O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


KONTAKT TRANZISTORLI O‘T OLDIRISH TIZIMI


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
4-мавзу

3.3. KONTAKT TRANZISTORLI O‘T OLDIRISH TIZIMI 
Dvigatellarning takomillashtirish yo‘nalishi, ularning tejamliligini oshirish va 1 
kVt quvvatga to‘g‘ri keladigan massasini kamaytirish bilan bir qatorda, aylanishlar 
chastotasi va silindrlarda yonilg‘i-havo aralashmasini siqish darajasini tobora ortib 
borishi bilan ham tavsiflanadi. Zamonaviy dvigatellarda aylanishlar chastotasi 5000-
8000 min
-1
ga yetgan, yonilg‘i aralashmasining siqish darajasi hozirgi kunda 7,0-
8,5 ni tashkil qilayotgan bo‘lsa, kelajakda bu ko‘rsatkichni 9,0-10,0 va undan 
yuqoriroq qiymatlarga ko‘tarish mo‘ljallanmoqda. Aylanishlar chastotasi va siqish 
darajasining bu tarzda ortishi, yonilg‘i me’yorida o‘t olishini ta’minlash uchun, o‘t 
oldirish tizimining ikkilamchi kuchlanishining sezilarli darajada oshirilishini talab 
qiladi. Bundan tashqari, dvigatellar tejamliligini oshirishga intilish ularda, aksariyat 
holda, suyultirilgan yonilg‘i aralashmasini ishlatishga majbur qiladi. Suyultirilgan 
yonilg‘i aralashmasini ishonchli ravishda o‘t oldirish uchun o‘t oldirish shamining 
elektrodlari orasidagi tirqishni kattalashtirish, ya’ni uchqun uzunligini va quvvatini 
oshirish kerak bo‘ladi. Hozirgi zamon dvigatellarida o‘t oldirish shamining 
elektrodlari orasidagi tirqish 0,8-1,2 mm ni tashkil qiladi. Demak, dvigatelning 
tejamli ishlashini ta’minlash uchun ham ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish 
zarur. 
Shunday qilib, aylanish chastotasi va tirqish darajasi katta bo‘lgan tejamli 
ishlaydigan hozirgi zamon dvigatellariga o‘rnatiladigan o‘t oldirish sitemasiga 
ancha yuqori talablar qo‘yiladi. Xususan: 
- ikkilamchi kuchlanish qiymatini oshirish bilan birga ishonchlilik darajasini va 
xizmat muddatini ko‘tarish; 


- uchqunli razryad energiyasining qiymati, dvigatelning hamma rejimlarida 
yonilg‘i aralashmasini ishonchli o‘t oldirish uchun yetarli bo‘lishi kerak (15...50 mJ 
va undan ortiq); 
- turli xil ekspluatasiya sharoitlarida (o‘t oldirish shamlarining ifloslanishi, atrof-
muhit haroratining o‘zgarishi, tok manbai kuchlanishining kamayib-ortishi va 
hokazo) barqaror uchqun hosil bo‘lishini ta’minlash; 
- hamma elementlarning katta mexanik yuklamalar ta’sirida barqaror ishlashini 
ta’minlash.
Kontaktli (klassik) o‘t oldirish tizimi yuqoridagi talablarga ko‘p jihatidan javob 
bera olmaydi. Chunki, unda ikkilamchi kuchlanishni oshirishning amalda yagona 
yo‘li - uzilish toki I
u
qiymatini oshirishdir. Ammo uzilish tokining 4,0-4,5 A dan 
ortishi, uzgich kontaktlari kuyishiga va tezda ishdan chiqishiga olib keladi. 
Zamonaviy dviga-tellarda o‘t oldirish jarayonining ishonchliligini oshirish talabi 
yangi turdagi o‘t oldirish tizimlarining yaratilishiga olib keldi. 
O‘t oldirish tizimi avj oldiradigan ikkilamchi kuchlanishni oshirish yo‘llaridan 
biri , birlamchi tok zanjirni uzish uchun boshqaruvchi kalit vazifasini bajaruvchi 
yarim o‘tkazgich asboblarini ishlatishdir. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi,
yarim o‘tkazgichlar ishlatilgan birinchi tizimlar qatoriga kiradi.
Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimi asosan quyidagi elementlardan iborat 
(3.20-rasm): tranzistorli kommutator 6 (TK-102), o‘t oldirish g‘altagi 8 (Б114), 
uzgich-taqsimlagich 7, 9 (P4-Д, P13-Д, P133, P137 va boshqa), rezistorlar bloki 
4, 5 (СЭ107). 
Tranzistorli kommutator o‘t oldirish tizimining birlamchi zanjirini unga 
uzatilayotgan signalga mos ravishda uzib-ulab turish uchun xizmat qiladi. Uning 
tarkibiga katta quvvatli germaniyli tranzistor VT (ГТ701A), stabilitron VD1 
(Д817В), diod VD2 (Д226), impuls transformatori IT, kondensatorlar C1 (1,0 mkF) 
va C2
(50mkF), rezistorlar R1 (1,0 Om) va R2 (200 Om) kiradi. Tranzistor VT ning 
emitter-kollektor o‘tish joyi o‘t oldirish g‘altagining birlamchi chulg‘ami zanjiriga, 
3.20-rasm. Kontakt-tranzistorli o‘t oldirish tizimining elektr sxemasi 


bazasi esa impuls transformatorining birlamchi 
chulg‘ami orqali uzgich 6 kontaktiga ulangan. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling