Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari
Samo jismlari va yulduz turkumlari
Download 1.41 Mb.
|
Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari
Samo jismlari va yulduz turkumlari
Biz Yerning ixtiyoriy nuqtasidan turib qaramaylik, yoritkichlar go‘yo bizdan bir xil masofada, biror bir sferaning ichki qismda joylashgandek tuyuladi. Odatda bunday sfera osmon gumbazi deb yuritiladi. Bulutsiz tunda osmonda yulduzlar bilan birga biz Oyni, sayyoralarni, ayrim tumanliklarni va ba’zan kometalarni kuzatamiz. Havo ochiq, bulutlar umuman yo`q kechalarda biz "qurollanmagan" oddiy ko`z bilan Yerning istalgan nuqtasidan turib uch mingtagacha osmon yoritgichlarini sanay olamiz.
Osmondagi obyektlarning joylashishi va o‘zgarishi turli xilda sodir bo’ladi. Masalan, yulduzlarning o‘zaro joylashishi juda sekinlik bilan o‘zgarib, maxsus o‘lchashlarsiz, oddiy kuzatishlar asosida bunday o‘zgarishlarni bir necha o‘n, hatto yuz yillardan keyin ham sezib bo‘lmaydi. Bunday hol Yer sirtida yulduzlarga qarab orientir olish uchun juda qo‘l keladi. Shu sabali, juda qadim zamonlardayoq sayyohlar bundan keng foydalanganlar (buni "yulduz kompas"lari ham deb ataganlar). Oy o`z harakati davomida ayrim sayyoralar, kometalar va yulduzlarni to`sib o`tishi hamda o`z navbatida sayyoralar hamda kometalar ham gohida bunday hodisada qatnashishi, ular aslida turli masofada joylashganligidan dalolat beradi. Ayrim yulduzlar ravshan va ba`zilari keskin xira ekani ham ularning bizdan turli masofalarda bo`lishi bilan bog`liq.
Eng ravshan yulduzlarning nisbiy o`rinlari va bu nuqtalar hosil qilgan ko`rinma shakllarni bilsak, unda bulardan orientir sifatida kechasi foydalanish yoki istalgan samo yo`nalishini aniqlash mumkin. Qadimdan ota-bobolarimiz yulduzlarning joylashuvidan foydalanib o’zlarining kundalik ehtiyojlarida yetarlicha foydalanishgan. Ular osmon gumbazida bir-birlariga nisbatan yaqin bo’lgan yorug` yulduzlardan iborat guruhlarni hayolan ayrim hayvonlar, ma`lum shakllar, narsalarga qiyos qilganlar, bu guruhlarni ba’zan afsonaviy kishilar ismi bilan yulduz turkumlari sifatida ajratishgan hamda mos kelgan nom bilan atashgan. Masalan, Katta Ayiq, Uchburchak, Veronika sochlari, Asad (Arslon), Andromeda, Oqqush kabi yulduz turkumlari so`zimizning yaqqol dalilidir. Yulduz turkumlarining chegaralari va nomlari 1922-yili Xalqaro Astronomik Kengashda tasdiqlangan. Natijada bugungi kunda butun osmon gumbazi 88 ta shunday turkumlarga ajratilgan. XVIII asrda har bir yulduz turkumidagi yorug` yulduzlarni yunoncha harflar A,B,G,D bilan belgilash ham kiritilib, turkumning har bir yulduzi aniq nom bilan atala boshlangan. Undan tashqari, eng ravshan yulduzlarga maxsus nomlar ham berilgan: Kichik Ayiqning α siga Temir Qoziq, Oqqushning α siga Deneb, Katta Itning α siga Sirius, Liraning α siga Vega va boshqa. Osmon xaritasi yordamida shimoliy yarimsharning qutb yulduzi atrofida kamida 10 ta yulduz turkumlari chegaralarini va nisbiy joylanishlarini eslab qolish tavsiya qilinadi.
Biror bir yulduz turkumiga kiruvchi yorug‘ yulduzlar shu turkumga (yoki ba’zan, qo‘shni yulduz turkumiga) kiruvchi xira yulduzlarni topishda yaxshi orientir bo‘lib xizmat qiladi. Samoda biror bir yulduz turkumini yoki yulduzni topish uchun, dastlab, yulduz xaritalari va atlaslari bilan yaxshi tanishish zarur. Ayniqsa, osmonning surilma xaritasidan foydalanishni o‘rgangan odamga osmonda yorug‘ yulduz yoki yulduz turkumini topish ortiqcha qiyinchilik tug‘dirmaydi. Qadimdan yulduz ravshanligi qancha xira bo`lsa, uni ifodalovchi yulduz kattaligi shunchalik katta deb olinib, eng ravshan yulduzga nolinchi yulduz kattaligi (0m) va eng xirasiga oltinchi yulduz kattaligi (6m) ni berishga kelishilgan. Bugungi kunda esa ushbu yulduz kattaliklarni 0.01m aniqlikda ajrata olishi va 6m dan xira yulduzlar bir necha yuz millionlarni tashkil qilishi aniqlangan. Agar biror yulduz turkumini ma`lum vaqt ichida kuzatib tursak, uning vaziyati Yerdagi daraxt va uylarga nisbatan asta sekin o`zgarib borishini sezamiz. Yoki fotoapparat diafragmasini ochiq holda kechasi qorong`ida bi necha soat mobaynida qutb yulduzi (Kichik Ayiqning α si) tomon qaratib qoldirsak, har bir yoritgich ushbu yulduz atrofida albatta o`z aylanasini chizadi (3-rasm). Bu hodisa Yerning o`z o`qi atrofida sutkalik aylanishi tufayli sodir bo`ladi. Bu aylanishni sutkalik deb atashimizning sababi uning davri bir sutkaga tengligi bilan bog`liqdir. Yoritgichlar va yulduz turkumlarining bu tarzdagi harakati Yerning o’z o`qi atrofida aylanishi yo`nalishga teskari bo`lib, u sutkalik ko`rinma harakat deyiladi. Yer o`qini faraziy ravishda fazoda davom ettirsak, uning shimoliy uchi deyarli qutb yulduzidan o`tadi va shu tufayli yoritgichlar yuqorida aytilgan ko`rinma aylanaviy harakati yuz beradi. Bu o`qning shimoliy uchi, qutb yulduzidan taxminan 1 gradus (aylananing 360 dan bir qismi) uzoqlikda joylashgan. Ilk marta Yohanner Bayer o'zining Uranometriya (1603) nomli yulduzlar atlasida har bir turkumning eng yorqin yulduzlarini yunon alfaviti harflari bilan belgilash an'anasini boshlab bergan. Eng yorqin yulduz odatda (alfa) bilan belgilanadi, masalan Oqqush turkumining Deneb yulduzi Cygni dir, uning qisqartimasi Cyg. Yorug’ligi bo'yicha keyingi yulduz (beta), keyingisi (gamma) va hokazo. Ammo bu qoidadan bir nechta istisnolar ham bor. Masalan, Katta Ayiq yulduz turkumining yulduzlari ularning turkumda paydo bo'lish ketma-ketligida belgilangan. Yunon alfavitining harflari tugaganidan so'ng lotin harflari ishlatilishi mumkin. Yulduzlarni belgilashning yana bir yo'li – bu to'g’ri chiqishining oshishi bo'yicha raqamlarni qo'llashdir. Masalan, 30 Tau Savr turkumining yorqin yulduzlaridan biri. Bundan tashqari, o'zgaruvchan yulduzlar maxsus belgilar bilan belgilanadi. Taxminan yuzga yaqin yulduzlar o'zlarining xususiy nomlariga ega: Aur yulduzi Kapella ham deyiladi. Zamonaviy teleskoplar kashf etilgan sari osmonda juda ko'plab yulduzlar ko'rinishi natijasida ularning kataloglari tuzilgan. Bugungi kunda yulduzlarga xususiy nomlash usulidan foydalanish noqulay bo'lib qolgan. Shuning uchun, bizga yulduzlarning ko'pchiligi bizga faqat kataloglardagi indeks raqamlari bilan ma'lum. Bitta yulduz turli kataloglarda turlicha nomga ega bo'lishi mumkin, masalan yuqorida aytilgan Kapella ( Aur) yulduzining Bonner Durchmusterung katalogidagi raqami BD + 45°1077, Genri Dreyper (Henry Draper) kataloglarida esa HD 34029. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling