O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


 O‘t oldirish ilgarilatish burchagining rostlash usullari


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

3.2.4. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining rostlash usullari 
3.10-rasm. Juft uzgichlar 


Dvigatelning o‘zgarib turuvchi ish tartibiga mos ravishda o‘t oldirishning 
ilgarilatish burchagini rostlash uchun, o‘t oldirish tizimi avtomatik va dastakli 
rostlagichlar bilan jihozlanadi. Dvigatelning aylanishlar chastotasiga bog‘liq 
ravishda o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini avtomatik o‘zgartirish markazdan
qochma rostlagich, yuklamaga bog‘liq ravishda esa - vakuum rostlagich yordamida 
amalga oshiriladi. Ilgarilatish burchagining boshlang‘ich kattaligini o‘rnatish yoki 
yonilg‘ining turiga ko‘ra uni dastaki rostlash uchun oktan-korrektor ishlatiladi. 
Markazdan qochma rostlagich. O‘t oldirish ilgarilatish burchagining 
markazdan qochma rostlagichi quyidagicha tuzilgan (3.11-rasm). Etakchi val 4 ga 
plastina mahkamlangan bo‘lib, uning chetiga o‘rnatilgan ikki o‘q 7 ga yukchalar 2 
joylashtirilgan. Yukchalar o‘qlar 7 atrofida aylana oladi va o‘zaro prujinalar 6 
vositasida bog‘langan. Har bir yukchaga shtift 5 o‘rnatilgan bo‘lib, u kulachok 1 
vtulkasiga mahkamlangan flanets 3 ning qiya ariqchasiga kirib turadi. Harakat val 4 
dan yukchalar 2 orqali kulachok 1 ga uzatiladi. 
Rostlagich quyidagicha ishlaydi. Dvigatelning aylanish chastotasi ortishi bilan 
(taxminan 400 min
-1
dan boshlab) yukchalar markazdan qochma kuch ta’sirida 
prujinalar kuchini yengib, o‘z o‘qi atrofida ikki tomonga ajrala boshlaydi. Bu vaqtda 
yukchalardagi shtiftlar flanetsning qiya ariqchalariga kirib turganligi tufayli, uni va 
u bilan birga kulachokni valning aylanish yo‘nalishi bo‘ylab ma’lum burchakka
buradi. Natijada, kulachok qirralari uzgich kontaktlarini oldinroq uzib, o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagini oshiradi. Aylanishlar chastotasi kamayganda 
yukchalar prujinalar ta’sirida o‘zining dastlabki holatiga qaytadi. Prujinalar har xil 
qayishqoqlikka ega va bu dvigatel aylanishlar chastotasi o‘zgarganda o‘t 
oldirishning ilgarilatish burchagini talab qilingan qonuniyat bo‘yicha o‘zgartirish 
imkoniyatini beradi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling