O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

O‘t oldirish daqiqasi. Bizga ma’lumki, porshen yuqori chekka nuqta 
(YUCHN) dan o‘tgandan keyin gaz bosimi mumkin qadar katta bo‘lishini
ta’minlash maqsadida yonilg‘i aralashmasini o‘t oldirish, siqish taktining oxirida, 
ya’ni porshen YUCHN ga yetib bormasdan amalga oshiriladi. Chunki, yonilg‘i 
aralashmasining yonish jarayoni bir lahzada sodir bo‘lmasdan, balki ma’lum vaqt 
(bir necha millisekund) davom yetadi. Dvigatelning quvvati, tejamli ishlashi, 
ishqalanuvchi qismlarining yeyilishi va chiqindi gazlarning zaharliligi ko‘p jihatidan 
sham elektrodlari orasida uchqun hosil bo‘lish, ya’ni o‘t oldirish daqiqasiga bog‘liq 


bo‘ladi. Dvigatelning har bir ish rejimi uchun uning eng yaxshi ko‘rsatkichlarini 
ta’minlovchi optimal o‘t oldirish daqiqasi mavjud bo‘ladi. U tirsakli valning 
silindrga uchqun berilgan ondagi holatidan porshen YUCHN ga borgungacha 
buralgan burchagi bilan ifodalanadi. Bu burchak o‘t oldirishning ilgarilatish 
burchagi deb ataladi. 
3.3.-rasmda silindrlardagi bosim o‘t oldirishning ilgarilatish burchagiga bog‘liq 
ravishda o‘zgarishi ko‘rsatilgan. Yonilg‘i me’yoridan ertaroq o‘t oldirilsa (1- egri 
chiziq, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi katta), yonish jarayonining deyarli 
hammasi siqish taktida sodir bo‘ladi va porshen YUCHN ga gazlar bosimi keskin 
oshishi, ya’ni katta qarshilikni yengish sharoitida harakatlanadi. Natijada, 
dvigatelning quvvati va tejamliligi pasayadi, chiqindi gazlar zaharliligi ortadi. 
Dvigatel qizib ketadi va detonatsiya shovqinlari paydo bo‘ladi (1 - egri chiziqdagi 
"tishchalar"). 
Aksincha, agar yonilg‘i me’yoridan kechroq o‘t oldirilsa (3 - egri chiziq, o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagi kichik), yonish jarayoni asosan kengayish taktida 
sodir bo‘ladi. Natijada, yonilg‘i yonib ulgurmaydi, gazlarning bosimi zarur 
qiymatga erisha olmaydi, dvigatel quvvati va tejamliligi pasayib ketadi. Chiqindi
gazlarning temperaturasi oshib, dvigatelning qizib ketish hollari kuzatiladi. 
3.3-rasm. Dvigatel silindrlaridagi
bosimni, o‘t oldirishni ilgarilatish 
burchagiga bog‘liqligi: 
1-ertaroq o‘t oldirish; 2 - me’yorida o‘t oldirish; 3- 
kechroq o‘t oldirish. 
A- o‘t oldirish daqiqasi; B - detonatsiya
.


Yonish jarayoni me’yorida bo‘lishi uchun o‘t oldirishning ilgarilatish burchagi 
eng manfaatli qiymatga ega bo‘lishi kerak (2- egri chiziq). Dvigatel maksimal 
quvvatini avj oldirishi uchun silindrdagi gaz bosimining eng katta qiymati porshen
YUCHN dan o‘tgandan keyin, tirsakli valning 10-15
0
ga burilgan holatiga to‘g‘ri 
kelishi kerak. 
O‘t oldirishning ilgarilatishni eng manfaatli burchagi turli dvigatellar uchun 28-
45
0
chegarasida bo‘ladi. Uning qiymati tirsakli valning aylanish chastotasiga, 
yuklamaga, ishlatilayotgan yonilg‘i tarkibiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi
(3.4-rasm). Masalan, tirsakli valning aylanish chastotasi ortishi bilan yonish 
kamerasidagi yonilg‘i aralashmasi yonishi uchun ajratilgan vaqt kamayib boradi va 
demak, o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini orttirish kerak. 
Dvigatel yuklamasi ortishi bilan drossel to‘siqchasi kattaroq ochiladi va 
silindrlarga so‘rilayotgan yonilg‘i aralashmasining miqdori va uning yonish tezligi 
ortadi. Bu esa o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini kamaytirilishini talab qiladi. 
Aksincha, yuklama kamayganda drossel to‘siqchasi kamroq ochiladi va silindrlarga 
kirayotgan yonilg‘i miqdori kamayadi, uning yonish tezligi sekinlashadi va demak, 
o‘t oldirishning ilgarilatish burchagini orttirish zarur. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling