O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari
- Pastdan yuqoriga
- Uglevodlarning
10-MAVZU. O‘SIMLIKLARDA MODDALAR TASHILUVI РЕЖА: 1. O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari. 2. Ionlarning membranalar orqali transport mexanizmi. 3. Ildizlarda ionlarning yaqin masofaga va uzoqqa tashiluvi. 4. Ksilemalardagi tashiluv. 5. Floemalardagi tashiluv. 6. Floema elementlari anatomik tuzilishining xususiyatlari. 7. Floema transportining boshqarilishi va uning mexanizmi. Tayanch iboralar: moddalar transporti, floema, ksilema, oqimlar, yo‘nalishlar, yaqin masofali, uzoq masofali, simplast, apoplast, vakuolalar, plazmodesma, sitoplazma, FGA, FGK, FDA, glyukoza, saxaroza, xloroplast, membrana, asosiy osqichlar, meristematik to‘qimalar, poya, ildiz, generativ organlar, zaxira. O‘simliklarda moddalar transportining asosiy yo‘nalishlari O‘simliklar tanasida sodir bo‘layotgan hayotiy jarayonlarning eng muhim ko‘rsatgichlaridan biri moddalarning harakatidir (transporti). Ayrim organlarda hosil bo‘lgan yoki shimib olingan birikmalarning boshqa organlarga siljishi, o‘tishi va taqsimlanishi natijasida barcha fiziologik jarayonlarning o‘zaro birligi ta’minlanadi. Bunday transport o‘z navbatida o‘simliklarning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorlik darajasini xarakterlaydi. O‘simliklarda moddalar transporti asosan ikki yo‘nalishda sodir bo‘ladi. Pastdan yuqoriga va yuqoridan pastga yo‘naladilan oqimlar mavjud. O‘simliklar ildizi orqali qabul qilgan suv va unda erigan mineral moddalarning pastdan yuqoriga qarab harakati tanadagi ksilema naylari bo‘ylab sodir bo‘ladi. Barglarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar floema naylari bo‘ylab pastga yo‘naladi. A.L.Kursanovning (1976) ko‘rsatishicha organik moddalarning harakatlanishi bir necha bosqichlardan tashkil topgan. Dastlabki bosqichda xloroplastlarda fotosintez jarayonida hosil bo‘lgan organik moddalar – sodda birikmalar fosfoglitserin kislotasi (FGK), fosfoglitserin aldegidi (FGA), fosfodioksiatsetoni (FDA) yoki suvda eriydigan shakarlar xloroplast membranasi orqali sitoplazmaga o‘tadi. Sodda organik birikmalarning xloroplastlardan sitoplazmaga o‘tishi hujayra ichidagi yo‘l bo‘lib, yaqin masofali harakatdir (87- rasm). Ikkinchi bosqichda – sitoplazmaga o‘tgan sodda uglevodlardan fruktoza- difosfat va fruktozafosfat-glyukoza-fosfat hosil bo‘ladi. Bu moddalarning bir qismi hujayra metabolizmi (nafas olish va boshqa jarayonlar) uchun sarflanadi. Qolgan aososiy qismi suvda yaxshi eriydigan glyukozagacha o‘zgaradi va yonma-yon joylashgan hujayralarga simplast, apoplast oqimlar orqali o‘tadi. Bu oqimlar oraliq hujayralargacha yetib boradi. Oraliq hujayralar mezofil hujayralari bilan elaksimon hujayralar o‘rtasida joylashgan. Uchinchi bosqich – oraliq hujayralar organik moddalarni qabul qilib, ularni floema naylariga o‘tkazadi. Bu jarayonda oraliq hujayralar nasos funksiyasini bajaradi va ATF molekulasining energisi sarflanadi. Yakuniy bosqichda (to‘rtinchi bosqich) – floema elementlariga o‘tgan organik moddalar uzoq masofali transport vositasida, o‘simlikning hamma tirik to‘qimalari va organlariga yo‘naladi. Elaksimon naylarning atrofida joylashgan, oraliq hujayralargacha glyukoza holatida yetib kelgan moddalar saxarozaga o‘zgaradi. Elaksimon naylarda organik moddalar asosan saxaroza holatida harakat qiladi. Assimilyator talab qilinadigan yoki zaxira sifatida to‘planadigan joylarga yetib kelgandan keyin elaksimon naylardan chiqib yana glyukoza ko‘rinishida, simplast yo‘li bilan, konkret joylarga yetkaziladi. O‘simlikning faol o‘suvchi to‘qima va organlari - barglar, ildiz va poyalarning meristematik to‘qimalari, yosh generativ organlar organik moddalarni faol ravishda o‘ziga tortadi. Bu organlar zaxiradagi va voyaga yetgan, o‘sishdan to‘xtagan barglardan ham assimilyatorlarni so‘rib oladi. Moddalarning harakatlanish tezligi harorat, suv rejimi, mineral oziqlanish, fotosintez, nafas olish va boshqalarga bog‘liq holda o‘zgaradi. Haroratning pasayishi, to‘qimalarda suv defitsitligining ro‘yobga kelishi,nafas olish jadalligining (kislorod yetmaslik, zaharli moddalar ta’sirida) pasayishi natijasida energiyaning kamayishi, fotosintez jadalligi past bo‘lishi natijasida organik moddalarning kam hosil bo‘lishi kabilarning ta’siridan organik moddalarning harakatlanishi ham sustlashadi. O‘z navbatida,o‘simlik funksiyalarining integratsiyasida va fiziologik jarayonlarning faolligini belgilashda moddalar transportining ham roli katta. 69-rasm.Uglevodlarning Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling