Ot kishnagan oqshom (qissa)


Download 317 Kb.
bet48/67
Sana24.02.2023
Hajmi317 Kb.
#1227132
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67
Bog'liq
ot kishnagan oqshom aim.uz

www.ziyouz.com kutubxonasi 54
— Ha-da! — Endi quda bo‘ldik, Ziyodulla chavandoz, quda-qudag‘ay bo‘ldik!
— Hazillashmang-e, juvozkash, hazillashmang-e!
— Behazil, quda, behazil! O‘ziyam qayliq o‘yinimisan, qayliq o‘yini bo‘ldi-da... O-o-o!..
Kuyovni nima berib boqqansiz, Ziyodulla chavandoz?
Boshimni chayqab-chayqab kuldim. Qo‘limni siltab-siltab kuldim.
Gapingiz qursin-e, juvozkash-e, gapingiz qursin-e!
— Ebo-e, ana qayliq o‘yini, mana qayliq o‘yini... O-o-o!..
Yuzlarimni ushlab-ushlab kuldim, yuzlarimni berkitib-berkitib kuldim.
— Bo‘ldi-e, juvozkash-e, bo‘ldi-e!
— Ebo-e... Qarang-a! Ebo-e... qarang-a!
— Astarog‘-e, ayol eshitadi-e!
— Ebo-e... Qarang-a! Biz ham yurgan ekanmiz-da... O-o-o, ana mana!..
— Qanday-qanday?.. Bo‘ldi-e, ayol eshitadi-e!
— Siz bilan biz ham... yurgan ekanmiz-da, Ziyodulla chavandoz! O-o-o, ana... mana...!
— Astaroq deyman-e, ayol eshitadi-e!
— O-o-o, haloling bo‘l-e, kuyov-e, haloling bo‘l-e!..
Xandon-xandon otib kuldim.
— E, tavba-e, e, tavbangdan-e! Sho‘xlashmang-e, juvozkash-e, sho‘xlashmang-e!
— Besho‘xi, quda, besho‘xi! Ana kuyov, mana kuyov! O-o-o, ana... mana..!
Qah-qah urib keldim.
— Bo‘ldi-e... Bizning Tarlon sho‘x ekan-da, a, sho‘x ekan-da?
— Ha-da! Egasiga tortganmi, bilmayman! Mol egasiga o‘xshaydi, deydi-ku...
Ketimga chalqayib-chalqayib kuldim.
— Nima-nima? — dedim.
— Mol egasiga o‘xshamasa, harom bo‘ladi...
Devordan bug‘doyday kesak olib, Nazir juvozkashga otgan bo‘ldim. Juvozkash bilagi
bilan betini pana qilgan bo‘ldi.
— Astarog‘-e, ayol eshitadi, astarog‘-e! — dedim. Kaftlarimni kaftlarimga qars-qars urib
kuldim.
— Bizning Tarlon sho‘x ekanmi-a, shunchalik sho‘x ekanmi? Ay, Tarlon-e, ay, Tarloni
tushmagur-ey! Qo‘llarimni bir-biriga ishqab-ishqab kuldim.
— Bizning Tarlon sho‘x-da, sho‘x! Bir sho‘xlashibdi-da! O‘tadigan dunyoda bir sho‘xlashayin,
debdi-da! — Kula berib-kula berib, ichlarim og‘rib qoldi. Kula berib-kula berib,
ko‘zlarim yoshlanib qoldi.
— Mol egasiga o‘xshaydi, deysiz-da? Ay, ukkag‘arning qudasi-e! — dedim. — Ayniqsa, ot
egasiga o‘xshaydi, deysiz-da? Ay, ukkag‘arning qudasi-e!..
Garchi qo‘limga bir nima ilashmasa-da, devordan kesak olib otgan bo‘ldim. Garchi bir
nima otilib bormasa-da, juvozkash pusib qolgan bo‘ldi.
— Ay, kuchingdan Tarlon-ey, kuchginangdan-e!— dedim.
Miriqib kuldim, huzurlanib kuldim, maza qilib kuldim!
Bir amallab o‘zimni bosib oldim. Yuz-ko‘zlarimni artdim.
— Ha-e, shunday-shunday bo‘ladi-da-e! Issiq jonda-e, issiq jon! — dedim. — Qani,
ichkarilang, quda, choy ichamiz?
— Yo‘g‘-e, quda, yo‘g‘-e. Esimning borida juvozxonamga ketayin. Bo‘lmasa, kuyov
bo‘lmish kelinni ko‘rib qoladi-da, tag‘in hiqillab yopishadi!
— Shundaymi, unda, maylingiz. O‘zi, kelin qaerda, quda?
— Ana kelin, ana!
Devordan uzalib qaradim.
Nazir juvozkash ostidagi otini ko‘rsatdi.
Ot kishnagan oqshom (qissa). Tog’ay Murod

Download 317 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling