O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza

∆G=RTinC
1
/C
o
 
Bu yerda G-erkin energiya, J/mol; R-gaz konstantasi; T-absolyut harorat 
(t°+°C); C
1
-hujayra ichida erigan moddalarning konsentratsiyasi; C
o
-tashqi 
eritmaning konsentratsiyasi; in-natural logarifm belgisi. 
О‘simliklar 
ontogenezida, 
о‘suvchi 
va 
g‘amlovchi 
tо‘qimalar 
assimilyatlarning barglardagi oqimini yо‘naltirishda muhim о‘rin tutadi. Shuni 
aytib о‘tish lozimki, о‘simliklarda bir qancha iste’mol qiluvchi zonalar ham 
mavjud. Masalan, novdaning uchki meristemasi, ildiz uchlari, interkalyar 
о‘sishning qismlari, mevalar va g‘amlovchi parenximatik tо‘qimalar shular 
jumlasidandir. Yuqoridagi zonalar, о‘simliklar ontogenezida ma’lum bir ketma-
ketlikda paydo bо‘ladi va ularda assimilyatlarga bо‘lgan talab ham har xildir. 
Yog‘ochli о‘simliklarda g‘amlovchi zona bо‘lib poya va ildizning kambial 
qatlami hisoblanadi. Daraxtlarning har yilgi qalinlashishi bunga misol bо‘ladi. 
Reproduktiv organlarni hosil bо‘lishi va rivojlanishida assimilyatlarga bо‘lgan 
talab kuchsiz bо‘ladi, ammo о‘simlik guli changlangandan keyin ya’ni zigota hosil 
bо‘lganidan sо‘ng assimilyatlarga bо‘lgan talab keskin kuchayadi.
Gо‘zadagi 
ayrim mevalarda attragirlovchi kuchning yetarli bо‘lmasligi natijasida gullarning 
tо‘kilib ketishi yuz beradi. 
О‘simlik tо‘qimalarini sitokinin va auksinlar bilan boyishi natijasida 
nuklein-oqsilli almashinuvini tezlashtiradi. Buning natijasida esa tо‘qimalarning 
о‘sishi tezlashadi va assimilyatlarning oqib kelishi yanada jadallashadi. 
Shuningdek floema hujayralarining hamda meristema tо‘qimalarining qarish 
jarayoni sekinlashadi. Ushbu hol qishloq xо‘jalik amaliyotida ham keng 
qо‘llaniladi. Masalan, iyul-avgust oylarida g‘о‘za novdalarining uchki о‘suvchi 
qismlari uzib tashlanadi ya’ni chekanka qilinadi. Bu bilan yosh oziq uchun 
raqobatchi novdalar yо‘qotiladi va buning natijasida generativ organlarga 
assimilyatlarning oqib kelishi ortadi. 
Assimilyatlarning harakati yorug‘lik miqdoriga ham bog‘liqdir. Masalan, 
loviya о‘simligi kunduzgi tо‘la yorug‘likning 30% miqdoridagi yorug‘lik 
intensivligida о‘stirilganda, assimilyatlarning о‘simlikning uchki novdalariga oqib 
kelishi kuchayadi ammo ularning ildizlarga harakatining pasayishi rо‘y beradi. 
Agarda ushbu о‘simliklarga tabiiy tо‘la yorug‘lik miqdori (100%) yaratilsa 1-1,5 
soatlardan keyin assimilyatlarnining uchki novdalar va ildizlarga oqimi 
muqobillashadi. Bu hol assimilyatlar oqimiga tashqi omillarning ta’siridan va 
ushbu jarayonning endogen boshqariluvidan dalolat beradi. 
О‘simliklarda assimilyatlarning yо‘nalgan harakatlanishida asosan uchta 
sistema ishtirok etadi: 
1. О‘simlik barglaridagi itaruvchi; 
2. Floema faoliyati bilan bog‘liq, о‘tkazuvchi; 
3. Attragirlovchi-meristematik va g‘amlovchi tо‘qimalar. Assimilyatlarning
yо‘nalgan harakatlanishi sistemasida uchinchisi, ya’ni floema bо‘ylab 
assimilyatlarni maqsadli tashilishi asosiy ahamiyatga ega. 


Moddalarning 
o‘simliklarda tashiluvi ulardagi maxsus to‘qimalar 
o‘tkazuvchi suv naychalari tutamlari orqali ro‘y beradi. O‘z navbatida barcha 
to‘qimalardagi suv va unda erigan moddalarning harakati ikki tipda, ya’ni hujayra 
devorlari orqali (apoplast bo‘yicha) hamda bir biri bilan plazmodesmalar orqali 
tutashgan hujayra sitoplazmalari orqali (simplast bo‘yicha) bo‘lishi mumkin. Suv 
va unda erigan moddalarning o‘tkazuvchi naychalar tutamlari orqali tashiluvi ham 
ikki tipda ya’ni ksilema to‘qimalari bo‘ylab (ildizlardan poya organlarigacha 
bo‘lgan «yuqoriga ko‘tariluvchi oqim») va floema to‘qimalari bo‘ylab tashiluv 
(barglarda BIOSintez bo‘lgan organik birikmalarning o‘simlikning geterotrof 
oziqlanuvchi boshqa organlariga yoki zahiralovchi qismiga tashiluvi «pastga 
harakatlanuvchi oqim») ko‘rinishida bo‘ladi. Shuningdek floema bo‘ylab zahira 
moddalar metabolitlari ham tashilishi mumkin. 
Ko‘p hujayrali suv o‘tlarida metabolitlarning harakati simplast orqali ro‘y 
beradi. Faqatgina qung‘ir suv o‘tlaridan bo‘lgan laminariyalarda ularning 
tallomlari to‘qimalarga ajralganligi sababli suv o‘tkazuvchi naychalar tutamlari 
poya’ning o‘rtasida shakllangandir. Suv va unda erigan moddalarning butun 
o‘simlik tanasi bo‘ylab harakati moxlarga ham xosdir. Ammo qolgan barchayer 
o‘stki yuksak o‘simliklarida trexeidlardan yoki ksilema naychalaridan tashkil 
topgan o‘tqazuvchi to‘qimalar hamda elaksimon to‘qimalar va yo‘ldosh hujayra 
floemalari mavjud. Shuningdek suv va unda erigan moddalarni o‘tkazishga 
moslashgan parenxima va boshqa maxsus hujayralar mavjud. O‘tkazuvchi nay 
tutamlari suv va unda erigan moddalarni bir necha ditsemetrdan bir necha o‘n 
metrgacha tashishi tufayli o‘simlikning barcha organlarini tutashtirib turadi. 
Yuksak o‘simliklarda o‘tkazuvchi to‘qimalar mavjudligi sababli 
moddalarning hujayra devorlari va sitoplazma bo‘ylab tashiluvi bir necha millimetr 
atrofida bo‘ladi xolos. Ildizlar va poyadagi moddalarning radial tashiluvi va barg 
mezofili bo‘ylab moddalarning harakati bunga yaqqol misoldir. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling