Основы пакета
Download 5.65 Mb. Pdf ko'rish
|
KOMPUYUTER TIZIMLARI VA TARMOQLARI OQUV QOLLANMA
82 kiradi. Bu platforma korporativ foydalanuvchilar uchun juda foydali bo‗lishi mumkin. Intel firmasi ketma-ket CSI shinasini havola qildi. Birinchi marta CSI (Computer Serial Interface) shinasi ko‗p yadroli Itanium MP protsessor versiyasida tatbiq etilgan, Tukwila kodlashtirilgan nom bilan tanilgan va keyinchalik Xeon MP ko‗p yadroli protsessor oilasida tatbiq etilgan Whitefield kodlashtirilgan nom bilan tanilgan. CSI tizim xotirasiga va boshqa protsessorlarga murojaatlarni minimallashtirishni optimallashtirish uchun protsessorning kesh chastotasida ishlaydi, yuqori unumdorli serverlarni qurishda 16 gacha kompyuterni quvvatlaydi. 64-razryadli Xeon protsessori IEM 64 (Intel Extended Memory 64–xotirani 64-bitli manzillash texnologiyasi) quvvatlashida ko‗p protsessorli tizimlar uchun mo‗ljallangan. Tizimli mikrosxemalar to‗plami (chipset) YE8500, u *T platform tarkibiga kiruvchi va Truland kodlashtirilgan nomga ega, ko‗p yadroli protsessorlarni quvvatlashini, Intel virtuallashtirish texnologiyasi va La Grand (La Grand– axborotlar xavfsizligini va sir saqlashni ta‘minlash texnologiyasi; bu himoya majmuasi protsessorning himoyasi, xotirani himoyalangan boshqarish, himoyalangan grafika, himoyalangan klaviatura/sichqoncha) hisobga olgan holda loyihalashtirilgan. YE8500 chipsetlari 3-bosqich (L3) kesh-xotirani 8 Mbayt sig‗imgacha quvvatlaydi. Ularning muhim xususiyati 667 MGs chastotali ikkita mustaqil tizimli shinalarning mavjudligi bo‗lib, u o‗tkazish xususiyatini 10,6 Gbayt/s tezlikkacha yetishiga imkon beradi. *T platformda quyidagilar quvvatlanadi: PIC Express shinasi, 800 MGs chastotali DDR2 xotira, talab bo‗yicha kompyuterlarni o‗chirish texnologiyasi (DBS-Demand Based Switching) va Intel Speed Stop energiya iste‘molini tejashning rivojlantirilgan texnologiyasi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling