Ko’rsatkichlar
|
O’zbekiston
|
G’arbiy yevropa
|
SHimoliy
Amerika
|
Sovuq bo’lmaydigan davr davomiyligi, kun
|
156-253
|
150-240
|
150-240
|
O’suv davrida havodagi faol harorat yig’indisi, 0S
|
1900-3110
|
2500-6500
|
2500-8000
|
YOg’ingarchiliklar miqdori, mm
|
80-553
|
900-1000
|
800-1000
|
Tashqi muhit omillarining ayrimlarini inson boshqara olmasa, boshqalarini boshqarishi mumkin.
Hosilning shakllanishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillar uch guruhga bo’linadi:
Boshqarilmaydigan omillar – harorat, quyosh yorug’ligi, foydali harorat yig’indisi, shamol tezligi, havoning nisbiy namligi, yog’ingarchilikning miqdori va uning yil davomida taqsimlanishi, yog’ingarchilik tezligi, do’l, qor qalinligi, relef.
Qisman boshqarish mumkin bo’lgan omillar – qorni tortish, tuproq namligi, fitotsenozdagi havoning namligi, suv va shamol erroziyasi, tuproqdagi chirindi miqdori, tuproq muhiti, tuproqning mikrobiologik faolligi, tuproqning oziqa elementlari va suv bilan to’yinganligi kompleksi.
Boshqariladigan omillar – ekin turi, nav, duragay, begona o’tlar bilan ifloslanish darajasi, o’simliklarning kasalliklar va zararkunandalar bilan zararlanishi, tuproqning oziqa, suv, havo rejimi.
O’simlik mahsulotlarini yetishtirishda yer yuzasida yorug’lik (quyosh radiatsiyasi), yog’ingarchilikning yillik miqdori, foydali harorat yig’indisi muhim rol o’ynaydi.
SHu ko’rsatkichlarga asoslanib dehqonchilik uchun juda qulay, qulay va noqulay mintaqalar farq qilinadi. Misol uchun, yevropa va AQSHda dehqonchilik uchun juda qulay sharoit mavjud, Markaziy Osiyoda yog’ingarchilik kam, shimolda harorat yetishmaydi.
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |