О‘simliklarning yashash sharoitiga moslanishish belgilari, organlarining tuzilishi, tashqi muhitning о‘simliklar tuzilishiga ta’siri Reja
Tirik organizmlar birliklarining chegaralari
Download 283.79 Kb.
|
osimliklarning yashash sharoitiga mo (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Biologik birliklarning xillari.
Tirik organizmlar birliklarining chegaralari. Tabiatda uchraydigan biologik birliklar guruhlaming chegarasi bir-biriga o'tib turadi, unday holat ekoton deb aytiladi. Masalan, o'rmon va o'tloqzor chegarasi, daryo va dengizning qattiq va loyli muhiti guruhlari. Bunday joylar chegara chetlari (ekoton) ham deb aytiladi. Ekoton xarakteridagi guruhlarda bir-biriga chegaradosh guruhlarni tashkil qiluvchi turlar uchraydi. Lekin ayrim turlar faqat shu ekotonning o'ziga xos bo'ladi. Ko'pincha ekotonda turlar soni, ularning qalinligi ikki tomondagi birlik (guruh)ga nisbatan ko‘p bo‘ladi; bunday holat chegara effekti deyiladi (12-rasm).
12-rasm. O`simliklar qoplamidagi ekotonning hosil bo`lishi. O‘rmon va o‘tloqzor guruhlari ichida turlar o'rtasida kelib chiqayotgan raqobatlik o‘tkinchi chegara (ekoton)ning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqaradi. Ekoton ikki tomondan farqlanadigan joyda hosil bo‘lib, uning ichidagi ko‘pchilik organizm lar o'rm on va o'tloqzor birligida uchram aydi. O'zlarining ko'p vaqtlarini guruhlar chegarasida o'tkazadigan turlarga chegara turlari ham deyiladi. Biologik birliklarning xillari. Quruqlikdagi turli biologik birliklarning taqsimlanishi shu yerning harorati va namligi kabi ekologik omillarga bog'liq. O'simliklar ekologiyasi bo'yicha mutaxassis R.Uitteker (Whitteker, 1975) o'simliklar birliklariga oid bir nechta klassifikatsiyalami birlashtiradi va ularni harorat hamda namlik miqdori bo'yicha grafikka joylashtiradi (13-rasm). rasm. Azonallik hodisasi. Balandlik mintaqalanishi. Shimoliy yo`nalishda R.Uittekerning chizmasi bo'yicha tropik va subtropik viloyatlarda harorat o'rtacha 20°C dan 30°C atrofida bo'lib, o'simlik turlari haqiqiy yomg'irli o'rmondan (yil davomida namlik juda yuqori) cho'l o'simliklari holatigacha o'zgaradi. Lekin o'rtalik turlari ham bor, masalan, yomg'irsiz qurg'oq joyning o'rmonlari, qurg'oqchilik vaqtda daraxtlar barglarini yo'qotadi, past bo'yli daraxtlar, butalar tanalari tikan bilan qoplanadi. Qurg'oqchilik sharoitida butalar ham siyrak uchraydi. Bunday holatni Turkistonning Qizilqum va Qoraqum cho'llarida kuzatish mumkin. Bu yerlarda saksovul, cho'l akatsiyasi, juzg'un kabi sanoqli buta va butachalar, yantoq, shuvoq kabi o`t o`simliklar o'sadi, xolos. Mo'tadil va boshqa hududlarda ham o'simlik turlari harorat va namlik o'zgarishi bilan o'zgarib boradi. Masalan,nam tropik mintaqadagi o`simliklar bo`yi baland, barglari keng, qattiq, usti mum qavat bilan qoplangan (fikus, mognoliya) bo`lsa, quruq tropik mintaqadagi o`simliklar esa past bo`yli, barglari mayda (anor) yoki tuklar bilan qoplangan (anjir), ayrimlari barglarini vaqtincha to`kib yuboradigan daraxtlar yoki butalar (akatsiya, gledichiya), davriy o`sadigan baland bo`yli o`t o`imliklari o`sadi. Shuningdek, ekvatorial o`rmonlardagi chuchuk suv havzalarida yirik bargga ega ko`plab suv nilufarlarini uchratadigan bo`lsak, cho`l mintaqasidagi suv havzalrida esa ko`proq tasmasimon bargli qo`g`a, qamish, suv hilol kabi o`simliklarni uchratish mumkin. yuqori ekanligi ta’sir qiladi. Ulardagi anatomoekologik mosslanishga ham ega. Nilufarning bargi yaprog`ining ustida ham ustitsalar miqdorini ko`pligi va doimiy ochiqligi bilan xarakterlanadi. Ekvatorial mintaqasidagi nilufarlarning keng bargli bo`lishiga iqlimning o`ta issiqligi va havoning nisbiy namligini yuqoriligi sabab bo`ladi. Qo`g`a, qamish, suv hilol kabi o`simliklar esa hujayra po`sti minerallashgan, ustitsalar miqdori ko`p, shu bilan birga gidatodlar mavjud bo`lib, kunning salqin vaqtlarida tongda guttatsiya jarayoni yuzaga keladi. Bunday misollarni ko`plab keltirish mumkin. Lekin sovuq hududlaming turli joylaridagi o'simliklar turlari bir-biridan farqlanadi. Yilning o'rtacha harorati -5°C dan past bo'lgan tumanlar o'simliklari tundra tipiga birlashtirilgan. Ma’lumki, Tundrada namlik juda ko'p, lekin yilning ko'p davrida suv muz holida uchraydi va o'simliklar uchun u fiziologik tomondan foydasizdir. O‘simliklar populyatsiyasining yoshiga qarab tuzilishida ham muayyan ekologik moslanishlar mavjud. O'simliklarda senopopulyatsiyaning taqsimlanishi – bu ma’lum fitotsenoz ichidagi guruhlar yoshi nisbatidan kelib chiqadi. O‘simlik yoshini absolyut yoki kalendar yoshi bilan aniqlash qiyin, chunki o'simlik bir kalendar yoshda har xil yosh holati (bahorda unish, ko'karish, barg chiqarish, gullash; yoz faslida meva va urug` tugish, pishish va hk.)da bo‘ladi. O‘simliklarning siklik rivojlanish yoshlari (davri) urug‘dan urug‘gacha, ya’ni: urug` => zarodish => o'simta (yuvenil davr, mustaqil oziqlanishga o'tish) => immatur holat (o‘simlikning hamma belgilari hosil bo'lgan, shakllanishning boshlanishi) => turning hamma xislati yer usti va yer osti qismlarida yuzaga kelgan => yosh generativ organizmlarning rivojlanishi => urug1, mevaning hosil bo'lishi => o'simlikning generativ funksiyalari (o'sish, massa hosil qilish) pasayishi =► so'lish, qurishning boshlanishi => ikkilamchi yuvenil belgilar (gullash, barg, novda chiqarish, masalan, olma, behi, paxta)ning hosil bo'lishi => o'simlikning tinchlik davriga o'tishi (urug'ning hosil bo'lishi), ko'p yilliklar esa tinchlik davriga o'tishidan iborat. O'simliklarning katta-kichikligi bir yoshli guruh ichida turli harakatchanlikni aks ettiradi. O'simlikning vegetativ va generativ organlari yaxshi rivojlangan bo'lsa, u hayotchan, rivojlanish uchun energiya to'plagan, tashqi muhit omillariga chidamli bo'ladi. O`simlik va hayvonlar populyatsiyasi a’zolari sonini aniqlash bilan ular ichidagi tug'ilish, o‘lish va o'sish qonuniyatlari o'rganiladi. Ularning hammasi organizmning hayot sikllari xususiyatlarini aks ettiradi. Bunday organizmlarda: 1. Bir yillik bir va ko'p marta ko'payish; 2. Bir yillik ko'p marta ko'payish yoki bir marta ko'payadigan organizm populyatsiyasi bo'ladi. Bir yillik siklli organizmlarga AQSh, Rossiya, O 'rta Osiyo tabiatida keng tarqalgan chigirtkani misol qilish mumkin. Turkiston adirlari ekinzorlarida keng uchraydigan lolaqizg'aldoq o'simligi populyatsiyasining ko'payish davri 30 kun atrofida, har bir o'simlik faqat bir marta ko'payadi, har bir lolaqizg'aldoqning faqat bir marta reproduktiv fazasi bor, shu davrda bir vaqtda, birdan hamma urug'lari pishadi, yetiladi, o'simlik nobud bo'ladi. Ayrim o'simliklarda ko'payish davri cho'zilganligi tufayli vakillar urug'i birdan yetilmaydi, har xil vaqtda pishadi. Ba’zilari ko'p martalab ko'payadi (qo'ng'arbosh (Poa bulbosa), itgunafsha (Veronica arvensis)). Ma’lumki, tuproq yuzasida o'simliklarning har xil yillardagi (o'tgan yilgi, undan oldmgi, bu yilgi) urug'lari to'planadi. Bu holat «Urug' banki» deb aytiladi. Shu urug'lar unib chiqqanda ularning o'simtalari ham har xil bo'ladi. Download 283.79 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling