O‘t oldirish tizimi va uning asosiy elementlarining vazifasi


 Kontaktli o‘t oldirish tizimi jihozlarining tuzilishi


Download 352.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/25
Sana16.06.2023
Hajmi352.21 Kb.
#1511517
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25
Bog'liq
4-мавзу

 
3.2.5. Kontaktli o‘t oldirish tizimi jihozlarining tuzilishi 
3.14-rasm. Markazdan qochma va vakuum 
rostlagich birgalikda ishlaganda o‘t oldi-
rishning ilgarilatish burchagini o‘zgarishi 
1 - markazdan qochma rostlagich tavsif-
nomasi; 2 - vakuum-rostlagichning, dvigatel-
ning 
yuklamasiturli 
qiymatlarga 
ega 
bo‘lgandagi tavsifnomasi 


O‘t oldirish g‘altagi. Magnit zanjirining tuzilishiga ko‘ra, o‘t oldirish 
g‘altaklarining ikki turi mavjud: magnit o‘tkazichlari uzuq va tutash g‘altaklar. 
Kontaktli o‘t oldirish tizimida tuzilishi sodda bo‘lgan magnit o‘tkazgichlari uzuq 
g‘altaklar tatbiq topgan. Bundan tashqari, o‘t oldirish g‘altaklar chulg‘amlarining 
o‘ralish tartibi bilan ham farqlanib, birlamchi chulg‘ami ichki va tashqi o‘ralgan 
g‘altak bo‘lishi mumkin. Sovutish sharoitlarining yaxshiligi va ikkilamchi 
chulg‘amga sarflanadigan sim hajmi va uning qarshiligi kam bo‘lishini hisobga olib, 
hamdo‘stlik mamlakatlarida ishlab chiqarilayotgan avtomobillarda asosan 
birlamchi chulg‘ami tashqi o‘ralgan o‘t oldirish g‘altaklari ishlatiladi. 
O‘t oldirish g‘altagining tuzilishi 3.15 -rasmda keltirilgan. G‘altak o‘zagi 4,
uyurma toklarni kamaytirish maqsadida qalinligi 0,35 mm bo‘lgan, bir-biridan
kuyki bilan izolyatsiya qilingan elektrotexnik po‘latdan tayyorlangan alohida
plastinalardan yig‘ilgan. O‘zakka transformator moyi singdirilgan karton quvurcha 
5 kiygizilib, uning ustiga diametri 0,07-0,09 mm usti sirlangan mis simli, o‘ramlar 
soni 18000-25000 chegarasida bo‘lgan ikkilamchi chulg‘am 6 o‘ralgan. Bu 
chulg‘am yuqori kuchlanishli tok ta’sirida ishlaganligi uchun uning har bir o‘ram 
qatlamlari bir-biridan kabel qog‘ozi bilan ajratiladi. Bundan tashqari, qisqa tutashish 
xavfini kamaytirish maqsadida oxirgi qatlamlardagi o‘ramlar orasida 2-3 mm tirqish 
qoldiriladi. 


Diametri 0,52-0,86 mm o‘ramlar soni 180-330 chegarasida bo‘lgan sirlangan mis 
simli birlamchi chulg‘am 8 ikkilamchi chulg‘am ustidan o‘raladi. Ikkilamchi va 
birlamchi chulg‘amlar orasiga elektrotexnik kartondan tayyorlangan quvurcha 7
joylashtirilgan. Chulg‘amlarning bu tarzda joylashtirilishi ish jarayonida ko‘proq 
qiziydigan birlamchi chulg‘amdan ajralib chiqqan issiqlikni tashqi muhitga 
tarqatishni osonlashtiradi. G‘altak chulg‘amlari sirtqi tomonidan 5-6 qavat 
transformator qog‘ozi bilan o‘raladi. 
G‘altak o‘zagi va unga o‘ralgan chulg‘amlar po‘latdan shtamplash yoki aluminiy 
qotishmalaridan quyish yo‘li bilan tayyorlangan qobiq 2 ning tagidagi chinni 
izolyator 9 ga o‘rnatiladi. G‘altak chulg‘amlari atrofidagi magnit oqimini
kuchaytirish maqsadida qobiq bilan chulg‘amlar orasiga elektrotexnik po‘latdan 
yasalgan ikkita yarim silindr sirtdan iborat magnit o‘tkazgich 3 joylashtirilgan. 
Chulg‘amlar va qobiq orasidagi bo‘shliqlarga izolyatsiya to‘ldirgichlar qo‘yiladi: 
erish temperaturasi 145-160
0
C bo‘lgan rubraks (Б1, Б7 ... belgili g‘altaklarda) yoki 
transformator moyi (Б13, Б115, Б117 ... belgili g‘altaklarda).
G‘altak qobig‘i ustki tomonidan karbolit qopqoq 13 bilan berkitiladi. Zichlikni 
ta’minlash uchun qobiq 2 va qopqoq 13 orasiga rezina halqa 12 joylashtiriladi. 
Qopqoqdan to‘rtta klemma chiqarilgan. Past kuchlanishli klemmalar 17 (ВK) va 18 
(belgisiz) ga birlamchi chulg‘am uchlari ulanadi. Ikkilamchi chulg‘amning bir uchi 
kontakt plastinasi 1 orqali yuqori kuchlanish klemmasi 16 ga chiqariladi, ikkinchi 
3.15-rasm. O‘t oldirish g‘altagi. 


uchi esa birlamchi chulg‘amning bir uchiga g‘altakning ichida ulanadi 
(avtotransformator sxemasi bo‘yicha ulanish). Prujina 15 plastina 1 ni klemma 16 
ga siqib turadi va ular orasida kontaktning yaxshi bo‘lishini ta’minlaydi. Qopqoq 
ichida plastina 4 ning yuqori kuchlanish klemmasi 16 ga tutashgan joyi izolyatsiya 
vtulkasi 14 bilan qo‘shimcha ravishda himoyalangan. Qopqoqdagi past 
kuchlanishli klemmalar 17 (ВK) va 19 (ВK-Б) ga qo‘shimcha qarshilik (variator) 
ulanadi. Variator ikki qismdan iborat sopol ushlagichlar 10 orasiga joylashtirilgan 
spiralsimon qarshilik 11 dan iborat bo‘lib, u o‘t oldirish g‘altagidagi tayanchga 
mahkamlangan. G‘altakning klemmalari tashqi zanjir bilan quyidagicha bog‘langan: 
yuqori kuchlanishli klemma 16 - taqsimlagichning markaziy klemmasiga, klemma 
18 - uzgichga, klemma 19 - tok manbaiga va klemma 17- o‘t oldirish kalitidagi 
startor ulagichiga ulanadi. 
Ba’zi o‘t oldirish tizimlarida (masalan, ВАЗ turkumidagi avtomobillarida) elektr 
ishga tushirish tizimlarining tavsifnomalari yuqori samaradorli bo‘lgani tufayli, 
dvigatelni ishga tushirish jarayonida akkumulatorlar batareyasi kuchlanishining 
pasayishi uncha katta bo‘lmaydi va birlamchi tok zanjiriga qo‘shimcha qarshilik 
(variator) qo‘yishga ehtiyoj qolmaydi. 

Download 352.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling