O’simliklarning kimyoviy tarkibi


Kul tarkibida Na, Si, Cl elementlari ko‘p bo‘lganligi uchun ularni oziq eritmasiga qo‘shilsa ham bo‘lishini, ammo Fe kul tarkibida oz bo‘lgani uchun uni eritmaga qo‘shish shart ekanligini Knop isbotla


Download 0.93 Mb.
bet2/3
Sana06.04.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1333289
1   2   3
Bog'liq
O’SIMLIKLARNING KIMYOVIY TARKIBI

Kul tarkibida Na, Si, Cl elementlari ko‘p bo‘lganligi uchun ularni oziq eritmasiga qo‘shilsa ham bo‘lishini, ammo Fe kul tarkibida oz bo‘lgani uchun uni eritmaga qo‘shish shart ekanligini Knop isbotlab berdi.

Bundan tashqari, o‘simliklar uchun kul tarkibida aniqlanmagan elementlar ham zarurligini aytgan. Bu elementlar mikroelementlar deb nomlanib, ularga Zn, B, Mn, Mo, Cu, Co, J va boshqa elementlar kiritilgan. Bu mineral elementlarni o‘simliklar tuproqdan oladi, uglerodni havodan, vodorod va kislorodni esa suvdan olishi ma’lum bo‘ldi.

0 ‘simliklarning hayot faoliyatida mineral elementlar muhim rol o‘ynaydi. Kolloidlarning yopishqoqligi, gidrofilligi, ya’ni protoplazmaning kolloid-kimyoviy xossalari, asosan K+ va Ca++ kationlari miqdoriga bog‘liq. Ko‘pgina mineral elementlar (N,P,S) oddiy va murakkab oqsillar tarkibiga kiradi. Ba’zi elementlar fermentlar tuzilishida ishtirok etib, biologik aktiv moddalar tarkibida bo‘ladi

Azotning o‘simliklardagi ahamiyati beqiyosdir, chunki har qanday aminokislota oqsil tarkibiga kiradi va u o‘zida azot tutadi. Bundan tashqari, azot xlorofill tarkibida ham bo‘ladi. Azot organik asoslar, nuklein kislotalar, nukleotidlar, ba’zi vitaminlar, fermentlar tarkibida uchraydi. Azot o‘simliklar tarkibida anorganik birikmalar holida, ya’ni nitrat kislota tuzlari va ammoniy tuzlari holida bo‘ladi.

Tuproqda 0,05% dan 0,45% gacha azot bo‘ladi. Tuproqdagi azotning 1-2% anorganik birikmalar shaklida bo‘lib qolgan 98-99% organik azot hisoblanadi, ular nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar qoldig‘idan iboratdir. Tuproqda anorganik azot shaklida ammoniy tuzlari, nitritlar va ba’zan nitratlar holida uchraydi. 0 ‘simliklar azotni nitratlardan, nitritlardan va ammoniyli tuzlar, mochevina hamda aminokislotalardan o‘zlashtiradi.

Kaliyli o'g'itlar o'simliklar uchun ahamiyati jihatidan azot va fosfor o'g'itlaridan keyin uchinchi o'rinda turadi. Agrokimyogarlar deyarli barcha ekinlarda va barcha hududlarda kaliyli o'g'itlarning barqaror samaradorligini isbotladilar. Tuproqdagi etarli miqdordagi kaliy salbiy ob-havo hodisalari ta'sirining sezilarli darajada zaiflashishiga yordam beradi.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling