O‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalari, fanning maqsadi, vazifasi va rivojlanish tarixstrrepla
Download 68 Kb.
|
1404220789 52086
- Bu sahifa navigatsiya:
- Begona o‘tlarni yo‘qotish
- Aldagich ekish
- Misol pushtirang qurt
Chidamli navlar- ma’lumki har bir yangi tavsiya qilingan nav zararkunanda va kasalliklarga oldingi navga nisbatan ustun turadi. Shuning uchun ham qishloq xo‘jalik ekinlarini yangi chidamli navlarini tiklash katta ahamiyatga ega.
Masalan kungaboqar parvonasiga qarshi eng samarali kurash unga qarshi po‘stlog‘i qalin bo‘lgan navlarini ekish yaxshi samara beradi. Ekish usullari- zararkunandalarga qarshi kurashda urug‘larini ekish usuli va chuqurligi ham katta ahamiyatga ega. Agarda g‘alla ekinlari urug‘i chuqur ekilsa simqurtlar bilan zararlanishi ko‘payadi. O‘g‘itlash- o‘g‘it tarkibi, o‘g‘it solish muddatlari normalari to‘g‘ri belgilansa, o‘simlik sog‘lom baquvvat o‘sadi, rivojlanadi natijada zararli organizmga chidamliligi kuchayadi. O‘g‘itlar tuproqdagi eritmalar osmotik bosimini o‘zgartirishi unda yashovchi qurtlar tanlanishib osmotik bosimiga ta’sir etishi natijasida nobud bo‘lishiga olib keladi. Begona o‘tlarni yo‘qotish- bu tadbir juda katta ahamiyatga ega. Ma’lumki ko‘pchilik hasharotlar polifag o‘simliklarining ko‘plab turlari jumladan, begona o‘tlarda yoki yaxshi oziqlanib ko‘plab rivojlanadi. Oldin begona o‘tlarda rivojlanib keyin madaniy o‘simliklarga o‘tadi. Masalan o‘rgimchakkana oldin begona o‘tlarda urchiydi va keyin g‘o‘za, dukkakli ekinlarga o‘tadi, g‘o‘za bitlari yoki begona o‘tlardan asosiy ekin g‘o‘zaga uchib o‘tadi. Bunday misollarni ko‘plab keltirish mumkin, karam biti, kuzgi tunlam va hokazolar. Aldagich ekish - Madaniy o‘simliklarning ko‘plab zararkunandalari bir necha turga, oilaga kiruvchi o‘simlik bilan oziqlanishini hisobga olgan holda ularni asosiy ekinda miqdorini kamaytirish maqsadida kichik maydonlarga aldagich ekin ekish va hasharotlarni shu maydonlarga jalb qilish tavsiya etiladi. Masalan ko‘sak qurti uchun, dukkakli ekinlar, pomidor makkajo‘xori, no‘xat ekish yaxshi samara beradi. O‘simlik hosilini optimal muddatlarda yig‘ishtirib olish, o‘simlik qoldiqlarini maydonlardan chiqarish, defoliatsiya va desikatsiya qilish ishlari ham muhim agrotexnikaviy tadbir hisoblanadi. 2.O‘simliklar karantini o‘simliklar, urug‘lar va o‘simlik mahsulotlarini karantini- xavfli zararkunandalar, o‘simlik kasalliklari va begona o‘tlar bo‘lmagan, ammo iqlimiy va boshqa sharoitda zarar keltiradigan darajada ko‘payishi mumkin bo‘lgan joylarga kelib qolishining oldini olishga qaratilgan davlat tadbirlari sistemasidan iborat. Karantin tashqi va ichki bo‘lishi mumkin. a) Tashqi karantin- chet mamlakatlardan xavfli zararkunanda, kasallik va begona o‘tlar, ularning urug‘larini kelib qolishiga yul qo‘ymaslik. b)Ichki karantin- xavfli zararkunanda, kasallik, begona o‘tlarni mamlakat ichida kirib tashlab tarqalishiga yul qo‘ymaslik. Misol pushtirang qurt - tashqi karantin, filoksero- tok qurti, O‘zbekistonda qayd etilmagan. Amerika oq kapalagi, anor qurti va hokazo. O‘zbekiston respublikasi karantin inspeksiyasi karantin to‘g‘risida chiqarilgan qonunlarning bajarilishini kuzatib turadi va bu qonunlarni buzilishiga yul qo‘ymaydi. Karantin to‘g‘risida birinchi qonun 1873 yilda chiqarilgan 1926 yilda karantin xizmati tashkil etilgan. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling