O‘simliklarda moddalar tashiluvi режа
Barg plastinkasida о‘tkazuvchi tizimning tashkillanishi
Download 0.69 Mb. Pdf ko'rish
|
10- mavzu Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Floema shirasining tarkibi.
Barg plastinkasida о‘tkazuvchi tizimning tashkillanishi. Barglardagi
mavjud umumiy tо‘qimalaming 25% о‘tkazuvchi tizim hissasiga tо‘g‘ri keladi. О‘tkazuvchi tizimning uzunligi 1 sm yuzaga nisbatan 20-100 sm atrofida bо‘lishi mumkin. Ammo ushbu kо‘rsatkichning faqatgina 5% yirik о‘tkazuvchi tо‘qimalar hissasiga tо‘g‘ri keladi. Qolgan 95% ingichka о‘tkazuvchi tо‘qimalardir. О‘tkazuvchi tо‘qimalar tutamlariga kiruvchi nisbatan qattiq tomirlar ksilema va yaxshi rivojlangan floemadan iboratdir. Eng kichik tutamlar tarkibiga bir-uchta traxeal elementlar kirib floema esa kuzatuvchi hujayra bilan bitta tursimon naydan iboratdir. Floema tutamlarining oxirgi qismi faqat parenxima hujayralarini tutadi. Binobarin barglarda sintezlangan assimilyatlarning floemaning о‘tkazuvchi tizimiga о‘tishi avvalo kuzatuvchi hujayralar va parenxima hujayralariga о‘tishidan, sо‘ngra esa uzoqqa tashishga moslashgan maxsus elaksimon elementlarga о‘tishi tufayli bо‘ladi. Barglardagi assimilyatlarning tashiluvi qattiq tartiblashgandir, ya’ni mezofil hujayralaridagi bar qaysi mikrozonada (70-130 mkm radiusdagi) sintezlangan fotosintez mahsulotlari eng yaqin va kichik tutam-о‘tqazuvchi tо‘qimaga, sо‘ngra esa floema hujayralari orqali yirik tomirlar tomonga qarab harakatlanadi. Shunday qilib bar bir mikrozona tarkibiga bor-yо‘g‘i bir nechta mezofill hujayralari kiradi xolos. Floema shirasining tarkibi. Floema shirasidagi qandlarning tashiluvchi asosiy formasi bu saxarozadir. Shu sababli floema shirasi tarkibida saxarozani glyukoza va fruktozaga parchalovchi ferment inverfaza fermentining faolligi juda ham kam. Floema shirasidagi saxarozaning miqdori barg mezofill hujayralaridagiga nisbatan 10-30 marotaba ortiq bо‘lib quruq moddaga nisbatan 80-85% yoki 0,8-1,0 molG‘l atrofidadir. Floemaning tо‘rsimon naylarida boshqa qandlar, masalan rafmoza va saxioza, spirtlar (sorbit) ham tashilishi mumkin. Floema shirasi tarkibidagi azotli birikmalar masalan, oqsillar, amidlar, aminokislotalarning miqdori 0,5% atrofida bо‘ladi. Floema shirasi tarkibida organik kislotalar, vitaminlar, fitogormonlar masalan, auksin, gibberellinlar, sitokininlar va anorganik tuzlar (1-3% atrofida) ham uchraydi. Fitogormonlarning miqdori juda ham kam bо‘lib 5-50 nmolG‘l atrofidadir. Floema shirasining о‘ziga xos tomonlaridan biri bu unda K + ionlarining kо‘pligi (50-200 mmol/l) va pH kо‘rsatkichining balandligidir (8,0-8,5) hamda yо‘ldosh-hujayralar faoliyati tufayli bо‘ladigan ATF miqdorining 0,4-0,6 mM/l atrofida bо‘lishligidir. Download 0.69 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling