O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Tizim quyidagicha ishlaydi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
4-мавзу

Tizim quyidagicha ishlaydi. O‘t oldirish 
kaliti 2 ulanib va uzgich kontaktlari tutashgan
holda tranzistor VT ning emitter-baza o‘tish 
joyidan quyidagi zanjir bo‘yicha boshqarish 
toki o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar batareyasi 1 
ning musbat qutbi → o‘t oldirish kaliti 2 → 
rezistorlar bloki СЭ107 → o‘t oldirish g‘altagi 
8 ning birlamchi chulg‘ami → tranzistor VT 
ning emitter-baza o‘tish joyi → impuls 
transformator IT ning birlamchi chulg‘ami W1 
→ uzgich kontaktlari → "massa" → 
akkumulatorlar batareyasi 1 ning manfiy qutbi. 
Boshqarish toki I
b
ning qiymati 0,8 A dan ortmaydi. Dvigatel tirsakli valining va
demak, uzgich kulachogining aylanish chastotasi ortishi bilan uzgich 
kontaktlarining tutashib turish vaqti kamayishi tufayli boshqarish tokining qiymati 
0,3 A gacha kamayadi. Tranzistorning emitter-baza o‘tish joyidan boshqarish toki 
o‘tishi natijasida tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyining qarshiligi keskin
kamayadi va nolga yaqinlashadi. Tranzistor VT ochiladi va birlamchi zanjir bo‘ylab 
tok I
1
o‘ta boshlaydi: akkumulatorlar batareyasi 1 ning musbat qutbi → o‘t oldirish 
kaliti 2 → rezistorlar bloki СЭ107 → o‘t oldirish g‘altagi 8 ning birlamchi 
chulg‘ami → tranzistor VT ning emitter-kollektor o‘tish joyi → "massa" → 
akkumulatorlar batareyasi 1 ning manfiy qutbi. Birlamchi tok I
1
ning qiymati 7-8 A 
ni tashkil qiladi va tirsakli valning aylanishlar chastotasi ortishi bilan 3,0 A gacha 
kamayib boradi. 
Dvigatelni ishga tushirish jarayonida o‘t oldirish tizimi me’yorida ishlashini 
ta’minlash uchun, startor tok manbaiga ulanib turgan vaqt davomida tortish 
relesining kontaktlari vositasi bilan rezistorlar bloki СЭ107 dagi qo‘shimcha 
qarshilik 4 qisqa tutashtiriladi, ya’ni birlamchi tok zanjiridan chiqarib turiladi. 
Uzgich kontaktlarining ajralishi boshqarish toki I
b
ning zanjiri uzilishiga va 
tranzistorning emitter-kollektor o‘tish joyi qarshiligi keskin ortishiga olib keladi. 
Tranzistor yopiladi, birlamchi tok zanjiri uziladi va uning ta’sirida o‘t oldirish 
g‘altagida hosil bo‘lgan magnit maydon katta tezlik bilan yo‘qola boshlaydi. 
Yo‘qolib borayotgan magnit maydonning kuch chiziqlari o‘t oldirish g‘altagi 
chulg‘amlarini kesib o‘ta boshlaydi va ularda o‘zinduksiya EYUK induksiyalaydi. 
Birlamchi zanjirdan o‘tayotgan tok I
1
ning
qiymati 7-8 A gacha oshirilganligi tufayli 
ikkilamchi kuchlanish U
2max 
ning qiymati ham ortib 25000-30000 V ni tashkil 
qiladi. Ikkilamchi kuchlanish zanjiri: o‘t oldirish g‘altagi 8 ning ikkilamchi 
chulg‘ami → taqsimlagich 9 → o‘t oldirish shami 12 → "massa" → o‘t oldirish 
g‘altagining ikkilamchi chulg‘ami. 
O‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida induksiyalangan 100 V ga yaqin 
o‘zinduksiya EYUK, C1 kondensatorni zaryad qilishga ketadi va tranzistor yopilish 
3.21-rasm.Tranzistorli kommutator 
TK-102 


davrida yo‘qotadigan quvvatini kamaytiradi va uni ortiqcha qizib ketishdan 
saqlaydi. 
Impuls transformatori IT tranzistor VT ning yopilishini tezlatish uchun xizmat 
qiladi. Uning birlamchi chulg‘ami uzgich kontakti bilan ketma-ket ulangan. Uzgich 
kontaktlari uzilganda IT ning ikkilamchi chulg‘ami W2 da hosil bo‘lgan 
o‘zinduksiya EYUK impulsi qarshilik R2 ga uzatiladi. R2 qarshilikda yuzaga kelgan 
kuchlanish, tranzistorning emitter-baza o‘tish joyiga, boshqarish tokiga teskari 
yo‘nalishda ta’sir qiladi, ya’ni tranzistor bazasiga musbat, emitterga esa manfiy 
potensial uzatiladi. Natijada, tranzistor yopilishi, o‘t oldirish g‘altagidagi magnit 
maydonining yo‘qolishi tezlashadi va ikkilamchi kuchlanish qiymati ortadi. Rezistor 
R1 tranzistorni berkituvchi impulsni shakllantiradi va uning ta’sir vaqtini uzaytiradi. 
Dvigatelning aylanishlar chastotasi kam bo‘lganda yoki yuqori kuchlanish 
zanjirida uzilish mavjud bo‘lsa, o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amida 
induksiyalanadigan EYUK qiymati ortib ketib, tranzistor qizib ketishi va kuyishi 
mumkin. Buning oldini olish maqsadida kondensator С1 ga parallel ravishda VD2 
diod va VD1 stabilitrondan iborat zanjircha ulanadi. Diod VD2 akkumulatorlar 
batareyasi tokining o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amidan o‘tmasdan, 
stabilitron VD1 orqali o‘tib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘t oldirish g‘altagining 
birlamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUKi 80 V dan ortishi bilan 
stabilitron VD1 teshilib, o‘zidan o‘zinduksiya tokini o‘tkazib yuboradi va
tranzistorni kuyishdan saqlaydi. O‘zinduksiya EYUKi 80 V dan kam bo‘lganda VD1 
stabilitron yopiq bo‘ladi va o‘zinduksiya EYUK С1 kondensatorini zaryad qilishga 
sarflanadi. Elektrolitik kondensator С2 generatorga parallel ravishda ulangan bo‘lib, 
u filtr vazifasini bajaradi va tranzistorni generator ⎯ akkumulatorlar zanjirida hosil 
bo‘lishi mumkin bo‘lgan o‘ta kuchlanish impulslaridan saqlaydi. 
3.22-rasm. Rezistorlar bloki СЭ-
107 


3.23-rasm. P133 va P137 belgili uzgich-taqsimlagichlar 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling