Ot kishnagan oqshom (qissa)
Download 317 Kb.
|
ot kishnagan oqshom aim.uz
www.ziyouz.com kutubxonasi 53
64 Ertasi ertalab Nazir juvozkash keldi. Devordan bo‘ylab ovoz berdi. — Ziyodulla chavandoz, berman bir qarang! — dedi. Bir-bir bosib bordim. Devordan qo‘l uzatdim. Ko‘rishib-so‘rashdim. Nazir juvozkash bola-baqrani so‘radi, tomi toshni so‘radi. Keyin, mol-holga o‘tdi. — Ha-a, — dedi. — Bizning kuyov qanday? Xo‘p damliginami? O‘ylab turdim-turdim. Nazir juvozkash nima dedi, tushunmadim. — Qanday kuyov? — dedim. — Qanday kuyov bo‘lardi, Tarlon kuyovimiz-da. — E, ha, Tarlonmi? Shukur, shukur. — O‘zi, kuyov keldimi? — Keldi, ha, keldi. Nima edi? — Shunday, alag‘da bo‘lib so‘rayapman-da. Nazir juvozkash bo‘lib o‘tmish gapni bir boshidan aytib berdi. Emishki, bizning Tarlon o‘sha ketishida to‘g‘ri Nazir juvozkashnikiga boribdi. Darvozadan kishnab-kishnab kiribdi. Bu vaqtda Nazir juvozkash Olmako‘zini yalang‘ochlayotgan bo‘libdi. Tarlonni ko‘rib, hayrondan hayron qolibdi. Nima qilishini bilmabdi, nima deyishini bilmabdi. Nazir juvozkash nima-da qiladi, nima-da deydi? Kuyov o‘z oyog‘i bilan o‘zi kirib keldi. Eshikdan egilib kelib turgan kuyovga bir nima deb bo‘ladimi? Bo‘lmaydi, bo‘lmaydi! Nazir juvozkash o‘ylab qolibdi. Kuyov-ku uyalmadi, kuyov-ku, or qilmadi. Endi men uyalayin debdi, endi men or qilayin, debdi. Chaponi yoqasi bilan yuzlarini berkitibdi, yerga qarab-qarab, uyiga kirib ketibdi. Birodarlar, kuyovni payg‘ambarlar-da siylagan! Ahay-ahay! Men devorga tirsaklarim bilan suyanib eshitdim. Boshimni sarak-sarak etib eshitdim. Tarlon Olmako‘zga bo‘y berib-bo‘y berib boribdi. Olmako‘z hurpayibdi, quloqlarini dikkaytiribdi, yollarini hurpaytiribdi, dumlarini tikraytiribdi. To‘lg‘onib-to‘lg‘onib kishnabdi. Orqa oyoqlarini sermabdi. Tepib yuboramantepib yuboraman, debdi. Tarlon bir sapchib chetlanibdi. Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z tevaragida doira yasabdi. Tarlon Olmako‘zga kift berib-kift berib boribdi. Olmako‘z zinkiyib-zinkiyib pishqiribdi. Tishlarini irjaytirib-irjaytirib g‘ijirlatibdi. Tishlab olaman-tishlab olaman, debdi. Tarlon epchillik bilan chetlanibdi. Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z tevaragida doira yasabdi. Tarlon Olmako‘z bilan yuzma-yuz boribdi. Yuzlarini yuzlariga tekkizibdi. Olmako‘z pishqirib-pishqirib, yuzlarini chetga buribdi. Yuzlarini olib qochibdi. Tarlon Olmako‘zni aylanib chopibdi. Dirk-dirk o‘ynabdi. Olmako‘z tevaragida doira yasabdi. Tarlon Olmako‘z bilan tumshuqma-tumshuq kelibdi. Olmako‘z bilan tumshuqlarini tekkizib-tekkizib iskashibdi. Pishqirib-pishqirib iskashibdi. Olmako‘zining og‘ziga pishqirib iskashibdi, burniga pishqirib iskashibdi. Olmako‘zga bir nimalar debdi, bir nimalar aytibdi. Nimalar debdi, nimalar aytibdi — unisini yolg‘iz o‘zi bilibdi, yolg‘iz Olmako‘z bilibdi... Tarlon ko‘ngil beribdi, Olmako‘z ko‘ngil olibdi! Ahay-ahay! Oxir-oqibat... Olmako‘z dildorlik beribdi!.. — Yo‘g‘-e? — dedim. Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod Download 317 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling