O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа


Floema transportining boshqarilishi va uning mexanizmi


Download 0.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/13
Sana17.06.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1529326
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
10- mavzu Ma\'ruza

Floema transportining boshqarilishi va uning mexanizmi 
Floemaning tо‘rsimon naylaridagi assimilyatlarning harakatlanish tezligi 50-
100 sm/s bо‘lib asosan uchta bir biriga bog‘liq jarayonlardan iboratdir. Bular 
floema shirasining tо‘lishi, assimilyatlarning tо‘rsimon elementlarda tashiluvi va 
floemadan shiraning chiqishi. 
Floema shirasining tо‘lishi. Hujayra devorlarining erkin bо‘shlig‘ida 
(apoplastda) barglardagi umumiy qandlarning 20% qismiga yaqini bо‘lishi 
mumkin. Ushbu qandlar asosan saxarozadan iborat bо‘lib barg mezofill 
hujayralarining fotosintezi natijasida hosil bо‘ladi. Hozirgi vaqtgacha mezofill 
hujayralaridan floemaga qandlarning tashiluvi jarayoni yaxshi о‘rganilmagan va 
turli tur о‘simliklarida har xil kechadi deb faraz qilinadi. 
Qandlarning osmotik konsentratsiyasining miqdori, ingichka о‘tkazuvchi 
tutamlardagiga qaraganda, mezofill hujayralarida, nisbatan, kam bо‘ladi. 
Qandlarning keyingi tashiluv jarayonlarida ham qandlarning miqdori bir muncha 
orta boradi. Masalan, ingichka tutamlardan о‘rtacha tutamlarga undan esa barg 
tutamlariga о‘tgan sari qandlarning miqdori orta boradi, ammo mezofill 
hujayralaridan ingichka tutamlarga о‘tganidagiga nisbatan ancha kam о‘zgaradi. 
Binobarin bargdagi о‘tqazuvchi tizimning assimilyatlar bilan tо‘lishi 
qandlarning konsentratsiyasi gradientiga qarama-qarshi rayishda, energiya 
sarflanishi bilan boradi. Bu yerda ATF manbai bо‘lib qо‘shni parenxima 
hujayralariga nisbatan nafas olish jadalligi 3-4 marotaba yuqori bо‘lgan, 
mitoxondriyalarga juda boy yо‘ldosh-hujayralar xizmat qiladi. 
Hozirgi zamon adabiyotlar ma’lumotlariga qaraganda yо‘ldosh-hujayralar 
plazmalemmasida ya’ni floemaning boshlang‘ich parenxima hujayralari 
membranalarida tashqariga ishlaydigan N
+
-pompalari mavjud. Apoplastdagi ushbu 
N
+
-pompalarining ishi tufayli K
+
ionlari va saxaroza xlorenxima hujayralariga 
о‘tadi. Shuning bilan bir vaqtda floemaning boshlang‘ich hujayralari 
plazmolemmalarida vujudga kelgan pH(∆pH) gradienti ushbu hujayralarga 
saxarozaning N
+
-ionlari simporti bilan birgalikda kо‘chirilishiga olib keladi.
Membranalar orqali N
+
ionlarining kо‘chirilishi ushbu holda gradient 
konsentratsiyasi bо‘yicha ketsa, qandlarning tashiluvi uning teskarisi bо‘ladi. 
Ushbu jarayon plazmalemmadagi oqsil-tashuvchilar ishi tufayli rо‘y berib ularning 
protonlashishi saxarozaning kо‘chirilishiga ijobiy ta’sir kо‘rsatadi. 
Hujayraga kirgan N
+
ionlari faoliyati K
+
ionlariga bog‘liq bо‘lgan N
+
-
pompasining ishi tufayli yana tashqariga chiqariladi. Saxaroza va K
+
ionlari kо‘p 
sonli plazmodesmalar orqali tо‘rsimon naylar bо‘shlig‘iga о‘tkaziladi. Floema 
tо‘qimalariga mezofilldan aminokislotalar va boshqa metabolitlar ham yuqoridagi 
kabi о‘tadi.


Yuqorida keltirilgan mexanizm faqatgina tо‘rsimon naylarda saxarozaning 
yig‘ilishini tushuntirib qolmasdan, balkim, nima sababdan tо‘rsimon naylarda 
protonlar konsentratsiyasining kam, ammo kaliy miqdorining esa kо‘pligi 
sababining ham izohidir. Tо‘rsimon naylarda osmotik faol moddalar miqdorining 
ortishi unga atrof muhitdan suvning kelishiga, avvalo ksilema tо‘qimlaridan 
о‘tishiga sababchi bо‘ladi. 
Floema shirasida bir qancha ionlar ham mavjud. Nishonlangan izotoplar 
uslubida shu narsa aniqlanganki, ksilema shirasi tarkibidan floema tarkibiga natriy, 
kaliy, magniy, fosfor va azot juda yengil о‘tadi. Shuningdek floema orqali temir, 
marganes, rux, molibden kabi elementlarning yetuk barglardan yosh barglarga 
oqishi kuzatilgan. 
Floema va ksilema shiralaridagi ionlarning bir biriga о‘tishi о‘simliklar 
poyasi misolida ham bо‘lishi mumkin. 

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling