O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi
Download 352.21 Kb. Pdf ko'rish
|
4-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘t oldirish kaliti.
Kondensator uzgich-taqsimlagich qobi-g‘ining ichki yoki tashqi qismiga
o‘rnatilishi mumkin. Kondensator ( 3.18-rasm) bir-biridan kondensator qog‘ozi 3 bilan izolyatsiya qilingan va rulon shaklida o‘ralgan ikkita aluminiy tasmalar 2 dan iborat. Aluminiy tasmalar izolyatsiya qog‘oziga nisbatan eni bo‘yicha ikki tomonga surilgan bo‘lib, rulonga o‘ralgandan keyin ularning ikki ko‘ndalang chekkasi kondensatorning chiqish joyi bo‘lib xizmat qiladi. Kabel qog‘oziga o‘ralgan rulonga transformator moyi singdiriladi va rux qoplangan po‘lat qobiq 1 ga joylashtiriladi. Alyumin tasmaning biri kondensator qobig‘iga (ya’ni "massa" ga), ikkinchisi qobiqdan plastmassa qistirmalar bilan izolyatsiya qilingan po‘lat shayba orqali tashqi o‘tkazgichga ulangan. Uzgich-taqsimlagichning ichki qismiga o‘rnatiladigan kondensator o‘lchami kichik bo‘lib, qisqa tutashuv natijasida qoplamalarning teshilgan joyini o‘zi tiklash xususiyatiga ega. Ular kondensator qog‘ozi ustida yupqa qalay va rux qatlamlarini hosil qilish yo‘li bilan tayyorlanadi. O‘t oldirish tizimlarida sig‘imi 0,17-0,25 mkF bo‘lgan kondensatorlar ishlatiladi. 3.18-rasm. Kondensator 3.19-rasm. O‘t oldirish kaliti O‘t oldirish kaliti. O‘t oldirish kaliti o‘t oldirish tizimi, startor, nazorat-o‘lchov asboblari, radiopriyomnik va boshqa elektrjihozlarni avtomobilning tok manbaiga ulash va uzish uchun xizmat qiladi. U qulf va uzgichdan iborat (3.19-rasm). Qulfning barabani 6 ga kiritilgan kalit 7, barabanni va u bilan bog‘langan rotor 3 ni aylanib ketishidan ushlab turadigan jez plastinalar 5 ni uyachalariga cho‘ktiradi. Kalit aylantirilganda qo‘zg‘aluvchi kontakt 9 tok manbai bilan ulangan markaziy qisqich 10 (AM) ni ПР, KЗ va СT klemmalari bilan ulangan 11, 12 va 13 kontaktlar bilan tutashtiradi. Rotor 3 va baraban 6 joylashtirilgan qobiq 4 bir tomondan chiqarish klemmalari bo‘lgan karbolit qopqoq 1, ikkinchi tomondan mahkamlash gaykasi 8 bilan berkitilgan. Fiksator 2 qulf rotorini ma’lum holatlarda ushlab turish uchun xizmat qilib, uning zo‘ldirchalari prujina ta’sirida qobiqdagi uchburchak shaklidagi chuqurchalarga kirib turadi. Qulf rotori uch holatni egallashi mumkin. Kalit 7 o‘ng tomonga buralganda (I holat) o‘t oldirish tizimi, radiopriyomnik va nazorat-o‘lchov asboblari ulanadi. Kalitni o‘ng tomonga burashni davom ettirsak (II holat) yuqoridagilarga qo‘shimcha startor ulanadi. II holatda kalitni (rotorni) qo‘lda ushlab turish kerak, chunki fiksator zo‘ldirchalari qobiqdagi yuza chuqurcha A ga kira olmaydi. Kalit chap tomonga buralsa (III holat) radiopriyomnik ulanadi, va odatda, bu holat dvigatel ishlamayotganda qo‘llaniladi. Download 352.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling