Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari
Yoritgichlarning ko’rinma harakati
Download 1.41 Mb.
|
Osmon sferasi, uning asosiy nuqta, chiziq va aylanalari
Yoritgichlarning ko’rinma harakati
Yerning shimoliy qutbiga yaqin bo‘lmagan o‘rta geografik kengliklardan turib yoritgichlarning sutkalik harakati kuzatilsa, janub tomonga qarab turgan kuzatuvchiga yoritgichlar chapdan o‘ngga, ya’ni, soat strelkasi yo‘nalishida harakatlanayotgandek ko‘rinadi. Bunda ma’lum yoritgich, sharq tomonda har doim ma’lum bir nuqtadan ko‘tarilib, g‘arbda ham aniq bir nuqtada botadi. Uning gorizontdan maksimal balandligi ham (janub yo‘nalishida) vaqt o‘tishi bilan o‘zgarmaydi. Xuddi shunday kuzatishda kuzatuvchi shimol tomonga qarasa, bir qism yulduzlar sharqdan chiqib g‘arbga botayotganini, boshqalari esa ma’lum bir qo‘zg‘almas nuqta atrofida konsentrik aylanalar chizishini ko‘rish mumkin. Bu qo‘zg‘almas nuqta – olamning shimoliy qutbi deb yuritiladi. Olamning shimoliy qutbi Kichik Ayiq yulduz turkumining eng yorug‘ yulduzi si yaqinida bo‘lib, bu yulduz qutb yulduzi deb ataladi. Xuddi yulduzlar kabi Quyosh va Oyning sutkalik harakatlari ham sharqdan g‘arbga tomon kuzatilib, ulardan farqli o‘laroq, ularning chiqish va botish nuqtalari hamda maksimal balandliklari kun sayin o‘zgarib boradi. Xususan, Quyosh 21 mart kuni aniq sharq nuqtasidan ko‘tarilib, aniq g‘arb nuqtasida botgani holda, undan keyin uning chiqish va botish nuqtalari shimol tomonga siljib boradi. Bu hol 22 iyungacha davom etadi, so‘ngra bu nuqtalar aksincha, gorizontning janub tomoniga siljiy boshlaydi. Shuningdek, bu davrda Quyoshning tush paytdagi balandligi ham kamayib boradi, kunduz kunining davomiyligi qisqarishga, tunning davomiyligi esa uzayishni boshlaydi. Yerning tabiiy yo‘ldoshi hisoblangan Oy ham sutkalik harakatda ishtirok qilib, sharqdan g‘arbga yulduzlar bilan birga siljib boradi. Biroq ko‘p uzoq vaqt talab etmaydigan kuzatishlardanoq, Oyni yulduzlarga nisbatan osmonning sutkalik harakatiga qarama-qarshi yo‘nalishda ham siljishini sezish mumkin. Bunday haqiqiy harakat tufayli Oy yulduzlarni oralab g‘arbdan sharqqa tomon har sutkada taxminan 13 gradusdan siljib borib, 27.32 sutkada Yer atrofida to‘la aylanib chiqadi. Uzoq vaqtlar davomida (bir necha oy) Quyoshni kuzatilish orqali uning yulduzlarga nisbatan g‘arbdan sharqqa siljib borishini kuzatish imkonini beradi. Quyoshning bunday ko‘rinma harakati tufayli sutkalik siljishi Oynikiga nisbatan juda kichik bo‘lib, u atigi 1 gradusga yaqin yoyni tashkil qiladi va bir yilda bir marta to‘la aylanib chiqadi. Osmondagi ikkita yorug‘ jism, ya’ni Quyosh va Oyning osmonni bir to‘la aylanib chiqadigan yo‘llari bir-biriga yaqin bo‘lib, ular kesib o‘tadigan yulduz turkumlari zodiak yulduz turkumlari (grekcha “zoo”- hayvonlar degani) deyiladi. Mazkur yulduz turkumlari quyida jadvalda keltirilgan. Quyosh o‘tayotgan yulduz turkumining yulduzlari Quyoshga juda yaqin burchakda joylashgani uchun ular ko‘rinmaydi va faqat yarim yil o‘tgach yarim kechada aynan shu yulduzlar gorizontdan janub tomonda eng katta balandlikda ko‘rinadilar. Ibtidoiy jamoa tuzumi davridayoq odamlar zodiak yulduz turkumlari sohasida tashqi ko‘rinishi jihatidan yulduzlarga o‘xshash, biroq yulduzlardan farq qiladigan, ularga nisbatan vaziyatlarini o‘zgartirib turuvchi beshta yoritkichni kuzatganlar. Yulduzlardan farqlanuvchi bunday xususiyatlari evaziga ularga adashgan yulduzlar - planetalar (sayyoralar) deb nom berishgan. Qadimgi Rimda bu sayyoralarni rim xudolarining nomi bilan: Merkuriy, Venera, Mars, Yupiter, Saturn deb ataganlar. Keyinchalik teleskop ixtiro qilingandan so‘ng, 1781 yilda oltinchi planeta Uran, 1846 yilda esa Neptun topilgan. Zodiak yulduz turkumlari chegaralarida sayyoralarning ko‘rinma harakatlari ham kuzatilib, ular ham Quyosh va Oy kabi g‘arbdan sharqqa tomon harakatlanadilar. Download 1.41 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling