O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet23/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
4-мавзу

a- umumiy kurinishi; b-yuqoridan ko‘rinishi c) markazdan 
qochma rostlagich; 1-val; 2-mufta; 3-oktan-korrektorni 
mahkamlash bolti; 4- qobiq; 5-bronza vtulka; 6-markazdan 
qochma rostlagich; 7-podshipnik; 8-kuzg‘almas lappak; 9-
qo‘zg‘aluvchi lappak; 10- plastinasimon prujina; 11, 30-
filtslar; 12-yugurdak; 13-rezistor; 14 - qopqoq; 15 - chiqish
joylari; 16-prujina; 17-kontakt ko‘mirchasi; 18-qopqoqdagi 
yon elektrodlar; 19-kulachok; 20 - oktan-korrektor; 21- 
vakuum-rostlagich; 22-tortqi; 23-qo‘zg‘aluvchi lappakni 
qobiqga ulaydigan o‘tkazgich; 24-gayka; 25-ekstsentrik; 26-
qo‘zg‘almas kontakt ushlagichi; 27-pishangcha; 28-murvat; 
29-kon-taktlar; 31-o‘tkazgich; 32-qisqich; 33- kulachok 
vtulkasi; 34-prujina; 35-yetaklovchi plastina ustunchasi; 36-
kulachokni 
yetaklovchi 
plastinasi; 
37-yukchalarning 
yetaklovchi plastinasi; 38 - yukcha; 39 - yukcha o‘qi; 40-
kulachokning yetaklovchi plastinasidagi shtift


Tranzistorli kommutator TK-102 (3.21 -rasm) issiqlikni yaxshiroq tarqatish 
uchun qovurg‘ali qilib yasalgan quyma aluminiy qobiq 1 ga yig‘ilgan. Tranzistor 5 
maxsus chuqurchaga o‘rnatilib, zichlashtirish uchun ustidan epoksid yelim 4 
quyilgan. Kommutatorning elektrolitik kondensatori 6 va impuls transformatori 3 
dan boshqa elementlari umumiy blok 2 ga birlashtirilib, poliefir kompaundi bilan 
zichlashtirilgan. Stabilitron qizib ketmasligi uchun blok 2 issiqlik tarqat-gich 8 bilan 
ta’minlangan. Pastki tomonidan kommutator qobiq 1 ga parchin mixlar bilan 
mahkamlangan metall taglik 7 bilan berkitilgan. Kommutatorning yon tomoniga 
chiqish qisqichlarga ega bo‘lgan taxtacha mahkamlangan ("Р", "K", M va bitta 
qisqichi belgisiz). 
Tranzistorli kommutator, odatda, harorati dvigatel bo‘linmasiga nisbatan ancha 
past bo‘ladigan haydovchi kabinasiga o‘rnashtiriladi va bu tranzistorni qizib ketib 
ishdan chiqishdan saqlaydi. 
Rezistorlar bloki СЭ107 (3.22-rasm) metall qobiq 1 ga joylashtirilgan, chinni 
izolyatorlar 2 ga mahkamlangan va konstantan simdan spiral 3 ko‘rinishida o‘ralgan 
qarshiliklar R
q
1 (0,5 Om) va R
q
2 (0,5 Om) dan iborat. Qarshiliklarning chiqish 
uchlari 4 ga plastina 5 vositasida K, ВK, ВK-Б belgilariga ega bo‘lgan uchta chiqish 
qisqichlari ulangan. 
Б114 belgili o‘t oldirish g‘altagi kontaktli o‘t oldirish tizimida qo‘llaniladigan 
g‘altaklarga (Б115, Б117 va boshqa) nisbatan quyidagi konstruktiv farqlarga ega. 
O‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘amining o‘ramlar soni 250-300 dan 180
gacha kamaytirilib, diametri 1,25 mm bo‘lgan ПЭВ markali simdan, ikkilamchi 
chulg‘ami o‘ramlar soni esa aksincha 17000-26000 dan 41000 gacha oshirilib, 
diametri 0,06 mm bo‘lgan ПЭЛ markali simdan o‘ralgan. Birlamchi chulg‘am 
o‘ramlar sonining kamaytirilishi, birinchidan, uning qarshiligi kamayishiga va 
birlamchi tok I
1
qiymati ortishiga olib kelsa, ikkinchidan, chulg‘am induktivligi 
kamayib, uzgich kontaktlari uzilganda hosil bo‘ladigan o‘zinduksiya EYUK 
qiymati ham pasayadi va bu tranzistorni kuyishdan saqlaydi 
Kontakt-tranzistorli 
o‘t 
oldirish 
tizimida 
qo‘llaniladigan 
uzgich-
taqsimlagichlarga kondensator qo‘yilmaydi. Oxirgi vaqtda kontakt-tranzistorli o‘t 
oldirish tizimlarida yuqorida ko‘rilgan Р4-Д va Р13-Д belgili uzgich-
taqsimlagichlar bilan bir qatorda Р133 va Р137 belgili uzgich-taqsimlagichlar (3.23-
rasm) ishlatilmoqda. Ularda taqsimlagich yugurdagi va markazdan qochma 
rostlagich tuzilishi o‘zgartirilgan. Taqsimlagich yugurdagiga qarshiligi 4-5 kOm
bo‘lgan va simdan yasalgan shovqin bosgich rezistor 13 o‘rnatilgan. Markazdan
qochma rostlagich tuzilishiga jiddiy o‘zgartirish kiritilgan. Rostlagichning ishlash 
jarayonida, yukchalar o‘z o‘qlari atrofida aylanadi. Tirsakli valning aylanishlar 
chastotasi ortishi bilan yukchalar o‘zining ishchi yuzasi A bilan kulachokning 
yetaklovchi plastinasini bosadi va prujina 34 ning tortish kuchini yengib, kulachokni
o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini oshirish yo‘nalishida buradi. Markazdan 
qochma rostlagichning zarur tavsifnomasi, yukchalarni ishchi yuzasi A ga kerakli 
shakl berish va prujina bikirligini tanlash yo‘li bilan ta’minlanadi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling