Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
86 1.2.4. Axborot hisoblash tizimlarining turlari,vazifalari va tarkibiy tashkillanishi Axborot konturi doirasida boshqarish maqsadlari haqida, boshqariluvchi jarayon holati haqida, boshqaruvchi ta‘sirlar haqida axborotga ega bo‗linadi va uzatiladi. Axborot konturi axborotlarni yigish, uzatish, qayta ishlash va saqlash vositalari, shuningdek, axborotlarni ishlovchi xodimlar bilan birgalikda mazkur tashkilotning axborot tizimini tashkil etadi. Bu tizim dinamik rivojlanuvchidir, chunki axborot o‗zgarishlarga uchraydi, uning tezligi tashkilot bajarayotgan vazifalarga bog‗liq. Axborot tizimiga kiradigan ma‘lumot sifatida axborotni shakllantiruvchi axborot manbalari va ma‘lumotlarni yig‗ish tizimi ko‗rib chiqiladi. Chiqadigan axborot sifatida esa qarorlarni shakllantirish va qabul qilish, ya‘ni axborotdan maqsadli ravishda foydalanish tizimi tahlil etiladi. Demak, axborot tizimi axborotni boshlang‗ich yig‗ish va undan ikkilamchi foydalanish tizimi bilan o‗zaro bog‗liq. Axborot tizimi boshqarish tizimining asosi sanaladi. Biroq butun boshqarish tizimi u bilan tugamaydi. Qarorlar qabul qilish ishlab chiqarishga ta‘sir ko‗rsatuvchi boshqarish tizimining boshqa tomonini tashkil etadi. Axborot tizimi tushunchasi uzluksiz axborot tushunchasi va uning moddiy namoyon bo‗lishi bilan bog‗liq. Bunda axborot tizimining ikki tomoni, ya‘ni texnologik va mazmuniy jihatini farqlash lozim. Axborot tizimiga texnologik yondashuv uni axborot protseduralarini (ma‘lumot yig‗ish, ro‗yxatga olish, uzatish, sakpash, jamlash, qayta ishlash va hokazolar) kompleks amalga oshirish bilan bog‗liq boshqaruv jarayonlarining biri sifatida ko‗rib chiqishini ko‗zda tutadi. Protseduralarni bajarish tashkilotning asosiy faoliyatini amalga oshirish jarayonida ro‗y beradi. Boshqarishni avtomatlashtirish birinchi galda axborot protseduralarini bajarishga yo‗naltirilgan. Axborot tizimiga mazmuniy yondashuv u yoki bu tashkilotning funksional vazifasi bilan bog‗liq va aniq bir axborot birliklarining (rekvizit va ko‗rsatkichlar, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling