O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Tо‘rsimon naylarda moddalarning tashiluvi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Floemaning bо‘shalishi.
Tо‘rsimon naylarda moddalarning tashiluvi. Assimilyatlarning tо‘rsimon
elementlarda harakatlanishi simplast tashiluvning о‘ziga xos tomonlari bо‘lib uning mexanizmi hozircha aniqlangan emas. Hozirgi vaqtda birmuncha asoslangan deb E.Myunxennig (1926) bosim ostida oqish gipotezasi qaraladi. Ushbu gipotezaga asosan siplast asosida fotosintezlovchi hujayralarda tо‘planuvchi saxaroza tufayli va assimilyatlardan foydalanuvchi tо‘qimalar о‘rtasida (masalan ildiz hujayralari) osmotik gradient vujudga keladi va u tо‘rsimon naylarda gidrostatik bosim gradientiga aylanadi. Buning natijasida floemada barglardan ildizlarga yо‘nalgan suyuqlik harakati yо‘nalishi hosil bо‘ladi. Hozirgi vaqtda ushbu gipoteza assimilyatlarning uzoqga tashiluvi omili bо‘lgan floemaning tо‘lishi va bо‘shashishi mexanizmlarini о‘rganish tufayli birmuncha tasdiqlangan. Tо‘rsimon naylar plazmalemmasida saqlanib qolgan tanlab о‘tkazuvchanlik xossasi bosim ostida floema shirasining harakatlanishining asosiy omilidir. Yuqorida kо‘rsatib о‘tilgan floema shirasining tashiluvi mexanizmi qaysidir jihatlaridan ksilema shirasining ildiz bosimi natijasida ildizlardan barglarga tashiluvi jarayoniga о‘xshab ketadi. Ushbu о‘xshashlik ayniqsa bahor vaqtlarida jarohatlangan daraxtlar va toklarning «yig‘lashi» misolida shira tarkibida qandlarning anchagina kо‘pligi jihati bilan yanada yaqqol tasdiqlanadi. Floemaning bо‘shalishi. Floemaning bо‘shalishi uchun asosiy hol bu tо‘rsimon naylardagi gidrostatik bosimning oshishidir. Bundan tashqari jadal о‘suvchi va zahiralovchi organlarlarning floemadan assimilyatlarni tortishi ham alohida о‘rin tutadi. Aktseptor zona hujayralarining plazmolemmasida N + - pompalari ishlaydi. U bir tomondan tо‘rsimon naylarga ta’sir qilib apoplastning hujayra devorlariga K + ionlari va saxarozaning berilishini amalga oshirsa ikkinchi tomondan kaliy ionlari va saxarozani aktseptor tо‘qimalarining simlastiga о‘tishini amalga oshiradi. Saxarozaning yutilishi protonlar simporti bilan membrana tashuvchilari orqali amalga oshsa, kaliy ionlarining yutilishi elektrik gradient asosida bо‘ladi. Zahiralovchi organlar hujayralarida, masalan qand lavlagi ildizmevalarida saxaroza vakuolalarda yig‘iladi. Bunda apoplast orqali K + ionlari faol kо‘chiriladi va bu hol saxarozaning tashiluviga yordam beradi deb faraz qilinadi. Vakuolaga K + ionlarining yoki saxarozaning tashiluvi mexanizmi haqida aniq bir fikr yо‘q. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling