От души омад курсдошлар S. M. Bilet №1


Bilet № 11  1.Ortostatik sinama va uning ahamiyati. Olingan natijalar interpretatsiyasi


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/15
Sana24.12.2022
Hajmi1.96 Mb.
#1050380
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
OSKE BX

Bilet № 11 
1.Ortostatik sinama va uning ahamiyati. Olingan natijalar interpretatsiyasi.
 
!!!Aniq to’g’rimi yuq bilmayman nettan oldim 
Gorizontal holatda yotgan sinaluvchining pulsi sanaladi. So'ngra undan vertikal holatga 
o'tish so'raladi. Normada puis 12-16 urishga tezlashadi. Tomir urishi bir daqiqaga 16-18 
dan oshib ketsa, demak sinaluvchida simpatik qo'zg'aluvchanlik kuchli. Bu patologik 
holat. Shunday qilib, ortostatik sinama VNS ning simpatik qismi qo'zg'aluvchanligini 
baholaydi.
2.Bemorlarda yotoq yaralarini profilaktika chora-tadbirlari. 
Yotoq yaralarning oldini olish uchun quyidagi choralarni ko rish lozim: 


1) har gal o’rin-ko’rpani qayta solishda bemor badanini ko zdan kechirish, bunda asosan 
yotoq yara paydo bo’ladigan joylarga ahamiyat berish;
2) bemor badanining ozoda bo’lishini kuzatish, har kuni badanini nam sochiq bilan artish
badanining siydik va axlat tegib ifloslangan joylarini suv bilan sovunlab yuvish, so ngra 
orqa va dumg’aza terisini kamfora spirti bilan artish kerak. Yuvmasdan oldin kamfora 
spirti bilan artish keng tarqalgan bo’lsa- da, bu usul yotoq yaralarining oldini olishda 
yetarlicha foyda bermaydi, chunki spirt terining mikroblar tushgan mayda teshiklarini 
berkitib qo yadi, biroz vaqtdan so’ng bu teshiklar ochilib, teshikchalardan chiqqan 
mikroblar teri ustidagi kirlarga qo’shiladi. Bundan tashqari, yuvish, ayniqsa iliq suv bilan 
yuvish teri yaxshilanishiga va to qimalarning yaxshi oziqlanishiga imkon beradi;
3) terining bosilishiga yo l qo ymaslik maqsadida yotoq yaralar paydo bo lishi 
mumkin bo lgan 
joylarga yumshoq sochiq yoki yostiq jildiga o ralgan rezina chambar 
qo yiladi. Chambarni qo yganda dumg aza uning teshigi ustida turadigan bo lishi 
kerak. Axlat 
va siydikni tuta olmaydigan bemorlar tagiga rezina sudno qo yiladi. Rezina chambar va 
sudnoning teshigi bo lib, unga metall so rg ich tiqib qo yiladi.
4) bemorning kuniga bir necha marta tana vaziyatini o zgartirib turishiga yordam berish 
va goh u yonboshiga, goh bu yonboshiga, goh chalqancha yotishiga ko maklashish 
kerak;
5) agar yotoq yara paydo bo ladigan joyda teri qizarib qolgudek bo lsa yuqorida sanab 
o tilgan barcha tadbirlarni kuchaytirish va ayni vaqtda davolashga kirishish lozim. 
Paydo bo layotgan yotoq yaraga kuniga 1 2 marta 5 yoki 10% li kaliy permanganat 
eritmasi surtiladi.
Bo limga yotoq yaralari ko payib ketgan bemor yotqizilgan bo lsa, shifokor 
ko rsatmalari bo yicha mahalliy va umumiy ta sir qiluvchi vositalar bilan alohida 
davolash talab etiladi. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling