘qimalarga yetib borib metabolizm jarayonlariga sarf bо‘ladi yoki zahiraga yig‘iladi. Organik moddalar poya bо‘ylab yuqori о‘suvchi qismlarga, pishayotgan mevalarga va bargdan poyaga, u yerdan о‘suvchi ildizlarga va yer ostki zahiralovchi organlarga tashiladi. Barg plastikasining fotosintezlovchi va о‘tkazuvchi hujayralari orasidagi erkin bо‘shliq assimilyatlar oqimidagi oraliq zonani egallaydi. Barg plastinkasining mezofilida hosil bо‘luvchi assimilyatlar tezda erkin bо‘shliqda paydo bо‘ladi. Ularning harakatlanishi о‘tkazuvchi tutamlar tо‘ri orqali amalga oshiriladi. Xloroplastlarda hosil bо‘luvchi triozofosfatlar sitoplazmaga о‘tganidan sо‘ng ulardan saxaroza sintezlanadi va shu kо‘rinishda о‘simlikning barcha organlariga tashiladi. О‘simlikning boshqa barcha organlarda bargga nisbatan saxarozaning miqdori kam bо‘ladi. Ushbu tashiluv hamma moddalar uchun xos emas. Masalan azotli birikmalar asosan aminokislotalar va amid formasida konsentratsiyalar gradienti bо‘yicha tashiladi. О‘simliklar mevalarining pishishi davrida oziqa moddalarning vegetativ organlardan reproduktiv organlarga tashilishi kuzatiladi. Zahiralovchi organlarda qand va aminokislotalardan biopolimerlar ya’ni polisaxaridlar, yog‘lar va oqsillar hosil bо‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqadiki, floema bо‘yicha eritmalarning harakati donordan aktseptorga qarab yо‘nalgandir. Organik moddalarning tashilishi ksilema tо‘qimalari bо‘ylab sodir bо‘lishi ham mumkin. Ksilemada tо‘qimalari shirasida kо‘proq aminokislotalar va organik kislotalar uchraydi. Bu moddalar ildiz metabolizmining va birlamchi sintez uchun zarur birikmalardir. Masalan, aminokislotalar novdalardagi oqsil sinteziga, organik kislotalar esa nafas olish va qayta aminlanishga sarf bо‘ladi. Ildiz sistemalari tо‘qimalarida glikoliz va uch karbon kislotalari sikli orqali uglevodlardan uglevodli aktseptorlar hosil bо‘ladi. Uglevodli aktseptorlar mineral elementlarni ildizlarga birlamchi assimilyatsiyasi va tashilishida ishtirok etadi. Shuni aytib о‘tish lozimki, mineral moddalarning tashilishi ularni qayta ishlatilishi floema tо‘qimalari orqali bо‘lishi nishonlangan atomlar xususan kaliy va fosfor ( 40 K, 32 P) elementlari misolida isbotlangan. Floemali tashish mexanizmi nemis olimi Myunx tomonidan taklif qilingan bо‘lib, uning asosida oqimni bosim ostidagi harakatlanishi nazariyasi yotadi. Bu nazariya о‘simliklarda moddalarning harakatlanishi haqidagi ta’limotning rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bо‘ldi. Myunx nazariyasiga asosan floemada tashiluvchi moddalarning harakatlantiruvchi kuchning kattaligi о‘tkazuvchi tо‘qimalarning qarama-qarshi tomonlarining uchlaridagi osmotik va turgor bosimlarining farqi bilan о‘lchanadi. Myunx fikriga kо‘ra, qandlar va boshqa harakatlanuvchi moddalarning eritmasi elaksimon naychalar bо‘ylab tashiladi va plazmodesmadan о‘tib, simplastning plazmodesma kanallarini tо‘ldiruvchi sitoplazma orqali filtrlanadi. Fandagi keyingi izlanishlar shuni kо‘rsatadiki, о‘simliklarda fotosintez jarayonida hosil bо‘lgan qandlar, mayda barg tomirlarining elaksimon naylariga faol beriladi. Ushbu jarayonni floemani tо‘ldirish deb ataladi va u konsentratsiyalar gradientiga qarama qarshi ravishda sodir bо‘ladi. Floema bо‘yicha saxarozaning tashilishi hujayraning faol metabolizmi bilan bog‘langan. Chunki, saxaroza bilan birga vodorod ionlari ham harakatlanadi. Ularning harakatlanishi elaksimon naylarning plazmolemmasidagi maxsus ferment orqali, hamda pH gradienti va elektrokimyoviy gradient bо‘yicha bо‘ladi. Plazmodesmalarning soni tо‘rlicha bо‘lishi mumkin. Masalan, bug‘doyning 1 sm 2 barg plastinkasida mezoflll hujayralari bilan floema о‘rtasida 2-10 8 dona atrofida plazmodesmalar bо‘ladi va barglardagi assimilyatlarning tashilishi plazmodesmalar orqali diffuziya yо‘li bilan sodir bо‘ladi. Plastik moddalarining floemaning о‘tkazuvchi tо‘qimalarida harakatlanishi, sitoplazmada, molekulalarning tashilishi natijasida amalga oshiriladi va ular plazmodesmalar orqali uzluksiz oqimni hosil qiladi. Akademik A.L. Kursanovning nazariyasiga kо‘ra, floemada organik moddalarning harakatlanishi nafas olish energiyasining (ATF) sarflanishi bilan bog‘liq. Bunda isbotlanganki, elaksimon naychalar orqali organik moddalarning tez tashilishi jadal nafas olish bilan kuzatiladi. Masalan, qand lavlagining qand moddasi, bargning mezofill hujayralaridan apoplastning erkin bо‘shlig‘iga harakatlanadi va undan keyin fosforirlanish energiyasi hisobiga о‘tkazuvchi tutamlar uchiga о‘tadi. Erigan moddalarning konsentratsiyasi past, tashqi eritmadan konsentratsiyasi yuqori bо‘lgan hujayra shirasiga tashish uchun zarur bо‘lgan erkin energiyaning miqdorini quyidagi formula bо‘yicha hisoblash mumkin. Download 0,69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling