Osiyo xalqaro universiteti konchilik ish fakulteti sm7-ki-2022 geodeziya fanidan mustaqil ish


Download 1.71 Mb.
bet13/15
Sana19.04.2023
Hajmi1.71 Mb.
#1363328
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
GEODEZIYA NAYIMOV SUXROBJON

9.2-rasm. Geodezik tayanch punkti
iramidalarningbalandligi 10-12 mbo’lishimumkin. Yonma-yon joylashgan punktlarni yerdan kuzatib bo’lmagan hollarda tayanch punktga asbob o’rnatishda va bu punktni kuzatish uchun signal quriladi.
S

9.3-rasm. Signal
ignallarning balandligi 12-15 m dan 40 m gacha bo’lishi mumkin. Piramida va signallar yog’ochdan yoki metalldan yasalib, tuzilishi turlicha bo’ladi. 9.2-rasmda yog’ochdan yasalgan oddiy piramida, 9.3-rasmda metalldan yasalgan murakkab signal ko’rsatilgan. Davlat balandlik tarmoqlari punktlarining o’rni doimiy belgi hisoblanuvchi marka va reperlar bilan belgilanadi. Doimiy reper va markalar balandlik tarmoqlari yo’lida 5-7 km oralatib o’rnatiladi. Balandlik tarmoq punktlarining absolut balandliklarini aniqlash, ya’ni nivelirlash qiyin bo’lgan rayonlarda reper (marka) lar oralig’i 10-15 km bo’lishi mumkin. Yuqori aniqlikdagi balandlik tarmoqlari (I va II klass nivelirlash tarmoqlari) ning har 50-80 km dagi nuqtasi va bu nivelirlash yo’llarining kesishgan tugun nuqtalari doimiy saqlanadigan reperlar bilan belgilanadi.
Marka (9.4-rasm a) cho’yan diskdan iborat bo’lib, mustahkam imorat devoriga, qoyaga, ko’prik, gidrotexnika va boshqa inshootlar tayanchiga yerdan 1,5 m balandlikda biriktiriladi. Markani o’rnatish uchun imorat yoki inshoot devor parmalab teshiladi, teshik yuvib tozalanadi. Uning ichiga marka gorizontal holarda o’rnatilib, sementlanadi. Markaning devordan chiqib turgan qismining o’rtasida diametri 4 mm keladigan teshikcha bo’ladi, nivelirlash vaqtida shu teshikcha markazining absolut balandligi aniqlaniladi.


9.4-rasm.Marka

R



9.5-rasm.Reper
eperlarning devorga va gruntga o’rnatiladiganlari bo’ladi. Devor reperi (9.4-rasm b) marka kabi imorat devoriga, inshoot yoki qoyaga yerdan 0,5-0,6 m balandlikda o’rnatiladi. Reperning markadan farqi shukiu devordan qisman chiqib turadi. Marka va reperga uni o’rnatgan tashkilotning qisqartirilgan nomi va reperning nomeri yozib qo’yiladi. Reperni o’rnatish uchun munosib imorat yoki inshoot bo’lmagan joyda reper yerga o’rnatiladi. Bunday reper grunt reperi deyiladi. Qisqa muddatga (1-2 yilga) mo’ljallangan balandlik tayanch punktlariga vaqtinchalik reperlar o’rnatiladi. Vaqtinchalik reper yerga ko’milgan yog’och ustun, rels parchasi, devor, qoyalarga qoqilgan dumaloq qalpoqli mix va boshqalardan iborat.
O’rnatilgan geodezik belgilar (markaz, piramida, signal, marka va reperlar) ning joyda saqlanishini kuzatib turishlari uchun ular geodezik belgi joylashgan mahalliy tashkilotlarga hujjat bilan topshiriladi.

Download 1.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling