O’simliklarning o’sishi, rivojlanishi, hosili va uning sifatiga ta’sir qiluvchi omillar


Hosil – qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish jarayonida olin­gan mahsulot. Hosildorlik


Download 55 Kb.
bet2/3
Sana30.04.2023
Hajmi55 Kb.
#1404979
1   2   3
Bog'liq
osimliklarning osishi rivojlanishi ho

Hosil – qishloq xo’jalik ekinlarini yetishtirish jarayonida olin­gan mahsulot.
Hosildorlik – ma’lum bir o’simlik turi, navi yoki duragayining hosildorlik darajasi. Bir xil sharoitda har xil navlarning, turlar­ning hosili har xil bo’ladi.
Hosildorlik imkoniyati – ekilgan navning talabiga mos sharoit yaratilgandagi olinadigan eng yuqori hosil. Bu ko’rsatkich navning yoki duragayning genotipiga bog’liq.
Hosil tarkibi – hosilning shakllanishiga ta’sir qiladigan tar­ki­biy qismlar (tup soni, tuplanish darajasi, mahsuldor tuplanish, bo­shoqchalar soni, boshoqdagi donlar soni, bir boshoqdagi don vazni, hosil indeksi), donning o’simlik vegetativ organlariga nisbati.
Biologik hosildorlik – ma’lum bir maydonda (gektar, kvadrat metr) yetishtirilgan mahsulot miqdori. Biologik hosildorlik hosilga nisbatan yuqori bo’ladi.
O’g’itlash me’yori – bir yilda bir gektarga solinadigan, ta’sir qiluvchi modda hisobida, o’g’itning miqdori.
O’g’itning o’lchovli miqdori – yillik o’g’itlash me’yori hisobidan bir o’g’itlashda solinadigan o’g’it miqdori (doza).
Tabiiy sharoitda hosilning shakllanishiga tashqi muhit omillari ta’sir qilib boradi. Tashqi muhit omillari (yorug’lik, suv, havo, oziqa moddalar) teng qimmatga ega va ularni birini ikkinchisi bilan almash­tirib bo’lmaydi.
Tabiiy omillar fiziologik ta’siriga ko’ra o’simliklar hayoti uchun bir xil qimmatga ega. Hayotiy omillar faqatgina turli o’simliklar uchun emas balki ularning hayotiy jarayonlari, davrlari uchun ham har xil ta’sir ko’rsatadi.
O’simliklar hayotida ularning fosforga bo’lgan eng talabchan davri, oziqa moddalarning qaytishi, almashlab ekish, hayotiy omillarning mi­nimum, optimum, maksimum ta’siri, hayotiy omillarning birgalikdagi ta’siri qonunlari amal qiladi. Ayrim hollarda omillar mavjud bo’lsada ularning ko’pligi yoki kamligi cheklovchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Bunda yetishmayotgan omil hosil miqdorini belgilaydi. Ma­sa­lan, yorug’lik, harorat, havo, oziqa moddalar yetarli bo’lgani bilan, na­m-likni yetishmasligi hosilning ortishini cheklashi mumkin. Bunda nam­lik cheklovchi omil sifatida ta’sir ko’rsatadi. Hamma omillar muqobil miqdorda va nisbatlarda bo’lgandagina eng yuqori hosil shaklla­nadi.
Qishloq xo’jaligida agroiqlim resurslari ham katta ahamiyatga ega. O’zbekistonda agroiqlim resurslaridan faol harorat yig’indisi, sovuq bo’lmaydigan kunlar davomiyligi qishloq xo’jalik ekinlaridan yuqori va sifatli hosil olish uchun yetarli, ammo yog’ingarchiliklar miqdori yetarli emas (2-jadval).
O’zbekistonda va dunyoning boshqa mintaqalarida o’simlikshunoslik uchun agroiqlim sharoitlari


Download 55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling