O‘simliklarning oziqlanishi


Turli o‘simliklarda ildiz va ildiz tukchalarining rivojlanishi


Download 0.76 Mb.
bet6/9
Sana26.01.2023
Hajmi0.76 Mb.
#1124684
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
portal.guldu.uz-o`simliklar oziqlanishi

Turli o‘simliklarda ildiz va ildiz tukchalarining rivojlanishi
(Xamdamov N va b.)

Lipoiz nazariyasi. 1897 yilda Overgon taklif qilgan ushbu nazariyada protoplazma membranasidagi lipoid komponentlar xujayraga kiradigan moddalarni eritadi va tezkor kimyoviy reaksiyalarni amalga oshishiga yordam beradi deb qaraladi. Nazariyada ilgari surilgan o‘simlik ildizi suv va oziqa moddalarni aloxida-aloxida yutadi degan fikr uni diffuz-osmatik nazariyadan ustunligini ko‘rsatadi.

  • Lipoiz nazariyasi. 1897 yilda Overgon taklif qilgan ushbu nazariyada protoplazma membranasidagi lipoid komponentlar xujayraga kiradigan moddalarni eritadi va tezkor kimyoviy reaksiyalarni amalga oshishiga yordam beradi deb qaraladi. Nazariyada ilgari surilgan o‘simlik ildizi suv va oziqa moddalarni aloxida-aloxida yutadi degan fikr uni diffuz-osmatik nazariyadan ustunligini ko‘rsatadi.
  • Ultrafiltrlanish nazariyasi. Bu nazariyada o‘simlik ildizining shimish apparati nafis elak sifatida qaraladi. Tashqi eritmadagi moddalarning yutilishi tezligi bevosita teshikchalarning diametri va yutiladigan moddalarning kattaligi bilan bog‘liq. Agar teshikchalar diametri katta, molekulalar kichik bulsa, yutilishi jadal ketadi. Lekin ildiz tomonidan yutiladigan ayrim yirik diametrli organik moddalar molekulalarini ayni nazariya asosida tushuntirib bo‘lmaydi. Nazariya Ruland tomonidan asoslangan.
  • Adsorbsiyalanish nazariyasi. 1928-1935 yillarda Traube moddalarning ildizga yutilishi ildiz yuza qatlamining kolloid xolati bilan bog‘liqligini va almashinish tabiatiga ega reaksiyalar oniy tezlikda sodir bo‘lishini aniqladi.
  • Ildiz–tuproq eritmasi tizimida kechadigan adsorbsiyalanish jarayonlari 1935 yilda D.A.Sabinin va I.I.Kolosovlar tomonidan o‘rganilgan va xujayra protoplazmasining chegaraviy qatlamidagi moddalarda amfoterlik xususiyati mavjudligi aniqlangan.
  • Masalan, oqsildagi ayni xususiyat aminikislotalarda asos va nordon guruxlar mavjudligi bois yuzaga keladi. Ildiz tolalari yuzasida manfiy va musbat zaryadlangan maydonchalar mavjudligi bir paytning o‘zida kation va anionlarning yutilishiga imkon beradi.
  • Tashqi muxitdan moddalar yutilishining mazkur mexanizmi faqat oksilning amfoterlik xususiyati bilan bog‘liq bo‘lmasdan, nafas olish jarayonida organik moddalarning, ayniqsa uglevodlarning quyidagi reaksiya asosida oksidlanishi bilan bog‘liqdir:
  •  
  • C6H12O6  6 O2  6 CO2 Q 6 HOH Q 674 kkal 1 mol
  •  
  • Tuproqqa o‘g‘it sifatida kiritilgan tuzlar anion va kationlarga dissotsialanadi va o‘z navbatida o‘simliklarning nafas olishi jarayonida xosil bo‘ladigan H va HCO3 ga almashinadi va ildizga adsorbsiyalanish nazariyasi asosida yutiladi.

Download 0.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling